Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Infuzoriyalar yoki kipriklilar tipining o'ziga xos xususiyatlari


Download 44.94 Kb.
bet17/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Infuzoriyalar yoki kipriklilar tipining o'ziga xos xususiyatlari
Infuzoriyalar -- eng murakkab tuzilgan bir hujayrali hayvonlar. Ulaming harakatlanish organoidlari tana sirtida joylashgan juda ko p kipriklardan iborat. Ayrim infuzoriyalarda kipriklar hayotning ma’lum bir davrida hosil bo'ladi. Hamma infuzoriyalarda differensiyalashgan, tuzilishi va funksiyasi bilan bir-biridan aniq farq qiladigan bitta katta yadro — makronukleus va bitta yoki bir necha - mikronukleus, ya’ni kichik yadro bo‘ladi. Katta yadro vegetativ yadro, kichik yadro generativ yadro deyiladi. Infuzoriyalaming jinsiy ko'payishi boshqa barcha hayvonlardan farq qiladi. Konyugatsiya deb ataladigan bunday ko'payish ikkita infuzoriyaning bir-biriga yaqinlashuvi, ular о ‘rtasida muvaqqat bog ‘lanishning hosil bo ‘Iishi va yadrolar almashinuvi tariqasida boradi. Ko'pchilik infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida, ayrim turlari tuproqda hayot kechiradi. Ular orasida parazitlik qilib yashovchi turlari ham bor. Infuzoriyalar tipiga 8000 dan ortiq tur kiradi. Ular kiprikli infuzoriyalar va so'ruvchi infuzoriyalar sinflariga ajratiladi.
TUzilishi. Bu sinfga infuzoriyalar tipining ko'pchilik turlari kiradi. Kiprikli infuzoriyalar bir hujayralilar orasida ancha yirik hayvonlar: tanasining kattaligi 30-40 mkm. dan 1 mm. gacha va undan ham yirikroq bo'ladi. Kipriklar ular hayotining hamma davrlarida saqlanib qoladi. Sitoplazmasi tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga aniq ajralib turadi. Ektoplazma sirtdan elastik va pishiq pellikula bilan qoplangan. Pellikula ikki qavatli bo'lib, har qaysi qavati ikkita membranadan tashkil topgan. Pellikula sirti o'zaro tutashib, turli shakllar hosil qiluvchi yo'g'on tolalar yordamida juda ko'p katakchalarga bo'lingan. Katakchalar pellikula sirtini panjaraga о'xshab o'rab turadi. Katakchalaming shakli har xil, tufelka infuzoriyasida ular olti burchakli asalari kataklariga o'xshaydi. Tolalar tayanch skelet o'rnida infuzoriya tanasining muayyan shaklini belgilab beradi.
Infuzoriyalarda yadro va kanyugatsiya
Yadro infuzoriyalarda 2 katta yadro - makronukleus va kichik yadrolar - mikronukleuslardan iborat, Tufelkaning bittadan katta va kichik yadrosi bor, ular ikkalasi ham tanasining o'rtasida joylashgan. Infuzoriyalar makronukleusi har xil shaklda: yumaloq, loviyasimon (tufelka), taqasimon (suvoyka), zanjirsimon (kamaycha) bo'ladi. Ko'pchilik infuzoriyalar makronukleusi xromatin (DNK)ga boy poliploidli bo'ladi. Makronukleus xromosomalari replikatsiya (sonini ikki marta oshib ketishi) xususiyatiga ega. Makronukleusning DNKsi mikronukleusnikiga nisbatan bir necha o'nlab; hatto ming marta ko'p bo'ladi. Makronukleusning poliploidligi evolyutsiya jarayonida kelib chiqqan bo'lib, odatda bir muncha murakkab tuzilgan turlar uchun xos. Sodda tuzilgan infuzoriyalaming makronukleusi poliploidlik xususiyatiga ega emas. Poliploidlik yadro funksiyasining kuchayishi bilan bog'liq bo'ladi. Makronukleus - vegetativ yadro, unda DNK matritsasi (nusxasi) bo'yicha informatsion va boshqa RNKlar sintez qilinadi. Sitoplazma ribosomalarida RNK yordamida oqsil sintezlanadi. Mikronukleus yumaloq yoki tuxumga o'xshash bo'ladi. Mikronukleuslar poliploid emas, unda RNK sintez bo'lmaydi, lekin mikronukleuslar xromosomalari replikatsiya (ikki barobar oshish) xususiyatiga ega bo‘ladi. Mikronukleus xromosomalari irsiy belgilami tashuvchi substrat hisoblanadi.
Infuzoriyalam ing ko'p marta jinssiz ko'payishdan so'ng kon’yugatsiya boshlanadi. Kon’yugatsiyada ikkita infuzoriya qorin tomoni bilan bir-biriga yaqinlashadi. Ayrim infuzoriyalar kon’yugatsiyasida pellikulaning tegib turgan joyi eriydi va ikki kon’yugant o'rtasida sitoplazmatik ko'prikcha hosil bo'ladi (22-rasm). Boshqa infuzoriyalarda esa bunday ko'prikcha hosil bo'lmaydi. Kon’yugatsiya davomida makronukleus yemirilib, sitoplazmaga so'riladi. Mikronukleuslar 2 marta meyoz bo'linishi natijasida4 ta gaploid xromosomali yadrolar hosil bo'ladi. Ulardan uchtasi yemirilib, sitoplazmaga singib ketadi; to'rtinchisi yana bo'linib jinsiy yadrolar-pronukleuslarni hosil qiladi. Pronukleuslardan biri, harakatchan (migratsion) bo'lib urug' hujayraga, ikkinchisi statsionar (harakatsiz) bo'lib, tuxum hujayraga to'g'ri keladi. Bir kon’yugantning ko 'chma pronukleusi ikkinchi konyugantga о 'tib, uning statsionar yadrosi bilan qo'shiladi, ya’ni infuzoriyalar harakatchan yadrolar bilan almashinishadi. Buning natijasida kon’yugatsiya oxiridahar qaysi infuzoriyada diploid xromosomali bitta yadro sinkarionga ega bo'lib qoladi. Shundan so'ng infuzoriyalar ajralib ketadi; ulaming yadrolari qaytadan tiklanadi. Buning uchun uning sinkarioni bir necha marta bo'linadi. Ulaming bir qismidan mikronukleus, qolgan qismlaridan makronukleus hosil bo‘ladi. Makromolekulalaming ko‘p marta replikatsiyasi natijasida uning DNK tarkibi ortadi vapoliploidbo‘lib qoladi. Shundan so‘ng infuzoriyalar jinssiz ko ‘payishga kirishadi. Shunday qilib, kon’ yugatsiy a natijasida infuzoriyalaming soni ortmaydi, ya’ ni hech qanday ko'payish bo‘lmaydi. Shunday bo‘lsa-da kon’yugatsiya infuzoriyalar hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Chunki bu jarayonda birinchidan, har qanday jinsiy ko‘payishda bo‘lganidek, bir organizmdan ikki (ota va ona) organizmlarining irsiy belgilari mujassamlashuvi natijasida naslning yashovchanligi ortadi. Ikkinchidan, kon’yugatsiya natijasida; eski makronukleus yemirilib, yangisi hosil bo‘ladi. Bu bilan makronukleus yosharib, uning eskirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki makronukleus infuzoriya tanasidagi barcha asosiy hayot jarayonlarini, xususan sitoplazmaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan oqsillar sintezini boshqarib turadi. Shu sababli ko'pchilik infuzoriyalar faqat jinssiz ko‘payish bilan uzoq yashay olmaydi, ular jinsiy ko'payish orqali yadrosini yangilab turishi kerak.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling