Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
Download 44.94 Kb.
|
asosiy zoologiyaaaa
Parazit xivchinlilar
Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkum i. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi - kinetoplast bo'ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko'pchilik turlari parazit hayot kechiradi. Bodolar (Bodo) 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar, sitoplazmasining xivchinlari asosida joylashgan qismida pellikulasi bo'lmaydi. Bu joy orqali bakteriyalami yutib, oziqlanadi. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar (Trypanosoma) urug'i vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega (11-rasm). Ulaming tasmaga o'xshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'nalgan. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasal kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi. Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hay vonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-se pashshasi (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Pashshalar ichagida tripanozoma bo‘yiga bo‘linib ko'payadi va tana suyuqligi orqali avval uning so‘lak bezlariga, so'ngra hartumiga o'tib oladi. Pashsha so'lagidan qonga o'tgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz bo'linib ko'payadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-se pashshasi esa kasallik qo'zg'atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi. Tripanozomalaming bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida og'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida Qora mollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei so'nalar yordamida tarqaladi. Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston va Ural oblasti choilarida tuyalar, otlar va eshaklarda og'ir “suv og'rig'i” kasalini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. Bu tripanozoma ham so'nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo'zg'atuvchi ot Tripanozoma - Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o'tadi. Tripanozomalaming ayrim turlari o'simlik to'qimalarida yashashga moslashgan. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargining sarg'ayib to'kilishiga, ba’zan qurib qolishiga sabab bo'ladi. Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan (11-rasm), lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlaming ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi vakinetoplasti bor. Leyshmaniyalaming ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum. Tropik leyshmaniya (Ltropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, sumnkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo'ladi, keyinchalik shish yiriklashib sumnkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning o'm i chandiq bo'lib qoladi. Tabiatda leyshmaniya paraziti kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniya parazitining rezervuari hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan qon so'ruvchi iskabtoparlar (Phlebotomus pappatasii) hayvonlar qonini so'rganida leyshmaniyani o'ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniy a bo‘ linish orqali tez ko'payadi; uning xivchini paydo bo'ladi va faol harakat qiladi. Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G'arbiy Osiyoning birqancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik O'zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan bo'lib, uning tabiiy manbai asosan cho'l mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bog'langan. Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi ko'zg'atuvchisi singari tabiatda odam bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat’iy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud bo'ladi. Parazitlarni bir hayvondan boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi YE. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar о 'rtasida bo 'g ‘imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklami tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi. Odamlarning jigari, talog 'i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania donovani “kala-azar” deb ataluvchi og'ir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan kishida kam qonlik paydo bo'lib, u ozib ketadi. Jigar va talog'i shishib halok bo'lishi mumkin. Kala-azami ko'zg'atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim hududlarida uchraydi. Yuqorida ko'rsatilgan har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasallikdan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi. Ko‘p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi. Ko'p xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to'rtta yoki undan ko'proq bo'ladi. Odam va umurtqali hayvonlaming ichagida juda ko ‘p xivchinlilar parazitlik qiladi. Ichakda yashaydigan trixomonas (Trishomonas) nnng butun tana bo'ylab o'tuvchi ichki tayanch o'q skeleti-aksostili va to'lqinlanuvchi pardasi bo'ladi (11-rasm). Xuddi shunday o'q skelet lambliya (Lamblia) urug'iga mansub bo'lgan xivchinlilarda ham uchraydi. Yo'g'on va ingichka ichakda parazitlik qiladigan trixomonas (Trichomonas hominis) ning uzunligi 7-10 mkm bo'lib tanasining oldingi tomonida to 'rtta xivchini joylashgan (12-rasm). Beshinchi xivchini orqa tomonga egilib, tana pellikulasi bilan birga yupqa to'lqinlanuvchi pardani hosil qiladi. Odamning tanosil-siydikyo'llaridaT.vaginalis parazitlik qiladi. О 'n ikki barmoqli va ingichka ichakda, o 't yo'llarda uchraydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki tomonlama simmetriyali bo'lib, ikkitadan yadrosi va aksostilga o'xshash tayanch fibrillar apparati, 8 ta xivchinlari bor. Qorin tomonida ichakka yopishish uchun so ‘rg'ichi rivojlangan. Ular sista orqali tarqaladi. To‘g‘ri ichakka tushgan lambliyalar xivchinini yo‘qotadi va qalin po'stga o ‘ralib, sista hosil qiladi. Lambliya ichakda juda ko‘plab ko ‘payganida ichakning normal faoliyatim buzilishiga, ba’ zan о' pufagining yallig ‘lanishi (holetsistit)ga sabab bo ‘lishi mumkin. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling