Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi
Foraminiferalaming ko'pchilik turlari murakkab siklda jinssiz va jinsiy avlodlarining almashinuvi orqali ko 'payadi
Download 44.94 Kb.
|
asosiy zoologiyaaaa
Foraminiferalaming ko'pchilik turlari murakkab siklda jinssiz va jinsiy avlodlarining almashinuvi orqali ko 'payadi.
Ko'p kamerali elfidium (Elphidium spora)ning jinssiz ko'payishi yadrosining bir necha marta ketma-ket bo'linishi bilan boshlanadi. Yadrosi bir necha o'ndan yuzgacha bo'laklarga ajraladi. Har qaysi yadro bo'lagi sitoplazma bilan o'ralgach, ko‘p sonli amyobasimon yosh individlar hosil bo'ladi. Yosh inlividlar chig'anoqdan tashqariga chiqqandan so'ng har qaysi murtak atrofiga bir kamerali dastlabki murtak (embrion) chig'anoq hosil bo'ladi. Shundan keyin murtak chig'anoq og'izchasidan vaqti-vaqti bilan biroz sitoplazma ajratib chiqarib turadi; bo'lakchalar atrofida esa yangi chig'anoq kameralari hosil bo'ladi. Ana shu yo'l bilan ko'p kamerali chig'anoqli jinssiz avlod hosil bo'ladi. Ko'p marta bo'linish orqali bitta organizmdan birdaniga bir necha individlarning hosil bo'lishi shizogoniya deyiladi. Jinsiy ko'payish jinssiz nasi yadrosining bir necha mingta juda mayda bo'laklarga bo'linishi bilan boshlanadi Har qaysi bo'lakcha sitoplazma bilan о ‘ralib, juda ko'p hujayralar hosil bo'ladi. Ikki xivchinli bu hujayralar gametalar deb ataladi. Ular chig'anoqdan chiqib, juft-juft bo'lib qo'shilishadi va zigota hosil qiladi. Zigota atrofiga murtak chig'anoq hosil bo'ladi. Chig'anoqning keyingi kameralari ham xuddi jinsfiz avlod kameralari singari hosil bo'ladi. Jinsiy avlodning birjnchi kamerasi jinssiz avlod kamerasiga nisbatan kichik bo'lganidan 'mikrosferik avlod, jinssiz nasi esa %akrosferik avlod deb ataladi. Foraminiferalaming zigotasi va undan rivojlanib chiqqan mikrosferik nasi diploid xromosomali bo'lib, аgamont deb ataladi. Agamont yadrosi ikki marta reduksion bo ‘linish (meyoz) orqali gaploid xromosomali yadroga ega bo‘lgai^agJthietalarni hosil qiladi. Agametalardan gaploid xromosomali gamontlar, ulardan esa judako'p gaploid xromosomali garnetalar hosil boiadi. Gametalaming qo‘shilishidan keyin hosil boigan mikrosferik nasi (agamont) diploid xromosomalik boiadi. Shunday qilib foraminiferalamingko‘payish sikli jinssiz (agametalar orqali) va jinsiy (gametalar orqali) ko‘payish hamda agamont (jinssiz ko'payadigan) va agamont (jinsiy ko‘payadigan) avlodlaiining gallanib turishidan iborat. Shu bilan birga bu siklda diploid va gaploid fazalar ham gallanib turadi. Bu bilan foraminiferalar boshqa hayvonlardan keskin farq qiladi. Chunki hayvonlar dunyosida reduksion boiinish (meyoz) odatda jinsiy hujayralar hosil bo iishi oldidan sodir bo iadi. Gaploid (gametofit) va diploid (sporofit) fazalaming gallanishi o'simliklar dunyosida keng tarqalgan. Bu xodisa tuzilishiga ko‘ra bir-biridan uzoq boigan organizmlaming konvergent taraqqiy etishiga yaxshi misol bo'la oladi. Download 44.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling