Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Teri-mo‘ynali mahsulotlarning ayniqsa, xavfli zararkunadalari sifatida Dermestes oilasiga ta’lluqli D.maculatus Deg., D.sibricus Er., D.frichi Kug, D.lardarius L., Attagenus avlodiga qarashli A.unicolor (Brachm.), A.simulans Sols., A.augustatus Ball., A.smirnovi Zhant va Anthrenus avlodining A.pimpinellae F., A.picturatus Sols turlarini qayd qilish kerak. Bu avlodlardan yana olti tur ozroq ahamiyatga ega. Boshqa terixo‘rlar teri-mo‘ynali mahsulotlar g‘amlab qo‘yilganda onda-sonda nisbatan kam miqdorda uchrab rivojlanadi. Jun va jun mahsulotlarini zararlashda Attagenus (Brachm.), va Anthrenus katta xo‘jalik ahamiyat kasb etadi. O‘rta Osiyoda A.unicolor (Brachm.), unga yaqin A.simulans Sols., turi bilan o‘rin almashgan. Undan tashqari bu mintaqada quyidagi boshqa turlar - A.cyphonoides Reitt., A.augustatus Ball, va Anthrenus picturatus Sols, turlari kuchli zarar etkazadi. *

MDH ipakchiligiga sakkiz turdagi terixo‘rlar zarar etkazadi. Ulardan, ayniqsa, barcha ipakchilik hududlarida uchraydigan Dermestes frichi Kug turi katta ahamiyatga ega. O‘rta Osiyoda esa Trogoderma variabile Ball., T.teuston Ball., Attagenus lobatus Ros., A.simulans Sols. va Anthrenus flavidus Sols, turlari zarar yetkazadi. Terixo‘rlar muzey kolleksiyalariga katta zarar etkazadilar. Quruq hasharotlardan tashqari, qo‘ng‘izlar, shuning bilan bir qatorda ko‘pincha qush va sut emizuvchilaming tulumini (chuchela), gerbariy va hayvonot mahsulotlariga taiuqli eksponatlarni zararlaydilar. Muzeylarda zararkunandalik qiluvchi terixo‘rlarning ro‘yxati 20 turdan ortiqroqdir. Ayniqsa, zoologik muzey eksponantlari asosan Anthrenus avlodining sakkiz va Attagenus avlodining ayrim turlarining zarariga duchor bo‘ladi.

Keratofag - kuyalar (Tineidae, Tineinae) MDH hududlarida zararkunanda sifatida: Tinea. Tineola, Monopis, Trichophaga avlodlariga oid 30 turdagi kuyalar ro‘yxatga olingan. Ular teri, jun mahsulot zahiralari, (fetrli va namatli, probirka qistirmalar) qadimiy kitoblarning charm muqovalarini, namatdan tayyorlangan issiq va tovush izolyasi- yasini, zoologik va etnografik kolleksiyalarni, kiyimlami zararlaydi. Ayniqsa, xavfli va yil davomida ommaviy ko‘payish xususiyati bilan ajralib turadigan, katta iqtisodiy ahamiyatga ega zararkunanda sifatida kiyim kuyasi (Tineola biselliella Humm) ni alohida ko‘rsatish kerak. Zararlashi jihatidan ikkinchi o‘rinda o‘rtacha iqlimli mintaqalar sharoitida mo‘yna kuyasi (Tineapellionella L.) qayd qilingan.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling