Bir bosqichli kompressor. Kompressor yuritmasi uchun ishni aniqlash Real kompressordagi siqish jarayonlari
Download 181.88 Kb.
|
Bir bosqichli kompressor. Kompressor yuritmasi uchun ishni aniql
1.2-rasm
Porshenning chapdan o’ngga tomon harakatlanishida so’rish klapani 3 ochiladi va gaz silindrga o’zgarmas p1 bosimda so’riladi. Bu jarayon diagrammada 0-1 chiziq bilan tasvirlanib, so’rish chizig’i deb aytiladi. Porshenning o’ngdan chapga tomon teskari harakatida so’rish klapani 3 bekilib gazni siqish jarayoni sodir bo’ladi. Zaruriy bosim hosil bo’lganda gaz o’zgarmas p2 bosimda xaydash klapani 4 orqali rezervuarga uzatiladi. 1-2 egri chiziq siqish jarayonini tasvirlaydi. 2-3 chiziqni haydash chizig’i deyiladi. Porshening bundan keyingi harakatida haydash klapani bekiladi hamda so’rish klapani ochilib silindrdagi bosim p2 dan p1 ga tushadi va yana jarayonlar takrorlanadi. 1 kg siqilgan gazni olish uchun sarflangan ish (ishqalanishni ehtiborga olmasak), barcha jarayonlarni qaytar deb hisoblasak quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda p1v1 – tashqi muhitni gazni silindrga to’ldirishdagi ishi; p2v2 – gazni haydashga sarflangan ish; - gazning siqish ishi. bo’lgani uchun (1.1) Agar ishqalanishni ehtiborga oladigan bo’lsak kompressorning yuritmasi uchun sarflangan ish (xaqiqiy ish) nazariy ishdan katta bo’ladi: (1.2) Bu yerda qu – ishqalanishga qarshi bajarilgan ish. Agar siqish jarayonida gazdan qx issiqlik olib ketilsa, termodinamikaning birinchi qonuniga asosan: (1.3) Gazning kompressorda siqilishi ishchi jism va silindr devorlari o’rtasidagi issiqlik almashinuviga qarab izotermik 1-2, adibata 1-21 va politropa 1-211 bo’yicha kechishi mumkin. Izoterma bo’yicha gazni siqishda 01230 yuza eng kichik va eng kam ish sarflanadi. Ish shaklida keltirilgan barcha energiya gazdan issiqlik shaklida olib ketiladi. Adiabata 1-21 bo’yicha siqishda 012130 yuza eng katta va eng ko’p ish sarflanadi. Bu jarayonda ish shaklida keltirilgan barcha energiya gazning entalg’piyasini o’zgarishiga sarflanadi. Siqish ishini kamaytirish uchun siqish jarayonini izotermik jarayonga yaqinlashtirish lozim, yahni siqilayotgan gazdan issiqlikni olib ketish zarur. Buning uchun silindrning tashqi sirtlarini suv bilan sovutish lozim. Sovutish gazni yanada yuqoriroq bosimgacha siqish imkonini berib, siqishni politrop (n=1,18-1,2) bo’yicha amalga oshirish mumkin bo’ladi. Unumdorligi past va uncha yuqori bo’lmagan bosim hosil qiluvchi kompressorlar havo bilan sovitilib turiladi. Download 181.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling