Bioximiya va sport bioximiyasi
Sportchilarning ish qobiliyatiga mashqlanishning ta`siri
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Bioximiya va sport bioximiyasi UMK2
Sportchilarning ish qobiliyatiga mashqlanishning ta`siri
Sistematik mashqlanish jarayonida jismoniy ish qobiliyatining deyarli barcha ko`rsatkichlari ancha yaxshilanadi. Mashqlanishni ta‘siri turli kvalifikasiyali sportchilarda ATFning resintezini amalga oshiradigan bioenergetik jarayonlarning quvvati, hajmi va samaradorliklarini solishtirganda ayniqsa yaqqol ko`rinadi. Masalan, sportchilarning masqlanganlik darajasini (malakasini) oshishi bilan jismoniy ish qobiliyatining barcha biokimyoviy xarakteristikalari yaxsilangan. Shu bilan birga, ayrim biokimyoviy parametrlarning yaxshilanish miqdori turli darajada namoyon bo`lgan. Masalan, mashqlanish vaqtida ancha chidamlilikni talab qiladigan endigina shug`ullana boshlagan sportchilarda KMI 40-45 ml/kg.min ni tashkil qiladi, shu vaqtni o`zida yuqori malakali sportchilarda 80-90 ml/kg.min bo’ladi. Ma`lum bo`lishicha, ko`p yillar davomida sistematik ravishda mashqlanish natijasida shortchilarda aerob quvvat ko`rsatkichlari 2 marta, aerob hajm ko`rsatkichlari esa 4 martadan ortiqroq yaxshilanadi. Sportchilarning ish qobiliyatiga ularning yoshini ta`siri Mashq intеnsivligini solishtirganda uzaytirilgan mе'yoriy holat mashqi bir nеcha soat davom etib, o’sgan lipiod oksidatsiyasi va kamaytirilgan karbogidrit oksidatsiya darajalari tomonga o’zgartirilish orqali xaraktеrlanadi. Organizmning o`sib va rivojlana borganligi sari uning jismoniy ish qobiliyatida ma`lum qonuniyatlarga asoslangan o`zgarishlar sodir bo`lib turadi. Organism fiziologik balog`atga etgani sari aerob va anaerob bioenergetik jarayonlarda energiyaning o`zgartirish imkoniyatlari tobora ortib boradi. Yoshning ulg`ayishi bilan tananing metabolizmda faol qatnashadigan massasi, ayniqsa skelet muskullari ko`payadi; ana shu muskul va boshqa to`qima va organlarda aerob va anaerob almashinuvning muhim fermentlarini miqdori oshadi, ana shu fermentlarni barqaror ishlashi uchun sharoitlar yaxshilanadi, organizmning energetik resurslarini zahirasi ko`payadi, modda va energiya almashinuv turli zvenolarini nerv va gormonal boshqarilish jarayonlari hamda muskul va boshqa to`qimalarga kislorod va ozuqa moddalarni yetkazib berish va parchalanish mahsulotlarini chiqarib tashlashga javobgar bo`lgan vegetative sistemalarning ishi takomillashadi. Jismoniy ish qobiliyatining hamma ana shu ko`rsatkichlari odam to`la fizioligik balog`atga yetgan paytida, ya`ni 20-25 yoshlarida odatda o`zlarining maksimumiga chiqadi (erishadi). Asosan, yuqori energiya ishlab chiqarishni talab qiladigan sport turlarida ana shu yoshda eng yuqori sport ko`rsatkichlariga erishadi. 40 yoshdan keyin jismoniy ish qobiliyatining ko`rsatkichlari pasaya boshlaydi va 60 yoshga kelib balog`at yoshidagiga nisbatan tahminan ikki marta kamayadi. Organizimning ish qobiliyatini belgilovchi bioenergetik jarayonlarning ko`rsatkichlari o`sish va rivojlanish davomida ma`lum qonunuyatlar asosida o`zgaradi. Masalan, erkaklarning 20 yoshlarida maksimal anaerob quvvat o`zining maksimal ko`rsatkichiga erishadi va to 30 yoshgacha tahminan shu darajaga saqlanadi va keyin pasaya boshlaydi. Ayollarda bu ko`rsatkich o`zining maksimumiga 18 yoshlarda etishadi va so`ngra nisbatan tez psaya boshlaydi. Erkaklarda kislorodning maksimal istemoli o`zining maksimal ko`rsatkichiga 25 yoshlarda erishadi va 40 yoshgacha ana shu darajada saqlanadi, ayollarda esa bu ko`rsatkichlar 20 va 35 yoshni tashkil qiladi. Bioenergetik jarayonlarning hajm va samaradorlik ko`rsatkichlari MAQ va KMI ko`rsatkichlaridan farq qilib, ancha sekin rivojlanish templari bilan xarakterlanadi va erkak va ayollarda yoshga nisbatan deyarli farqlari yo`q. Masalan, bu ko`rsatkichlar eng yuqori qiymatga 25- 30 yoshlarda erishadi va sistematik mashqlanish natijasida tahminan shu darajada 40-45 yoshlargacha saqlanishi mumkin. Keksaygan va qarigan yoshda pasayish templari ayollar organizmida faqat ancha aniqroq ko`zga tashlanadi. Lekin, shu narsani uqtirib o`tish kerakki, organizmning yuqori tezlikda o`sishi va rivojlanish munosabati bilan, ya`ni energetik substratlarning biologik oksidlanish jarayonida ajralib chiqayotgan energiyaning asosiy qismi plastik almashinuvida ishlanilayotganligi sababli bolalar va o`spirinlarda katta yoshdagilarga nisbatan muskul faoliyatini energiya bilan ta`minlash imkoniyatlari ancha kam bo`ladi. Aerob va anaerob jarayonlarda ajralib chiqayotgan energiyaning asosiy qismi hujayralarning yangidan hosil bo`lishi va yangilanib turishlarini ta`minlaydigan struktura va ferment oqsillari, nuklein kislotalar, lipidlar va boshqa hujayra strukturalarining sintezi uchun ishlatiladi. O`sayotgan organizmning yana bir qator biokimyoviy hususiyatlari bunday cheklanishni kuchaytiradi. Jumladan, kislorodni yetkazib berishni ta`minlaydigan qondagi gemoglobin va muskul tolasi hujayralaridagi mioglobin oqsillarning miqdori bolalarda katta yoshlilarnikiga nisbatan kam, demak bolalar organizmining kislorod hajmi kichik. Bolalar va o’spirinlarda yurak-qon tomirlar va nafas olish sistemalari hatto tinch holatda ham katta yoslilarnikiga nisbatan ancha zo`riqish bilan ishlaydi, demak kam funksional rezervlarga ega. Boshqacha qilib aytganda, organizmning kislorodga bo`lgan ehtiyoji oshganda bolalar va o`spirinlarning ana shu sistemalarini faoliyati kam darajada kuchaydi. Mana shularning hammasi bolalarda intensiv muskul ishlarini aerob energiya ta`minotining imkoniyatlarini chegaralab quyadi. Bulardan tashqari, bolalarda muskul faoliyatini energiya bilan ta`minlash imoniyatlari va kislorod qarzi sharoitida ish bajarish qobiliyati ham katta yoshlilarga nisbatan kam bo`ladi. Shu bilan birga, yoshi qancha kichik bo`lsa, bajarish mumkin bo`lgan ishning maksimal quvvati shuncha kichik bo`ladi. Bolalar va o`spirinlarning jismoniy tarbiyasining yana bir muhim tomoni – ularning muskul ish faoliyatida uglevodlarning ishlatilishini osonlik bilan (yengil) tormozlanishidir. Masalan, ko`pchilik jismoniy mashqlar (ayniqsa qiziqarli bo`lmagan va uzoq davom etadigan) bolalarning qonidagi glyukozani konsen- trasiyasini tez pasaytirib yuboradi. Turli-tuman, ayniqsa tarkibida har xil o`yin elementlarini tutgan, emotsiyaga boy mashg`ulotlar qondagi glyukozaning yuqori darajasini to darsni ohirigacha ishlab turishga imkoniyat tug`diradi. Qariyotgan organizmning o`ziga hos hususiyatlaridan biri – moddalar almashinuvining intensivligini umumiy pasayish holatida plastik almashinuvining intensivligini ham pasayishidi. Qariyotgan organizmlarda birinchi navbatda oqsillarni yangilanib turish jarayoni sekinlashadi. Oqsilarning sintezini sekin-lashishi hujayralarning bo`linish tezligini kamayishiga va ularning fiziologik regeneratsiyasini buzulishiga olib keladi. Ko`p hujayralar faoliyat qobiliyatini yo`qotib o`lishadi. Qarilikda bosh miya po`stlog`idagi va miyachadagi nerv hujayralarining soni ham kamayadi. Suyak hujayralarining ko`payishi sekinlashishi va nobud bo`lishi kuzatiladi, bu esa ularni g`ovaklashishiga va pishiqligini kamayishiga olib keladi. Eritrositlarni yangitdan hosil bo`lishi ham sekinlashadi. Yaralarning bitishi ham yomonlashadi va h.k. Ikkinchidan, qariyotgan organizmda oksidlanish jarayonlarning intensivligi ancha pasayadi. Jumladan, aerob va anaerob energiya ishlab chiqarish imkoni-yatlari pasayadi. Shuning uchun ham, keksaygan odamlarda xuddi bolalar va o`spirinlardagidek, qonda sut kislotasining konsentrasiyasi 20-30 yoshli odamlar- dagiga nisbatan standart ishni bajarganda ko`p, maksimal quvvatli ishni bajarganda esa kam darajada ortishi bilan sodir bo`ladi. Ishning maksimal mumkin bo`lgan quvvati yoshini ulg`ayib borishi bilan keskin pasayib boradi. Jumladan 60 yoshli odamlarda 20-30 yoshlar rivojlantirishga qodir bo`lgan quvvatni 50% bo`lishi mumkin. Keksaygan yoshli odamlar uchun yana bir o`ziga hos hususiyat huddi bolalar va o`spirinlarnikidek, muskul faoliyatida uglevodlar sarflanishini yengil tormozlanishi hisoblanadi. Masalan, ayniqsa bir xil, zerikarli jismoniy mashqlar ko`pincha qonda glyukozani kamayishi bilan sobir bo`ladi. Shu yoshlarda lipidlar almashinuvi ham o`zgaradi: qonda xolisterinning miqdori ko`payadi, bu esa ateroskleroz kasalligini rivojlanishiga olib keladi. Shunday qilib, maktab/litsey va kollejlarda bolalar va o`smirlarni jismoniy tarbiya bo`yicha dasturlarni ishlab chiqishda, ayniqsa yosh sportchilar (sportchi qizlar) uchun mashqlanish mashg`ulotlarini tashkil qilish va o`tkazishda, hamda har xil yoshdagi odamlar bilan jismoniy tarbiya va sport bo`yicha soglomlashtiruvchi mashg`ulotlarni o`tkazishda jismoniy ish qobiliyat ko`rsatichlarining yoshga qarab o`zgarish dinamikasining o`ziga hos xususayatlarini albatta inobatga olish kerak. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling