Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni
Tropik mintaqada tarqalgan oila vakillarining oziq-ovqat sanoatida tutgan o'rni
Download 4.11 Mb.
|
Ilhom Mahmudov kurs ishi
2.2.Tropik mintaqada tarqalgan oila vakillarining oziq-ovqat sanoatida tutgan o'rni.
Tropik o'rmonlarda o'simlik turlari nihoyatda ko'p va xilma - xildir. Ayniqsa, palma daraxtlari ko'pchilik tashkil etadi. Non daraxti. Janubiy Sharqiy Osiyo va Tinch okeani orollarida tarqalgan, Nonli daraxt (Artocarpus ) urug'iga tutdoshlar oilasining 60 xil doimiy yashil tropik daraxtlari kiradi (Moraceae). U anjir daraxtiga urug'dosh (Ficus). Nonli daraxt (Artocarpus altilis)ko'p o'stiriladigan va mashhur bo'lgan o'simlikdir. Shu urug'ga bir qancha mevali butalar va daraxt turlari kiradi, masalan: oddiy Artocarpus (Artocarpus communis), yovvoyi chempedak (Artocarpus integer), Jekfrut (turli bargli non daraxti (Artocarpus heterophyllus) va Marang yoki tarap (Artocarpus odoratissimu). Bu turkumga kiruvchi Borneo (Indoneziya) orollarida tarqalgan kam tanilgan - Artocarpus odoratissimus turini yoritamiz, biroq mahalliy zarurat bo'lgani uchun u qo'shni mamlakatlar (Malayziya, Tailand, Fillippin)da o'stiriladi. O'zining vatanida u: Atau, Keyran, Loloy, Madang, Marang, Pingan kabi nomlar bilan ataladi. Biroq u bu mintaqadan tashqarida amaliy tanilmagan. U tabiatda dengizdan 1000 metr yuqori bo'lgan dengiz sohilining qumli va ikkinchi darajali o'rmonlarda o'sadi. U 25 metrgacha barglarining uzunligi 16-50sm va eni 11-28sm gacha o'sadi. Bir uyli o'simlik bo'lgani uchun, mevalarini yetishtirish uchun bitta o'simlikning o'zi yetarli. Tuxumsimon shaklli mevalarning ustki qismi yashil bulib uzunligi 16sm va eni 13sm og'irligi 1 kg atrofida. Mevalarni xomligicha va pishgan holatda iste'mol qilinadi. Har doim iste'mol qilishdan oldin urug'larni muayyan harakatda qayta ishlov berish zarur. Janubiy Sharqiy Osiyo aholisining asosiy yegulik elementi nonli daraxtlar hisoblanadi. Mevalarining mag'zi qordek oppoq suvli shirin xushbo'y yumshoq ta'mli Durianni eslatadi (Durian dunyoda badbo'y meva hisoblanadi). Lekin undan farqli jihati badbuy hid tarqatmaydi. Nonli daraxt (Artocarpus odoratissimus) urug'dan ko'payadi. Yangi urugz juda yuqori unib chiqishga ega va bir haftada o'sadi. Borneoda o'tkazilgan tajribalar natijasida omborlarda qolib ketgan urug'lar 3 haftada unib chiqish qobiliyatini yuqotishi aniqlangan. Shuning uchun o'rug'larni o'z vaqtida suv bilan ta'minlanadigan qumli joyga darhol ekish zarur. Vegenativ ko'payishi muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Non daraxti kasalliklardan va zararkunandalardam kamdam-kam zarar ko'radi. Uning tropik kelib chiqishi sovuqqa chidamsiz ekanligini ko'rsatadi. Minimal harorati 7°C dan kam bo'lmasligi kerak. Bundan kelib chiqadiki uni issiqxonalarda va uy sharoitida o'stirish mumkin. Bu turkumning yana ko'p tarqalgan turlaridan biri -Artocarpus altilis hisoblanadi. Bu o'simlik ham tutdoshlar oilasiga (Moraceae) mansub artocarpus turkumiga kiruvchi bir uyli o'simlik. Uning vatani yangi Givineya. Uni butun dunyoga ingliz va fransuz sayohatchilari XVIII asrda tanishtirganlarAyni vaqtda non daraxti 90 ga yaqin davlatda, jumladan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda Tinch okeani orollarida, Karib havzalarida, Janubiy Amerika va Afrikada o'stiriladi. Uning bunday atalishiga asosiy sabab, non daraxti mevalarini xomlik vaqtida pishirilganda, yangi pishirilgan nonga o'xshash bo'ladi. Ta'mi esa kartoshkani eslatadi. Non daraxti yetarlicha baland bo'yi 20-26 metrga yetadi, tez o'sadi, tashqi kurinishidan emanni eslatib yuboradi. Ayrim shoxlari qalin barglar bilan qoplangan mayda butalardan iborat, ayrimlari esa uchi to'pbarg bilan tugaydigan ingichka uzun bo'lad. Mevasi pishgach yumshab oq rang sariqqa aylanadi va ta'mi shirin bo'lib qoladi. Daraxtning barcha qismida yopishqoq sutsimon lateks-sharbati mavjud bo'ladi (aksariyat tutdoshlarga xos xususiyat). Non daraxtining asosi ikki xili uchraydi: yovvoyi vakili -uning mevasida urug'lar bo'ladi ;madaniy vakili-uning mevasida urug'lari bo'lmaydi. Madaniy tuplarida vaqti-vaqti bilan yetilgan urug'lar uchrab turadi. Non daraxti juda ham serhosil o'simlik bo'lib, bitta tupida bir yilda 10 tadan 700 tagacha meva yetiladi. Tropik mintaqadalarda esa yil bo'yi meva berib turadi. Odatda 9 oy meva beradi 3 oy ,,dam oladi ", Tez o'sadi, yillik o'sishi 0,5-1metrni tashkil etadi. Qalamchasidan ko'paytiriladi. Qo'llanilishi. Non daraxti okeanlardagi orollarda yashovchi aholining asosiy va muhim oziqa mahsuloti hisoblanadi. Yetilgan mevalarning etini non sifatida yopish, qaynatish, quritish, xomligicha istemol qilish, turli pishiriqlar tayyorlash mumkin odatda xom mevalari sabzavot sifatida qo'llaniladi. Mevasi po'stlog'ida lateks tomchilarining paydo bo'lishi uning pishganligini bildiradi. Meva eti tez buzilganligi uchun mahalliy aholi uni quritib saqlashadi. Ishbu quritilgan mevalar bir necha yollab buzilmasdan saqlanishi mumkin. Download 4.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling