Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni
Download 5.1 Mb.
|
Murakkabguldoshlar oilasi (Asteraceae).
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dorivor moychechak
2.2. 8-rasm. Ermon (Artemisia absinthium)
2.2. 9-rasm. Ermon o’simligining tarqalish areali. Maydabargli bo’yimodaron - Achillea millefolium ko’p yillik bo’yi 20-50 (ba‘zan 80) sm ga yetadigan o’t o’simlik. Ildizpoyasi shoxlangan bo’lib, yer ostki novda hosil qiladi. Bunday novdadan ildizoldi barglar va poyalar o’sib chiqadi. Poyasi bir nechta, tik o’suvchi, yuqori qismi shoxlangan bo’lib, ular qalqonsimon gul to’plamlari bilan tamomlanadi. Bargi oddiy, ikki marta patsimon ajralgan bo’lib, poyada bandsiz ketma-ket o’rnashgan. Gullari savatchaga to’plangan. Savatchalar o’z navbatida qalqonsimon to’p gulni tashkil etadi. Mevasi-yassi, tuxumsimon, kulrang pista (2.2. 9-rasm). Tarkibida K va C vitaminlar, axillein va betonitsin alkoloidlari, efir moyi, matrikarin izomeri, millefin laktoni, xolin, asparagin, smola, oshlovchi, va boshqa moddalar bo’ladi. Dorivor preparatlari me‘da-ichak kasalliklarini davolash, ishtaha ochish va qon to’xtatuvchi dori sifatida hamda burun, milk va yaralar qonaganda uni to’xtatish uchun ishlatiladi. Dorivor moychechak –Matricaria recutita L. bo‗yi 15-40 sm ga etadigan bir yillik o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o’tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga to’plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon, o’rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi qo’ng’ir-yashil pista (2.2. 10-rasm). Savatchaga to’plangan gullar tarkibida efir moyi, apiin, kversimeritrin, kversetin, lyuteolin va boshqa flavonoidlar, laktonlardan matrikarin va matritsin, geterotsiklik halqali poliin laktonlar, proxamazulen, kumarinlar, dioksiqumarin, karotin, vitamin C, shilliq, achchiq va boshqa moddalar bo’ladi. Moychechak ichaklarning yopishib qolishiga, mikroblarga, allergiyaga va yallig’lanishga qarshi hamda yaralarni davolovchi ta‘sirga ega. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me‘da-ichak va ginekologik kasalliklarni davolashda hamda ter va el haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari, moychechak guli yumshatuvchi, antiseptik va yallig’lanishga qarshi vosita sifatida qo’llaniladi. Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling