Bioxilma- xillik tushunchasi va uni atrof-muhit muxofazasidagi o’rni


-rasm. Dorivor moychechak (Matricaria chamomilla)


Download 5.1 Mb.
bet7/9
Sana27.10.2023
Hajmi5.1 Mb.
#1728341
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Murakkabguldoshlar oilasi (Asteraceae).

2.2. 10-rasm. Dorivor moychechak (Matricaria chamomilla)
Oddiy dastarbosh - Tanacetum vulgare ko’p yillik, bo’yi 50-150 sm ga
etadigan, o’ziga xos hidli o’t o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, sershox, tuksiz yoki bir
oz tukli. Bargi oddiy, patsimon ajralgan, ustki tomoni to’q yashil, pastki tomoni
kulrang-yashil. Poyaning pastki qismidagi barglari bandli, o’rta va yuqori
qismidagilari esa bandsiz bolib, poyada ketma-ket o’rnashgan. Gullari sariq,
savatchaga to’planib, qalqonsimon to’pgulni tashkil etadi. Mevasi-cho’ziq pista.
O’simlik yoz bo’yi gullaydi (2.2. 11-rasm). To’pguli tarkibida efir moyi, flavonoidlar, alkaloidlar, oshlovchi moddalar, ko’p to’yinmagan bog’lanishga ega bo’lgan lakton va tanatsetin achchiq moddasi bo’ladi. Oddiy dastarbosh guli gijja haylash uchun hamda jigar va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

2.2. 11-rasm. Oddiy dastarbosh - Tanacetum vulgare

Yirik andiz - Inula grandis bo’yi 50-150 (180) sm keladigan ko’p yillik o’t
o’simlik. Poyasi tik o’suvchi, yo’g’on, baquvvat. Ildiz bo’g’izi (oldi) barglari yirik,
uzunligi 70 sm gacha, eni 20-30 sm. Keng ellipssimon, qattiq, sertuk. Gullari to’q
sariq, keng qalqonsimon to’pgullardagi savatchalarda o’rnashgan. Mevasi
silindrsimon, ko’p qirrali, qo’ng’ir pista. Iyun iyul oylarida gullab, mevasi iyul avgustda pishib yetiladi (2.2. 12-rasm ). Tibbiyotda andiz turlarining ildizpoyasi va ildizidan foydalaniladi. Ildizpoya va ildizlar kuzda yoki erta bahorda kovlab olinadi. Andiz turlari ildizpoya va ildizi tarkibida efir moyi, saponinlar, alkaloidlar, insulin, achchiq, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. O’simlikning shifobaxsh ta‘sirga ega bo’lgan biologik faol moddasi efir moyi va uning asosiy qismi allantolaktonlar va azulen hamda qisman saponinlar hisoblanadi.
Oddiy oqqaldirmoq - Tussilago farfara ko’p yillik ildizpoyali o’t o’simlik.
Poyasi 5-25 sm oralig’idagi, tik o’suvchi, chalkash qalin tuklidir. Ildiz bo’g’izidagi
barglari uzun bandli, yumaloq yuraksimon, usti tuksiz, osti tukli, eni 10-25 sm,
poyadagi barglari mayda tangachasimon.



Download 5.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling