Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Parmalovchi qo‘ng‘izlar. MDH hududlarida qurilishlarni, mebel, muzey eksponatlari va boshqa yog‘och-taxta buyumlarni zararlovchi parmalovchilaming 20 ga yaqin turlari ma’lum. Ular faqat uzoq saqlangan yog‘och-taxtalarni parmalab, teshib, boshqa materiallar uchun zararli emas, ammo ularning faoliyati ayniqsa, qadimiy butlar, mebellar va muzey eksponatlari uchun o‘ta xavfli. Isitiladigan binolarga haqiqiy sinantrop va gilofag hisoblangan mebel parmalovchisi (Anobium punctatatum Deg.) ayniqsa, katta zarar yetqazadi. Binolarda deyarli hamma yerda tarqalgan.

Termitlar (Isoptera) mayda yoki o‘rta o’lchamli, odatda yorug’likdan o‘zini olib qochadigan va erda, yog‘och-taxta yoki kartonsimon materiallardan uya qurib, oila hosil qilib yashovchi hasharotlardir. Boshqa jamoa hosil qilib yashovchi hasharotlar singari, uyadagi jamoa to‘dasi bir xil emas. Ammo jamoa hosil qilib yashovchi pardasimonqanotlilar polimorfizmidan, termitlar chala o‘zgarish hisobiga rivojlanadilar va nafaqat to’liq rivojlangan imagolik shaklida, balki jinsiy voyaga yetmagan individlari ham faollik ko‘rsatadilar. Shuning uchun ham termitlarning tabaqalari chumoli tabaqalariga nisbatan turli-tuman va keskin ifodalangan boiib, rivojlanish jarayonida barcha termitlar bir qancha stadiya va tabaqalami o‘tab, ularning har biri bir yoki bir necha yoshga kiradilar. Natijada har bir zot o‘ziga xos ixtisoslashgan morfologik qiyofa va funksional xususiyatlarni mujassamlashtiradilar (23-rasm).

Hozirgi davrda termitlarning 2800 ga yaqin turlari ma’lum bo‘lib, ulardan to‘rtta oila (Kalotermitidae, Hodotermitidae, Rhinotermitida, Termitidae) ga mansub 7 turi MDH mintaqalarida yashaydi. Markaziy Osiyoda - ikki oilaga (Hodotermitidae, Termitidae) termitlarning 4 turi, 0 ‘zbekistonda esa' Hodotermitidae oilasining Ancanthotermes avlodiga tegishl i Л.turkestanicus, A. ahngerianus turlari keng tarqalgan (27- rasm).

Turkiston termiti (Anacanthotermes turkestanicus Jacobs.) Markaziy Osiyoda odatdagi tur boiib, yaxshi aerasiyalanadigan shoilanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan gipsli tekislik va tog‘oldi, sog‘ tuproqli hududlarda tarqalgan bo’lib, qoidaga binoan taqir, sho‘rlangan qumli tuproqlarda uchramaydi. Katta kaspiy orti termiti (Anacanthotermes ahngerianus Jacobs), turkiston termiti tarqalgan hududlarda ham uchrab 47- paralleldan shimoliy-g‘arbdan kirib borib undan ham narida uchraydi. Arealning sharqiy qismida uchrab o‘z o‘rnini turkiston termitiga bo‘shatib beradi. Uning katta tig‘iz uyalari qurigan o‘simliklarga boy bo‘lgan tuproqli tekisliklarda uchraydi. Katta kaspiy orti termiti turli xil sho‘radoshlar (Chenopodiaceae) bilan siyrak qoplangan taqirsimon tuproqli tekistliklardan hamda shuvoqlar (Artimesia turanicae) yantoqzor (Alhagi camelorum, A. pseudoalhagi,) yulg‘unzor (Tamarix spp.), saksovulzor (Haloxylon persici, Haloxylon aphylli), cherkez (Salsola richterii), astragal (Astragalus spp.) va ferula (Ferula spp.) singari o‘simliklar o‘sadigan past-balandliklardan iborat qumliklarda ham uchraydi.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling