Biozararlovchi hasharotlar


Download 1.03 Mb.
bet2/7
Sana13.04.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1354638
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
BIOZARARLOVCHI HASHAROTLAR

Keratofag hasharotlar.Sochxo‘rlar, patxo‘rlar, terixo‘r qo‘ng‘izlar va keratofog kuyalarni birlashtiruvchi hasharotlar guruhi ko‘p miqdorda sutemizuvchilarning jun qoplami va shox hosil qiluvchi hamda qushlarning pati tarkibiga kiruvchi o‘ziga xos skleroprotein-keratinlarni hazm qilish xususiyatiga egadirlar. Sinantropik sharoitlarda ayniqsa, terixo‘r qo‘ng‘izlar va keratofag kuyalar katta ahamiyat kasb etadilar. Terixo‘r qo‘ng‘izlar (Dermestidae-Coleoptera) nisbatan uncha katta boimagan qo‘ng‘izlar guruhini tashkil qilsada, iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ulaming tarkibiga kiruvchi bir muncha turlar hayvonot va o‘simlik, ipakchilik materiallari va muzey kolleksiyalarini zararlovchi xavfli zararkunandalar kategoriyasiga taalluqlidir. MDH mintaqalarida zarar keltiruvchi ro‘yxatiga 42 turdagi terixo‘rlar kiritilgan boiib, ular asosan Dermestes (A), (Dermestinae kenja oilasi), Attagenus (B) Anthrenus (V) va Trogoderma (Megatominae kenja oilasi) avlodlariga xosdir.

Voyaga etganlari (imago)ning tanasi tuxumsimon cho‘ziq, kamdan-kam hollarda cho‘zinchoq yoki deyarli dumaloq. Oichami 1,3-11 mm, eni 0,5-5 mm. Tepasi, odatda qavariq, osti ozmi-ko‘pmi yassilangan. Kutikulasi nuqtachali va deyarli ko‘pincha tukchalar yoki tangachalar bilan qoplangan. Ko‘pchilik turlarining mo‘ylablari 11 bo‘g‘imli bo‘lib 3 ta bo‘g‘imi to‘nag‘ichsimon. Boldir sonining ichki tomonidagi tarnovchagao‘rnashadi. Barmoqchalari 5-bo‘g‘imli. Tuxumlari ozmi-ko‘pmi cho‘zinchoq. O‘lchami 0,27-2,1 mm, kengligi 0,08-0,8 mm. Ustki qismi silliq, rangi oqdan, och-sariqqacha o‘zgarib turadi.

Lichinkalarining tanasi tuxumsimon-cho‘zinchoq, dungisimon yoki yarim silindrsimon (22-rasm). Tepasi hamma vaqt qavariq, pastki qismi ozmi-ko‘pmi yassilangan. O‘lchami (oxirgi yoshida) 1,5-17 mm, kengligi 0,5-5 mm.

Boshida 6-12 ko'zchalari bo‘lib u gipognatik tipda. Mo‘ylablari qisqa, 3 bo‘g‘imli. Oyoqlari 5 ta bo‘g‘imlardan iborat, barmoqlari bir- biriga to‘liq yopishgan bo‘lib, 1 tirnoqli. Qorni 10 ta bo‘g‘imlardan iborat. Dermestes avlodi lichinkalarining qomini 9-bo‘g‘imida bir juft urogomfli, 10-chi tirkagichga aylangan. Boshqa terixo‘rlar lichinka- larining qorni oxirgi ikkita bo‘g‘imi kuchsiz rivojlangan bo‘lib, uzun tuklar cho‘tkacha bilan ta’minlangan. G‘umbagi erkin, o‘lchami 1,4-12 ram, eni 0,6-6 mm. Kutikulasining, qorin tergiti va urogomfming unchalik katta boimagan qismidan tashqari sklerotizlanmagan. Ustki qismi oddiy tukchalardan iborat. Oxirgi yoshida po‘stlarini toiiq tashlovchi turlarining 9-chi tergitida ikkita ilmoqsimon urogomfi mavjud. Urg‘ochilari tirqishlarga yoki ozuqa yuzasiga kichik porsiyadagi tuxumlarini qo‘yadi. Tuxumning inkubatsion davri haroratga bog’liq bo’lib, 2 dan 55 sutkagacha davom etishi mumkin.


Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling