Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


-rasm. (Cocos nucifera) 2.1. 3-rasm.Tarqalishi (expansion)


Download 4.11 Mb.
bet6/10
Sana13.09.2023
Hajmi4.11 Mb.
#1676342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ilhom Mahmudov kurs ishi

2.1. 2-rasm. (Cocos nucifera) 2.1. 3-rasm.Tarqalishi (expansion)

Kokos suvining foydasi. Tabiiy izotonik. Izotonik bu – faol jismoniy mashqlardan keyin organizmga yordam beruvchi ichimlik. Odatda mashg‘ulotlar vaqtida va jismoniy faollik yuqori bo‘lganida iste'mol qilinadi. Tabiiy izotonik bo‘lgan kokos suvi kuch zaxirasini tezda to‘ldiradi. Yana bir afzalligi – chanqoqni tezda qondirib, organizmdagi suv muvozanatini tiklaydi. Detoks.Kokosli suv organizmning tozalanish jarayonida ham yordam beradi. U og‘ir metall va toksinlarini chiqarib tashlaydi. Uzoq va doimiy ravishda iste'mol qilinganida moddalar almashinuvi ancha yaxshilanadi. Yoshlik.Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qiladigan kishilar u terining yoshligini uzaytirishini aytishgan. Buning hayron qoladigan jihati yo‘q. Axir ichimlik tarkibida hujayralarning o‘sishiga ta'sir ko‘rsatadigan o‘simlik gormonlari bor. Kokos suvini doimiy ravishda iste'mol qilish teringizga taranglik va yarqirashni beradi. Parhez. Ichimlik tarkibida yog‘lar mavjud emas. 100 gramm suvga 18 kkal to‘g‘ri keladi. Bu esa boshqa istalgan izotonikka qaraganda kamroq. Shunga qaramay, ichimlik mikroelementlarga boy. Moddalar almashinuvining tezlashishi. Kokos suvi metabolizmga ta'sir ko‘rsatadi. Bu parhezga amal qiluvchi va tanasini ixcham ko‘rinishga keltirishni istaganlar uchun a'lo darajadagi natija. Shifokorlar kokos suvi qondagi qand miqdorini kamaytirishini ta'kidlashadi. Shuningdek, u buyraklar faoliyatida buzilishlari bo‘lgan kishilar uchun ham foydali. Ichimlikni doimiy ravishda iste'mol qilish talvasa ehtimolini kamaytiradi. Chaqaloqlar uchun. Kokos suvi tarkibida laurin kislotasi bor. U ona sutida ham mavjud va oziqlantirishda juda muhim. Shifokorlar bu ichimlik bolani tabiiy oziqlantirish o‘rnini bosishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.


Kokos palmasi (Cocos nucifera) — palmadoshlar oilasiga mansub doim yashil daraxt. Boʻyi 20–25 m, diametri 60 sm cha. Tanasi uchida boʻyi 3–6 m keladigan patsimon barglari toʻp boʻlib joylashgan. Guli roʻvaksimon toʻpgul. Mevasi yirik, danakli (kokos yongʻogʻi deb ham ataladi), yangiligida ogʻirligi 1,5—2,5 kg .
Kokos palmasi tropiklardagi okean sohillarida koʻp tarqalgan. Koprasi (eti)dan kokos moyi, xushtaʼm kokos suti olinadi. Yogʻochi qurilish materiali hisoblanadi. Kokos palmasining yosh barglari ham, mevasining pishgani va dumbuli ham ovqatga ishlatiladi. Toʻpguli kesilgan joydan oqib chiqadigan shiradan vino, shirin ichimlik va qand tayyorlanadi. Kokos palmasigaoʻxshash butiya palmasi (Butia capilata, V. jagatay) manzarali oʻsimlik sifatida oʻstiriladi.
Tropik mintaqada uchraydigan oziq-ovqat o'simliklar.
Yer sharining tropik mintaqalarida o'sadigan o'simliklarning juda keng tarqalgan oilalari quyidagilar:
Dukkakdoshlar(Fabaceae),
Sutlamadoshlar(Euphorbiaceae),
Soyabondoshlar (Apiaceae),
Sho'raguldoshlar ( Chenopodiaceae),
Bug'doydoshlar (Poaceae),
Loladoshlar (Liliaceae),
Bananguldoshlar (Zingirberaceae),
Murakkabguldoshlar (Asteraceae),
Qovoqguldoshlat (Cucurbitaceae),
Qo'ng'irboshdoshlar(Poaceae),
Yong'oqguldoshlat (Zuglandaceae),
Tutdoshlar (Moracear),
Papayyadoshlar (Papayaceae).
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) va boshqa botanik oilalarga mansub o'simliklar: don ekinlari - bo'g'doy, arpa, sholi, makkajo'xori, tariq, jo'xori; dukkakli don ekinlari-loviya, soya, dolixos, kaptar loviyasi, kanavaliya; moyli ekinlar - maxsar, zig'iz, yer yong'oq, kunjut; efir moyli - kashnich, arpabodiyon, qora zira, oq zira, ajgon-hina, qora zirasi, yalpiz, rayhon, mavrak, lavanda; moyli ekinlar - atirgul, yorongul, yirikgulli yasmin; tugunakmevali ekinlar - kartoshka, batat, yams, taro; texnika ekinlari - shakarqamish, g'uza,tolali nasha, jut, kanop, sizal, tamaki, pretrum; daraxt va butasimonlar - choy, kofe, palma; kauchukli ekinlar - geveya, tsitrus mevalilar; yem-xashak o'tlar
Tropik o'simliklarning ayrim biologik xususiyatlari, jumladan issiqsevarligi, namsevarligi, qosqa kunligi va aksariat hollarda nordon tuproqlarda o'tib rivojlanishi o'zaro o'xshashdir.
Tropik o'rmonlarda o'simlik mahsulotlarini qidorish uchun eng yaxshi joylar daryplar oqimlar va boshqa siv havzalarining qirg'oqlari hisoblanadi. Quyosh tropik chakalakzorlarning yuqori sathidan o'tishi mumkin bo'lgan hamma joyda, pastgi yarusdagi o'simliklari ham odatda o'simliklar o'sishi uchun zarur sharoitlarga ega bo'ladi.
Tropik o'rmonlarda o'simlik turlari nihoyatda ko'p va xilma - xildir. Ayniqsa, palma daraxtlari ko'pchilik tashkil etadi.


Download 4.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling