Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


‘simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi


Download 44.94 Kb.
bet8/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

0 ‘simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina) kenja sinfi

Bu kenja sinfga kiruvchi bir hujayralilarning ko‘pchiligi yashil rangli bo'lib, yorug'lik ta’sirida fotosintez qilish xususiyatiga ega. Ularning tanasi duksimon, silindrsimon, sharsimon va boshqa shaklda bo ‘Iishi mumkin. Tanasi tashqi tomondan kletchatka yoki unga yaqin boigan pellikula qobiq bilan qoplangan. 0 ‘simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlar soni 1 -2 tadan bir necha yuztagacha, hatto mingtagacha bo'lishi mumkin. Odatda tananing xivchin joylashgan tomoni oldingi qutb hisoblanadi. Xivchinlar soni juda ko‘p boiganida ular tana yuzasida bir tekis joylashadi. Xivchinlaming uzunligi ham har xil bo'ladi; ba’zan tana uzunligidan ham oshadi. Xivchinlar suyuq muhitga parmaga o'xshab buralib kirishi natijasida oldingi tomoni bilan suzib ketadi. Ko‘pchilik turlaridayorug'likni sezishga yordam beradigan qizil dog‘ ko‘zchasi - stigma ham bo'ladi. Yashil xivchinlilar tanasidagi xlorofill saqlovchi xromatoforlarning tuzilishi o'simliklardagi xloroplastlarga o'xshash bo'ladi. Xromotoforlar plastinka yoki donga o'xshash bo'lib, ular har bir hujayrada 1-2 ta yoki juda ko‘p bo'lishi mumkin. Yashil xivchinlilar ham o'simliklar singari muhitdan karbonat angidrid va suv bilan birga mineral tuzlar, xususan, azot va fosforni o‘zlashtirishi hisobiga organik moddalarni sintez qiladi. Yorug‘lik energiyasi hisobiga oziqlanish avtotrof ya’ni golofit deyiladi. Ayrim avtotrof xivchinlilar qorong‘i joyga tushib qolganida yoki muhitda erigan organik moddalar ko‘p bo'lganida yashil rangini yo'qotib, saprofit oziqlanishga o'tishi mumkin. Ba’zi bir evglenasimonlar birdaniga ikki xil avtotrof (fotosintez) va geterotrof (saprofit) oziqlanish xususiyatiga ega. Bu xildagi aralash oziqlanish miksotrof deyiladi. Ayrim о ‘simliksimon xivchinlilar xlorofil tamoman yo‘qotib, organik moddalarga boy bo'lgan muhitda yashashga moslashgan. Yashil xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki unga o'xshaydigan karbonsuvlar (masalan, paramila) sintez qiladi. Ularning sitoplazmasida kraxmal va unga o'xshash bo'lgan paramila to'planadi. Chuchuk suvlarda hayot kechiradigan xivchinlilarda osmoregulyatsiya va ayirish vazifasini qisqaruvchi vakuollar bajaradi. Dengizlarda yashovchi va parazit turlarida qisqaruvchi vakuollar bo 'lmaydi. Ko'pchilik xivchinlilar faqat ikkiga bo'linish orqali jinssiz ko'payadi, bunda dastlab yadro mitoz usulda bo'linadi, so'ng tanasi oldingi tomondan orqaga qarab asta-sekin bo'linadi. Xivchini esa yosh hujayralardan biriga o'tadi; ikkinchisida esa yangidan hosil bo'ladi. Boshqa hollarda bo 'linayotgan hujayraning xivchini tushib ketib, yosh hujayralarda yangidan hosil bo'lishi mumkin. Bir qancha hollarda hayvonlar sista davrida ham ko'payadi. Bu vaqtda ular xivchinini tashlab, yumaloqlanadi va tana sirtiga pishiq qobiq ishlab chiqarib, sista hosil qiladi. Sista ichida hayvon tanasi bir necha marta ketma-ket bo'linadi. Hayvon tanasi o'smasdan bo'linganidan juda kichik hujayralar hosil bo'ladi. Hujayralami shu usulda yiriklashmasdan ketma-ket bo'linishi palintomiya deyiladi. Palintomiya ko'p hujayralilar tuxum hujayralarining maydalanishiga o'xshab ketadi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling