Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
G'ovaktanlilar hujayra elementlari kimyovoy tarkibi
Download 132.47 Kb.
|
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
G'ovaktanlilar hujayra elementlari kimyovoy tarkibi
G'ovaktanlilar-o'troq yashovchi tuban ko‘p hujayrali hayvonlar. Asosan dengizlarda, ayrim vakillari chuchuk suvlarda tarqalgan. To‘qima va organlari rivojlanmagan, tanasi bir necha xil hujayralardan va hujayra oralig'i moddasidan iborat. Tana bo‘shlig‘i xoanotsitlar deb ataladigan yoqali xivchinli hujayralar bilan qoplangan. Nerv sistemasi rivojlanmagan. Tanasida juda ko‘p mayda teshikchalari va ulardan tana bo'shlig'iga qarab ketadigan naychalari bo'ladi. Ana shu naychalar orqali g'ovaktanlilar tanasi orqali to'xtovsiz suv o'tib turadi. Deyarli hamma yakillari ohaktosh (CaC03) yoki silikat (Si02)dan iborat mineral yoki organik skeletga ega. Tanasi ikki qavat bo'lib joylashgan hujayralar - tashqi ektoderma va tana bo'shlig'ini qoplab turadigan endodermadan iborat. Ektoderma va endoderma oralig'ida mezogleya deb ataladigan strukturasiz qavat joylashgan. Mezogleyada yulduzsimon hujayralar, skleroblastlar va amyobotsitlar joylashgan (28-rasm). Yulduzsimon hujayralar tayanch elementlar - kollensitlar hisoblanadi. Skleroblastlar ichida skelet elementlari hosil boiadi. Amyobotsitlar harakatchan hujayralar bo‘lib, ulami xoanotsitlardan olingan oziqni hazm qiluvchi hujayralar va ixtisoslashmagan rezerv hujayralar - arxeotsitlarga ajratish mumkin. Arxeotsitlar barcha ko‘rsatilgan hujayralami, shu jumladan jinsiy hujayralami ham hosil qilish xususiyatiga ega. Tekshirishlaming ko ‘rsatishicha g ‘ovaktanlilar tanasida qariyb hamma hujayralar bin ikkinchisini hosil qilishi mumkin. Masalan, xoanotsidar xivchinini tashlab mezogleyaga o'tishi va amyobotsitlarga aylanishi yoki aksincha arxeotsitlar xoanotsitlarga aylanishi mumkin. Bu hoi g ‘ovaktanlilami juda sodda tuzilganligi, hujayralari to‘liq ixtisoslashmaganligini ko‘rsatadi. Odatda g‘ovaktanlilaming nerv sistemasi bo‘lmaydi. Ayrim zoologlar mezogleyada o'simtalari orqali o'zaro bog'langan yulduzsimon hujayralarni aniqlashgan. Lekin ulaming nerv funksiyasi aniqlanmagan. Ko'pchilik g'ovaktanlilaming ohak yoki qumdan iborat qattiq skeleti bo'ladi. Bir qancha g'ovaktanlilaming skeleti ohak va kremnezyom aralashmasidan iborat. G'ovaktanlilar orasida spongin deb ataladigan muguzsimon yumshoq skeletga ega bo'lgan vakillari ham bor. Skelet elementlari mezogleyada joylashadi. G'ovaktanlilaming mineral skeleti ignaga o'xshash mikroskopik tanachalai-spikulalardan iborat. Spikulalar maxsus skelet hosil qiluvchi hujayralar skleroblastlarda hosil bo'ladi. Skleroblastiar o'lgandan so'ng spikulalar bevosita sitoplazmaning o'zida joylashadi. Skeletlar shakli har xil: ular bir o'qli, uch o'qli, to'rt o'qli va ko'p o‘qli deb ataladigan to‘rt guruhga bo'linadi. Bir o'qli skelet to'g'ri yoki egilgan tayoqcha shaklida, uch o‘qli skelet o‘zaro perpendikulyar to'g'ri burchak ostida joylashgan nurlardan iborat. To‘rt o‘qli skeletda ikkita qo'shni nurlar orasidagi burchak 120° ga teng bo'ladi. Ko'p o'qli skelet sharsimon yoki mayda yulduzsimon bo‘ladi. Odatda bir turning о ‘zida bir necha xil tipdagi ignalar bo'lishi mumkin. Skelet ignalar mezogleyada o‘z holicha joylashgan, uchki qismi orqali bir-birigailashgan bo'lishi yoki maxsus sement moddasi orqali bir-biriga yopishib, yaxlit skelet hosil qilishi mumkin. Ayrim ignalar o'qining joylanishi kristallardagi optik o'qlarga mos keladi. Masalan, uch o'qli ninalar to'g'ri yoki kub sistemasi, to'rt o'qli ignalar esa geksagonal sistemasidagi kristallarga mos keladi. Bu hoi anorganik tabiatda kristallaming shakllanishi bilan ignalaming o'sishi o'rtasida o'xshashlikni ko'rsatadi. Ana shu sababdan bu jarayonni Gekkel biokristalizatsiya deb atagan. Muguz, ya’ ni spongin skelet mezogleyada ko 'p shoxlanadigan sariq rangli tolalardan iborat. Spongin kimyoviy jihatdan ipakka yaqin bo'lib, tarkibida 14% gacha yod bo'ladi. Spongin skelet xujayralardan tashqarida, ya’ni mezogleyada hosil bo'lishi bilan mineral skeletdan farq qiladi. O'sayotgan spongin tolalari skelet hosil qiluvchi juda mayda hujayralardan iborat g'ilof bilan o'ralgan. Elektron mikroskopiya spongin tolalarini juda ingichka submikroskopik fibrillar dan iborat ekanligini ko'rsatadi. Bu jihatdan spongin yuksak sut emizuvchilar biriktiruvchi to'qimasidagi kollagen tolalarga o'xshaydi Download 132.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling