Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
Embrion qavatlari, ko'p hujayralilarning jinsiy ko'payishi
Download 132.47 Kb.
|
Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
Embrion qavatlari, ko'p hujayralilarning jinsiy ko'payishi
Hayvonlar jinssiz va jinsiy ko'payadi. Jinssiz ko'payish soddaroq tuzilgan umurtqasiz hayvonlarda uchraydi; va asosan ikki xil usulda boradi. Bir hujayrali hayvonlarda jinssiz ko'payish ona organizmning teng ikkiga bo'linishi, tuban ko'p hujayralilarda esa kurtaklanish orqali sodir boiadi. Kurtaklanishdaona organizmidakichikroq kurtakcha hosil bo iadi. Kurtakcha o ‘ sib, yangi organizmni hosil qiladi. Ko‘p marta boiinish orqali ko'payishda ona organizmi juda ko‘p boiaklarga boiinadi, har qaysi boiakdan yangi organizm hosil boiadi. Bu xildagi boiinish yassi va halqali chuvalchanglar uchun xos. Hayvonlaming jinssiz ko'payishi ulaming tanasida juda ko‘p sonli ixtisoslashgan, lekin boshqa hamma to‘qima va organlami hosil qila oladigan hujayralaming boiishi bilan bog‘liq. Jinsiy ko‘payishda maxsus jinsiy hujayralar - gametalar hosil boiadi; ular bir-biri bilan qo ‘ shilgandan so ‘ng yangi organizm rivojlanib chiqadi. Bir hujayralilarning gametalari bitta hujayradan yetishib chiqadi; ko‘p hujayralilarning gametalari maxsus jinsiy bezlar - gonadalarda hosil bo'ladi. Erkaklik urug* hujayralari - spermatozoidlar yoki mikrogametalar, urg‘ochi jinsiy hujayralar esa tuxum hujayra yoki makrogameta deyiladi. Odatda spermatozoidlar tuxumhujayralarga nisbatan kichik bo‘lib, ingichka xivchini yordamida harakatlanadi. Tuxumhujayra yumaloq va harakatsiz boiib, unda embrionning rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar bo'ladi. Urug‘lanish jarayonida urug* hujayra tuxum hujayra ichiga kirib, uning yadro va sitoplazmasi bilan qo‘shilishi natijasida ikkita hujayradan bitta yangi hujayra - zigota hosil boiishidan iborat. Zigotadan embrional rivojlanish jarayonida yangi organizm hosil boiadi. Jinsiy ko‘payish jinssiz ko‘payishga nisbatan organizm uchun bir qancha afzalliklarga ega. Bir-biridan uzoq formalardan hosil boigan jinsiy hujayralaming genlar tarkibi har-xil boiganidan, ulaming qo‘shilishidan hosil boigan yangi organizmlaming ona organizmiga nisbatan yashovchanligi yuqori boiadi. Bunday organizmlar tabiiy tanlanish jarayonida saqlanib qoladi va nasl beradi. Download 132.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling