Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet3/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Ko‘pchilik terixo‘rlar yiliga bir martta nasi beradi. 0 ‘rta Osiyoning janubiy hududlarida ayrim turlar olachipor terixo‘r (Trogoderma versicolor G) yiliga ikki marta nasi berib rivojlanadi. Megotominae kenja oilasining ham ayrim turlari qulay sharoitda yiliga ikki martagacha nasi berishi mumkin. Dermestinae kenja oilasining qo‘ng‘izlari, shuning bilan bir qatorda Dermestes kenja avlodi turlarining qo‘ng‘izlari barqaror diapauza xususiyatiga ega. Megotominae kenja oilasining qishlashi lichinka yoki imagolik davrida o‘tadi. Isitiladigan binolarda ko‘pchilik terixo‘rlar diapauzasiz rivojlanib, yiliga 1-4 martagacha nasi berishi mumkin.

Terixo‘rlar amalda hayvonot moddalari (mahsulotlari) yig‘ilgan barcha joylarda rivojlanadi. Dermestes avlodining ko‘pchilik turlari nekrobiontlar hisoblanadi. Ularning rivojlanishi ochiq joyda yotgan qushlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilaming murdalarida o‘tadi. Bu avlod boshqa vakillarining rivojlanishi, ulardan tashqari Anthrenus va Attegenus avlodlarining ko‘pchilik rivojlanadigari turlari qushlar uyasida yashaydi. Oxirgi avlodning qisman turlari botribiontlarga ta’lluqlidir. Ularning ayrimlari qushlar va sut emizuvchilaming inlarida ko‘paysa, boshqalari kemiruvchilarning inlariga moslashgandirlar.

Terixo‘rlarning ko‘pchilik turlari hayvonot va o‘simliklar materi- allaridan hosil boMgan, mahsulotlarning zararkunandalari hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘pincha ular teri, teri mahsulotlari, mo‘yna, par, jun, junli buyumlar, go‘sht, go‘sht mahsulotlari, sir, quruq sut, quritilgan va dudlangan baliq, kley, muzey eksponatlari, zoologik va entomologik kolleksiyalar, gerbariy, muqovalangan kitoblar hamda kopra (kokos yong‘og‘ining mag‘zi), don va ayrim don mahsulotlarini zararlaydilar. Terixo‘rlar asbest, karton, paxta, paxtadan qayta ishlangan ip gazlama va sintetik gazlama, zig‘ir, plastmassalar, tamaki mahsulotlari, telefon kabellari va h. zararlaydilar. Ipakchilik korxonalarida ular ipak qurti urug‘lni yo‘qotadi va ipak qurtining pillasini kemirib teshadi va natijada bunday pillalar chuvatishga yaroqsiz bo‘ladi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling