Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
). Afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchisi - Tripanosoma gambiense
Download 44.94 Kb.
|
asosiy zoologiyaaaa
1). Afrika uyqu kasalligining qo‘zg‘atuvchisi - Tripanosoma gambiense;
2). Chagas kasalligining qo‘zg‘atuvchisi — Tripanosoma cruzi; 3). Uyqu kasalligining rodeziya shaklini keltirib chiqaradigan Tripanosoma rhodesiense va boshqalar. Trypanosoma gambiense — Afrikada tarqalgan juda ogMr «uyqu kasalligi» deb atalgan xastalikni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. XX asrning birinchi yarmida bir milliondan ortiq kishi shu kasallikdan halok boMgan. Kasallik tana haroratining koctarilishi bilan boshlanadi, so‘ngra asta-sekinlik bilan markaziy nerv sistemasining qattiq shikastlanishi kuzatiladi. Bemorda uxlab qolish va aksincha, uxlay olmaslik hollari kuzatiladi. Kasallik o ‘z vaqtida davolanmasa, o'limga olib kelishi mumkin. Parazitlar bemorlaming qoniga, limfa bezlariga, keyinchalik esa orqa miya suyuqligiga o ‘tadi. Trypanosoma gambienseni antilopalar qonida kocplab uchratish mumkin. Bu hayvonni kasallikka chidamli bo'lganligi uchun uni tabiatda tripanosomalami o‘zlarida saqlovchi rezervuar deb hisoblash mumkin. Demak, Afrika uyqu kasalligining tabiiy manbai antilopalar hisoblanadi, tarqatuvchisi esa se-se pashshasidir (Glossina palpalis). Kasallik faqat shu qon so‘ruvchi pashshalar tarqalgan hududlarda uchraydi. Pashsha odam qonini so'rganda unga kasallikni yuqtiradi. Pashshalar ichagida parazitlar bo‘yiga bo‘linib, jinssiz ko‘payadi. Trypanosoma gambiense shuningdek, qoramollarda, cho‘chqa, it va yow oyi sutemizuvchilarda ham uchraydi. Ushbu tripanosoma 1962-yilda G'arbiy Afrikada D. Datton tomonidan aniqlangan, uning rivojlanishini D. Bryus o‘rgangan. Kasallik odamlarda juda og‘ir kechadi va uzoq davom etadi, davolanmagan taqdirda kishilaming o‘limiga sabab bo‘ladi. Lotin Amerikasi mamlakatlarida xavfli chagas kasalligining qo‘zg ‘atuvchisi - Tripanosoma cruzi keng tarqalgan. Morfologik jihatdan Afrika uyqu kasalligini qo‘zg‘atuvchisidan farq qilmaydi. Lekin Tripanosoma cruzi, joylashish joyiga qarab, shakli har xil bo‘ladi. Chagas kasalligining tarqatuvchisi qon so'radigan Triatoma infes-tans qandalasidir. Tripanosomalar qandalaning orqa ichagida yashaydi va 5-15 kun davomida taraqqiy etadi. Parazitlami o ‘ziga bir marta yuqtirgan qandala butun umri davomida (2 yildan ortiq umr ko'radi) o‘zida tripanosomalami saqlaydi va odam uchun xavfli hisoblanadi.Odatda, parazitlar odamga teri va shilimshiq qatlamlaming har xil yoriqlari, jarohatlar orqali faol yo‘l bilan o'tadi. Triatom qandalalari odamga, asosan, kechasi uxlab yotganida hujum qilib, lab, ko‘z va burunning shilimshiq qatlamlaridan qon so‘rib oziqlanadi. Ovqatlangan joyiga ko'pincha tripanosomalar bilan ifloslangan axlatini chiqazadi va shikastlangan teri orqali tripanosomalar juda osonlik bilan odamga o'tadi. Ular teri va shilimshiq pardalaming hujayralarida bir-ikki hafta yashab, ko'paya boshlaydi. So‘ng parazitlik qilayotgan hujayralardan chiqib, qon tomirlarga o'tadi va butun organizmga tarqaladi. Shu davrda odamning tana harorati ko‘tariladi, parazitlar yurak, nerv, hazm sistemasi va retukulo-endotelial organlarmng hujayralariga o ‘tib, u yerda yashab qoladi. Kasallikning belgilariga tana haroratining ko‘tarilishi, jigar va taloqning kattalashishi, ichak faoliyatining buzilishi kabilar kiradi. Keyinchalik, ularga meningo-ensefalit va miokardit qo‘shilishi mumkin. Besh yoshgacha bo'lgan bolalarda chagas kasalligi juda og‘ir o'tib, o‘limga olib kelishi mumkin. Ayrim ma’lumotlar bo‘yicha 14 % gacha bemorlar ushbu kasallikdan o'ladi. Leyshm aniya (Leishmania) urug‘ining vakillari ham tripanosomalarga birmuncha o exshash tuzilgan, lekin ular odamning terisi va ichki organlarida parazitlik qiladi. Leyshmaniyalar leyshmanioz kasalligini chaqiruvchi ikki xo‘jayin ishtirokida rivojlanuvchi parazit xivchinlilardir. Ular odamlarda, shuningdek, itlarda, bo‘ri va chiyabo'rilarda, mushuklarda, kalamush va yumronqoziqlarda uchraydi va ularga qon so6ruvchi ikki qanotli hasharotlar - iskabtopar chivinlar (Phlebotomus avlodi) orqali yuqadi. Umurtqalilar qonida leyshmaniyalaming xivchinsiz 2-6 mikron uzunlikdagi duksimon shakli uchraydi. archa leyshmaniyalar dermatotrop (terida yashovchi) va vistserotrop (ichki organlarda yashovchi) guruhlarga bo'linadi. Shunga ko‘ra ular odamlarda va boshqa sutemizuvchilarda teri va ichki leyshmanioz kasalliklarini chaqiradi. Teri leyshmaniozini qo‘zg‘atuvchi leyshmaniyalarga Leishmania tropica va L. mayorlami misol keltirish mumkin. Har ikkala tur leyshmaniyalar Markaziy Osiyo davlatlarida tarqalgan. 0 ‘zbekistonda esa ularning birinchi turi yo‘qotilgan, ikkinchi turi esa juda kam holatlarda uchrab turadi. Teri leyshmaniozi qoczg‘atuvchilari 0 ‘zbekistonda XX asrning 50-60 - yillarida keng tarqalgan boMgan. Ular oqibatida terida pendin yaralari hosil boMadi, yaralar tuzalgach, ularning o‘rni abadiy chandiq boMib qoladi. Shu belgiga qarab odamlarning teri leyshmanioziga uchraganini aniqlash mumkin. Tabiatda leyshmaniyalami yow oyi kemiruvchilarda saqlanib yurishini 1939-yil akad. Ye. N.Pavlovskiy qoraqumga qilgan ekspeditsiyasida aniqlagan va unga ko‘ra parazitlami tabiiy o 4choqlari to‘g‘risida ilmiy nazariya yaratgan. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Bu parazitlar nihoyatda kichkina (3-7 mkm), ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bo'ladi. Tropik leyshmaniya (Leishmania tropica0 yuz, qo'l va oyoqlar terisida parazitlik qiladi (5-rasm). Teri leyshmaniozining qo‘zg‘atuvchisini rus shifokori P.F. Borovskiy birinchi marta 1882-yilda Toshkentda aniqlagan. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo va Kavkaz ortida keng tarqalgan. Parazit teri hujayralarida yashaydi va terida yaralar hosil qiladi. Kasallikning bir yil va undan ortiqroqqa cho‘ziladigan shahar yoki surunkali shakli (Ashxobod yarasi) va 3-6 oy davom etadigan o‘tkir shakli (penda yarasi) tafovut qilinadi. Teri leyshmaniozi Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasida yomon yara, sharq kuydirgisi yoki pashshaxo‘rda nomi bilan ham ma'lum. Morfologik jihatdan leyshmaniyalar ikki xil shaklda: hujayra ichida tashuvchilarining tanasida - xivchinsiz hamda sun’iy usulda o‘stirilganda xivchinli ko‘rinishda yashaydi. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling