Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet1/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Hasharotlar sinfi turlarga boy bo‘lsada, ularning oz qismi materiallar zararkunandalari hisoblanadi. MDH mintaqalarida bunday hasharot - zararkunandalarning 8 turkumiga oid atigi 200 turdan ortiqrog‘i qayd qilingan (Gornostaev G.N va boshq., 1970)

Materiallarning xavfli zararkunandalari sifatida qo‘ng‘izlarning 19 oilasi o‘rnatilgan bo‘lib, buning ustiga ularning to‘rtdan bir qismi barcha zararkunandalarning birinchi darajalisi sifatida qayd etilib, ular Dermestidae, Ptinidae, Anobiidae, Tenebrionidae, Cerambycidae, Curculionidae oilalari vakillari hisoblanadi.

Ko‘pchilik hollarda materiallarning oziqaviy zararlanishi, materiallaming ichida yoki sirtida hayot kechiruvchi lichinkalar tomonidan amalga oshiriladi. Buning hisobiga zararkunanda va material orasida topik, trofik va fabrik aloqalar vujudga kelishi mumkin. Topik aloqada hasharotlar buyumlaming bo‘shliq va yoriqlariga o‘tishi uchun qulaylik xususiyati bilan ajralib turib, bunday hollarda buyumning ichki qismi ifloslanishishi mumkin, ayniqsa, bunday aloqaning uzoq davomiyligi hasharotning biologiyasi va material yoki buyumlarning mikroiqlimiga bog‘liq holda aniqlanadi. Mabodo hasharot materialning ichki bo‘shlig‘i - uning biror qismini, masalan, kuya qurtlari g‘iIof to‘qish uchun foydalansa, bunda topik aloqa bilan bir vaqtda fabrik aloqa ham vujudga keladi, natijada material qandaydir darajada zararlanishi mumkin. Bunday hollarda, qachonki hasharot o‘zi yashab turgan substratni oziqa sifatida foydalansa, topik aloqa, trofik aloqa bilan to‘ldiriladi, bu o‘z navbatida hammadan ko‘ra materiallari bilap to‘g‘ridan to‘g‘ri trofik aloqa, asosan ksilofag va keratofaglarda vujudga keladi.

Materiallarga o‘rnashib va ular bilan topik aloqaga kirishgan organizmlarga gilobiontlar, trofik aloqaga kirishganlariga esa gilofaglar deyiladi. Gilobiontlarda barcha materiallar zararkunandalarining og‘iz apparati kemiruvchi tipda boiib, filogenetik nuqtai nazardan, ayniqsa, qadimgi hasharotlarga xosdir. Ksilofaglar qanday, maxsus fermentlarga ega boiib, ichida oziqa hazm qilishi o‘zga xos sharoitda (ko‘pincha, salbiy oksidlab-tiklanish imkoniyati va modda almashinuvida simbiotik mikroorganizmlaring qatnashuvi) amalga oshirsa keratofaglarda ham shunday jarayon yuz beradi. Bunday fiziologik kompleks moslanish bu hasharotlarda o‘simlik va hayvonot mahsulotlarini utilizatsiya qilish imkonini yaratib, hasharotlar sinfining boshqa keng vakillari bunga erisha olmaydilar.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling