Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) kenja sinfi


Download 44.94 Kb.
bet9/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina) kenja sinfi

Hayvonsimon xivchinlilaming bir qancha turlari dengiz va chuchuk suv havzalarida uchraydi. Ulardan bir qismi osmotik yo‘l bilan saprofit oziqlansa, boshqa qismi ovqat zarralarini yutish xususiyatiga ega. Ko'pchilik turlari odam, hayvonlar va ba’ zan о ‘simlik to ‘qimalarida parazitlik qiladi.

1. Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi. Bir xivchinli erkin yashovchi yakka yoki kolonial hayvonlar bo‘lib, xivchini asosini sitoplazmatik yoqacha o ‘rab turadi (9-rasm). Bakteriya va boshqa oziq zarrachalari xivchinining harakati tufayli yoqacha ichiga tushadi. Bu yerda ulami sitoplazma o'simtalari qamrab oladi. Ovqat hazm qilish vakuolalari ichida oziq hazm qilinadi. Koloniyasi xilma-xil shaklda boiadi, ko'proq tuxumsimon sferik va daraxtsimon koloniyalar uchraydi.
2. Ildiz xivchinlilar (Rhizomastigina) turkumi vakillari sarkodalilar hamda xivchinlilaming tuzilish xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ularda 1-3 xivchin bilan bir qatorda yaxshi rivojlangan psevdopodiylari boiadi. Bu turkumning vakili mastigamyoba (Mastigamoeba aspera)ning kattaligi 100 mkm ga yaqin, botqoqliklarda uchraydi
3. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkum i. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi - kinetoplast bo'ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko'pchilik turlari parazit hayot kechiradi. Bodolar (Bodo) 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar, sitoplazmasining xivchinlari asosida joylashgan qismida pellikulasi bo'lmaydi. Bu joy orqali bakteriyalarni yutib, oziqlanadi.
4. Ko‘p xivchinlilar (Polymastigina) turkumi. Ko'p xivchinlilarga ancha murakkab tuzilgan parazit xivchinlilar kiradi. Xivchinlar soni to'rtta yoki undan ko'proq bo'ladi. Odam va umurtqali hayvonlarning ichagida juda ko ‘p xivchinlilar parazitlik qiladi.
Gipermastiginalar (Hypermastigina) turkumi vakillari termitlar va suvaraklaming ichagida simbioz yashaydi. Ular ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, xivchinlari va ko'pincha yadrolari ham ko‘p bo‘ladi. Tanasida aksostil, murakkab parabazal apparatlari hamda yadro bilan bog‘liq maxsus tayanch apparati rivojlanadi. Gipermastiginalar qiyin hazm bo'ladigan kletchatkani termitlaming hazm qilishiga yordam beradi.
Opalinalar (Opalina) turkumiga yirik ko‘p yadroli ko‘p xivchinli parazit hayvonlar kiradi. Ular suvda hamda quruqlikda yashovchilar ichagining keyingi qismida yashaydi. Opalinalaming og'izchasi bo‘lmaydi, shuning uchun oziqni tana yuzasi orqali shimib, saprofit oziqlanadi. Opalinalar tanasi infuzoriyalaming kipriklariga o'xshab bir tekis joylashgan juda ko'p xivchinlar bilan qoplangan. Shu sababli ular uzoq vaqt mobaynida infuzoriyalar tarkibida o'rganib kelingan. Lekin opalinalarda ixtisoslashgan yadro bo‘lmasligi, jinsiy ko'payishi esa gametalaming kopulyatsiyasi -juftlashish orqali sodir bo‘Iishi sababli xivchinlilarga yaqin turadi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling