Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet5/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Kuyalarning barcha yoshdagi qurtlari kemirib zarar beradi. Qurtning to‘la rivojlanishi davomida keltiradigan zarari, kuya turiga, material sifatiga hamda havo harorati va nisbiy namligiga bog‘liq. Yupqa junli mato kiyimni qurt bir sutka davomida kemirishi tufayli uni teshib o‘tadi. Kuya ommaviy ko‘payganda, kelib chiqishi jihatidan keratinga oid himoyalanmagan materialni to‘liq yo‘qotishi mumkin. Kuyalarning oziqaviy zararlashi aralash matolarda ham qayd etilgan bo‘lib, buning ustiga ular bilan yanada intensivroq oziqlanishi kuzatiladi. Ammo sintetik iplar kuyalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilmagani tufayli, bunday gazlamalarning to‘yimliligi ham junli matolardan past bo‘ladi.

Kuyalar hamma erda tarqalgan, turli joylarda faqat ularning tur guruhlari almashinadi. Kiyim kuyasi inson yashash, joyining obligat turiga aylangan. U-kosmopolit va inson ortidan har qanday noqulay sharoitda ochiq tabiiy holda kirib borib, qoidaga binoan faqat insonning qurilishlarida (uy-joylari) uchrab haroratga qarab yiliga 2-7 martagacha nasi beradi. Boshqa kuya turlar kapalaklari bahor-yoz oylarida ochiq tabiatga uchib chiqadi va uy-joylar yaqinida qushlar uyasida bir nasi berib, kuzda qaytadan binolarga ko‘chib kiradi. Nihoyat qator turlar doimiy ravishda qushlar inida, kemiruvchilar uyasida, oiimtiklarda hayot kechiradi. Kuyalar tabiiy manbalaridan osonlikcha ochiq deraza, darcha va eshiklar orqali, ayniqsa, tomlar, cherdaklardagi qushlar uyasidan yoki zararlangan materiallar bilan turar joylar va xo‘jalik binolaridagi oziqa muhitlariga kirib keladilar. Kuyalaming zararli faoliyati isitiladigan binolarda yil bo‘yi, isitilmaydiganlarida esa 15°S yuqori haroratda davom etadi.

Ksilofag hasharotlar.Tabiatda yog‘och-taxta bilan aloqador bo‘lgan 20 turkumlarga xos hasharot vakillari mavjud. Ular orasida faqat qattiqqanotlilar va ikkiqanotlilarning har biridan 60 tadan oila turlari zararkunanda sifatida taqsimlangan. Ammo ularning barchasi ksilobiontlar ham boimasdan, ksilofagiar hisoblanadi. Oxirgisi o‘z navbatida ma’lum bir stadiyalarda yog‘och-taxta bilan oziqlanadigan emiruvchi komplekslarga ajratiladilar. Yog‘och-taxta konstruksiyalari va buyumlarida ko‘pchilik ksilofaglar uchun noqulay sharoit tug‘iladi, jumladan, qo‘ng‘izlar, faqat ularning bir qismigina nihoyatda kamsuvli oziqalarni iste’mol qiladi. Tuproq bilan bog‘lanmagan, doimiy gigroskopik namlik darajasidan past bo‘lgan yog‘och-taxta konstmksiyasi va buyumlarida faqat bir qancha guruh qo‘ng‘izlarigina: ayrim mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar, parmalovchilar, yog‘och-taxta kemiruvchilar mo‘ynali turlarigina rivojlana oladi. Mo‘ylovdor qo‘ng‘izlar orasida Criocephalus rusticus L. va Callidium violaceum L. singari turlar tipik o‘rmonda hayot kechiruvchi yog‘och-taxta bino hamda mebellarda yashashga moslashgan sinantroplar orasida qandaydir oraliq zvenoni tashkil qiladilar. Bundan tashqari ayrim tik daraxtlar hamda yangi xodalami (yog‘och) ham egallaydi. Bu guruhdan eng xavflilari parmalovchilardir.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling