Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni
Download 5.1 Mb.
|
Murakkabguldoshlar oilasi (Asteraceae).
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1. 5-rasm. Asteroideae
- 2.1. 6- rasm. Shuvoq ( Artemisia absinthium ) 2.1. 7-rasm. Shuvoqning guli va bargi
2.1. 2-rasm. Dorivor qoqio’tning guli
2.1. 3-rasm. Dorivor qoqio’t (Taraxacum officinale). 2.1. 4-rasm. Dorivor qoqio’tning generative davri. Shuvoq - Artemisia turkumi turlarga boy O’zbekistonda keng tarqalgan. Yer yuzida uning 500 dan ortiq turlari bor. Ular asosan Osiyo mamlakatlari hududlarida tarqalgan. Hayotiy shakliga ko’ra shuvoqlar ko’p yillik o’t, yarimbuta va ba‘zan bir yillik o’tlardan tashkil topgan. Barglari butun yoki turli darajada o’yilgan (qirqilgan), sertuk. Savatchalari mayda, ko’pincha ro’vaksimon to’pgul hosil qilib o’rnashgan. Barcha gullari naychasimon. Shuvoqlar asosan shamol orqali changlanadi. Mevasi kokilsiz mayda pista. Shuvoqlarning ayrim turlari cho’l va adirlarda katta-katta maydonlarni-shuvoqzorlarni tashkil qiladi. 2.1. 5-rasm. Asteroideae: A-shuvoq (Artemisia absinthium); B-lattatikan (Cirsium arvense) D-dastarbosh (Tanacetum vulgare ); E-bo’ymadaron (Achilla millefolium); F-moychechak (Matricaria recutita); 1-umumiy ko’rinishi, 2- to’pgul va uning kesmasi, 3- naysimon gul, 4- changchi, 5- urug’chi, 6-meva, 7-soxta tilsimon gul. Turkumning ko’pchilik turlari yem-xashak, dorivor va efir moyli o’simliklar hisoblanadi. O’zbekistonda shuvoqlarning 50 dan ortiq turlari o’sadi. 2.1. 6- rasm. Shuvoq (Artemisia absinthium) 2.1. 7-rasm. Shuvoqning guli va bargi 2.2. Murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi turkum va turlar. Qoqio‘tdoshlar (Murakkabguldoshlar oilasi- (Asteraceae (Compositae)) Sutcho’pdoshlar oilachasi (Lactucoideae) Sutcho‘p(Lactuca) Tog‘saqich(scarzonira) Takasoqol(Trogopogon) Sachratqi(Cichorium) Karrak(causina) Bo‘tako‘z(Centaurea) Qoqio‘tdoshlar oilachasi Oqqaldirmoq(Tussilago) Tirnoqgul(Calendula) Qo‘qongul(Zinnia) Kungaboqar(Hellianthus) Kartoshkagul(Dahlia) Dovudgul(Tagetes) Bo‘yimodoron(Achillea) Moychechak(Chamomilla) Xrizantema(Dendranthema) Andiz(Inula) Qoqio‘t(Taraxacum) Ermon - A. absinthium ko’p yillik, kumushsimon tuklar bilan qoplangan, balandligi 100-150 sm, o’ziga xos hidli o’simlik. Barglari 3 karra patsimon qirqilgan. Savatchalari ko’p, sharsimon, sariq rangli, gullari naychasimon, chetlarida urug’chi, o’rtasida changchi gullari joylashgan. O’zbekistonda asosan adir va tog’larning pastki qismlarida tarqalgan (2.2. 7-rasm). O’simlikning yer ustki qismi tarkibida efir moyi (absintol), achchiq glikozidlar, xamazulen, proxamazulenogen, artabsin, qahrabo, olma va askorbin kislotalar, karotin, arabsin va boshqa laktonlar, artemizetin flavonoidi hamda oshlovchi moddalar bo’ladi. To’pgulida (savatchalarda) ko’p xamazulen to’planadi. Shuvoq o’simligining preparatlari ishtaha ochadigan va ovqat hazm qilishga yordam beruvchi dori sifatida hamda jigar, o’t pufagi va gastrit kasalliklarida ishlatiladi. O’simlikdan olingan xamazulen bronxial astma, revmatizm, ekzema kasalliklari va rentgen nuri ta‘sirida kuygan yerlarni davolashda qo’llaniladi. Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling