2.1. 1-rasm. Qoqio’tdoshlar (Asteraceae) oilasining to’pgul va gul xillari:
A- leukantimum (Leucanthemum vulgare); B-moychechak (Matricaria recutata); D-qoqio’t (Taraxacum officinale ); E-qariqiz (Articum lappa ); F-bo’yimadaron (Achillea millefolium); J-bo’tako’z (Centaurea cyanus); I-o’ramabarg, 2-naysimon gul, 3-soxta tilsimon gul, 4-tilsimon gul, 5-dahanasimon gul(varonkasimon) gul, 6-doncha meva.
Qoqio’t - Taraxacum turkumiga asosan ko’p yillik va ikki yillik o’q ildizli
o’tlar kiradi. O’simlikning deyarli hamma qismida sut shirasi bor. Barglari ildiz
bo’g’zida joylashgan, nashtarsimon, chetlari turli darajada qirqilgan. Savatcha
(to’pguli) to’pbarg o’rtasidan chiqqan, ichi bo’sh gulband uchida joylashgan.
Gullari sariq rangli. Mevasi (pistasi) cho’ziq, uchi tukli (popukli). Erta bahordan yoz oylarigacha gullab, meva beradi. O’zbekistonda cho’ldan to tog’
mintaqasigacha bo’lgan hududlarda keng tarqalgan (2.1. 2-rasm, D).
Turkumning Dorivor qoqio’t - Taraxacum officinale turidan dorivor o’simlik
sifatida foydalaniladi. U pastki barglari yerga yotib o’sadigan ko’p yillik o’t.
Gullari (to’pguli) to’q sariq. Savatchasining diametri 3-4 sm, gulbandi uzun.
Asosan aholi yashaydigan joylarda, yo’l yoqalarida, ariq bo’ylarida o’sadi
Tibbiyotda qoqining ildizidan foydalaniladi. Qoqio’t ildizi tarkibida achchiq
glikozidlar, triterpen birikmalar, insulin va boshqa moddalar bo’ladi. Ildizining
asosiy ta‘sir ko’rsatuvchi biologik faol birikmalari achchiq glikozidlar hisoblanadi. Ibn Sino qoqio’tni jigar va istisqo kasalligiga qarshi qo’llagan. Xalq tabobatida qoqi ildizi va yer ustki qismidan tayyorlangan damlama jigar va o’t pufagi kasalligida o’t haydovchi hamda ishtahani ochuvchi, qonni tozalovchi, siydik haydovchi va surgi dori sifatida qo’llaniladi. Damlama yana anasid gastrit, podagra va teri kasalliklarida ishlatiladi. Ba‘zan damlamadan tinchlantiruvchi vosita sifatida ham foydalaniladi.
Quritilmagan (ho’l) qoqi bargi shirasi kamqonlikka, quvvatsizlikka va ko’krak og’rig’iga davo bo’ladi. Tibbiyotda qoqio’t preparatlarining o’zi yoki boshqa o’t haydovchi dorilar bilan birga jigar kasalliklarida hamda o’t yo’llari va jigar hamda ich qotishi asoratlari bilan boradigan anasid gastritda qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |