Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


Download 5.1 Mb.
bet3/9
Sana27.10.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1728341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Murakkabguldoshlar oilasi (Asteraceae).

II.Asosiy qism
2.1. Murakkabguldoshlar oilasi haqidagi mulohaza va tushunchalar.

Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar)oilasi (Asteraceae (Compositae))


  • Bu eng katta oila bo’lib, unga 1300 ga yaqin turkumga mansub 25000 tur kiradi.

  • O'zbekistonda 121 turkumga oid 566 tur o‘sadi

  • Hayotiy shaklida ko‘ra oilada bir va ko‘p yillik o‘tlar ustunlik qiladi .

  • Daraxt buta va lianalar nihoyatda kam uchraydi

  • Gullari savatchalarda o’rnashgan.

Qoqio‘tdoshlar oilachasi (Asterideae)


  • Qoqio‘tdoshlar oilachasi (Asterideae)

  • Bu oilaga kiruvchi o‘simliklarning to‘pguli asosan naychadimon gullardan iborat.

  • Savatchadagi gulo‘rni yassi, bo‘rtgan,yoki cho‘kkan bo‘lishi mumkin.

  • Shunga ko‘ra to‘pgulning shakli sharsimon,yarimsharsimon,likopchasimon,tuxumsimon, konussimon bo‘lishi mumkin.

Qoqio’tdoshlar oilasi – Asteraceae

Qoqio’tdoshlar oilasi 1250-1300 ta turkumga mansub 25000 ta turni


birlashtiradi. Ular Yer shari bo’ylab keng tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra oilada
bir va ko’p yillik o’tlar ustunlik qiladi. O’rta Osiyoda oilaning 179 ta turkumga
mansub 1463 ta turi, O’zbekistonda 121 ta turkumga oid 566 ta turi o’sadi.
Bu oilaga asosan bir va ko’p yillik o’tlar hamda ayrim buta, liana va kichik
daraxtlar kiradi. Ular xilma-xil ekologik sharoitda-cho’llardagi qumlarda, sho’rxok
va gipsli tuproqlarda, adirlardagi mayda chag’ir toshli, shag’alli joylarda buta va
daraxtzorlar orasida keng tarqalgan. Barglari oddiy, ketma-ket, ba‘zan qaramaqarshi yoki halqa hosil qilib joylashgan. Yaprog’i turlicha shakl va kattalikda.
Yonbargchalari bo’lmaydi. Gullari turlicha kattalikda va rangda bo’lib, bir nechtasi
birgalikda savatchalarda o’rnashgan. Gulqo’rg’oni bo’laklarining tuzilishi, shakli,
soni, joylashishi har xil bo’lganligi hamda ularning savatchalarda joylashganligiga
qarab bu oilaga murakkabguldoshlar deb ham nom berilgan.
Gul formulasi: Ca5Co(5)A(5)G(2). Gullarning savatchalarida joylashishi oilaga
xos eng muhim belgi bo’lib, tashqaridan qaraganda u bitta katta gulga o’xshab
ko’rinadi. Savatchalar ham o’ziga xos tuzilishga ega. Ular sirtidan bir qator yoki bir
nechta qatorli, shakli, hajmi, qalin-yupqaligi, tikanli yoki tikansiz bo’lishi bilan birbiridan farq qiladigan qoplovchi bargchalari bilan o’ralgan. Savatchalari shakliga
qarab sharsimon, yarimsharsimon, tuxumsimon, ellipssimon, konussimon,
kallakcha, disksimon va boshqacha bo’ladi. Ular katta-kichikligi jihatidan har xil.
Eng yirik savatcha kungaboqarniki bo’lib, diametri 20-40 sm ga yetadi.
Qoqio’tdoshlar vakillari gultojining tuzilishiga qarab odatda 4 guruhga
bo’linadi
1. Naychasimon gullar. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, 5 bo’lakchali yoki
tishli, uch tomoni qo’ng’irsimon. Bunga kungaboqar, moychechak savatchasining
o’rtasidagi gullari kiradi. Gul formulasi +Ca(5)-pap-0Co(5)A(5)G(2).
2. Tilsimon gullar. Gultoji zigomorf, ikki jinsli, uchi 5 tishli, uzun tilsimon.
Bunga qoqio’t va sachratqilar kiradi. Gul formulasi ↑Ca(5)-pap-0Co(5)A(5)G(2).
3. Soxta tilsimon gullar. Gultoji zigomorf, hamisha urug’chi gullardan iborat.
ikki labli, ustki labi rcduksiyalangan. Bunga andiz, moychechak va kungaboqar
savatchalarining chetidagi gullar kiradi. Gul formulasi ↑Ca(5)-pap-0Co(3)A0G(2).
4. Dahanasimon (voronkasimon) gullar. Gultoji tutashgan, zigomorf,
voronkasimon, tishlari 5 ta, uzun-qisqa, changchi va urug’chisi bo’lmaydi. Ular
savatchaning chetlarida joylashib, hasharotlarni jalb etish uchun xizmat qiladi.
Bunga bo’tako’z kabi turlar kiradi. Bu gullardan sodda tuzilishga ega bo’lgani
naychasimon gullar bo’lib, qolganlari taraqqiyot jarayonida undan kelib chiqqan.
Mevalari pista, asosan shamol va hayvonlar orqali tarqaladi. Gul formulasi ↑Ca(5)-
pap-0Co(5-7)A0G0.
Oila vakillarining aksariyat qismi hasharotlar, ayrimlari (masalan, shuvoqlar)
shamol yordamida va o’z-o’zidan changlanadi. Bu oila ikki urug’pallali o’simliklar
ichidagi eng yoshi va murakkab tuzilishga ega bo’lgani hisoblanadi.
Mazkur oila asosan gullarining tuzilishiga qarab ikkita kichik oilaga Tilchasimondoshchalar (Lactucoideae - Liguliflorae) va Naychadoshchalar
(Asteroideae)ga bo’linadi.

Birinchi oilacha vakillarining savatchalaridagi barcha gullari tilsimon,


zigomorf, ikki jinsli, gultoji 5 tishli. Turkum va turlarining soni jihatidan ikkinchi
oilachadan keyingi o’rinda turadi. U qoqio’t, takasoqol, sachratqi, bo’ztikan,
tovsag’iz kabi turkumlarni o’z ichiga oladi. (2.1. 1-rasm)




Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling