Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Download 44.94 Kb.
bet14/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Zoologik sistematika
Biologiya fanida o'zaro o'xshashligi va qarindoshligiga asoslangan holda organizmlami alohida gumhlar- taksonlarga ajratib o'rganiladi. Hayvonlami taksonlarga ajratish bilan sistematika fani shug'ullanadi. Hayvonlar sistematikasida asosiy taksonlar tip, sinf, turkum, oila, avlod va turdan iborat. Ular orasida tur eng kichik, tip esa eng yirik takson hisoblanadi. Bitta turga kiruvchi hayvonlaming tuzilishi va hayot kechirish tarzi o'xshash bo'lib, umumiy arealni egallaydi. Muayyan tur o'zining morfologik, fiziologik, ekologik va irsiy xususiyatlari bilan boshqa turlardan farq qiladi. Bir turning individlari bir-biri bilan erkin chatishadi va ulaming nasli serpusht bo'ladi. Bir qancha umumiy belgilari bilan bir-biriga o'xshash bo'lgan turlar bitta avlodga birlashtiriladi. Avlodlar o'z navbatida oilalarga va oilalar turkumlarga, turkumlar sinflarga, sinflar tiplarga birlashtiriladi. Tirik mavjudotlaming xilma-xilligi sistematikaga yana bir qancha qo'shimcha tushunchalar kiritishni taqozo etadi. Chunonchi, barcha tiplar bitta hay vonot dunyosiga kiritiladi. Hay vonot dunyosi bir hujayralilar va ko'p hujayralilar kenja dunyolariga ajratiladi. Hayvonot dunyosining o'zi ham prokariotlar, zamburug'lar va o'simliklar dunyolari bilan birga organik olam, ya’ni tirik mavjudotlar olamini tashkil etadi. Bulardan tashqari turli taksonlar uchun oraliq taksonlar ham kiritilgan. Ular takson nomidan oldin “katta”, takson nomidan so'ng “kenja” so'zlarini qo'shib ishlatiladi. Masalan, kenja avlod, katta avlod, kenja oila, katta oila, kenja turkum, kenja sinf, katta sinf, kenja tip, kenja tur kabi iboralardan foydalaniladi. Turlaming nomi K. Linney taklif etgan nomenklaturaga binoan lotin imlosida ikkita nom bilan ifodalanadi. Ulardan birinchisi-avlod nomi bosh harf bilan, ikkmchisi-turning nomi kichik harf bilan yoziladi. Turlar kishilar familiyasi bilan ataladigan bo‘Isa, erkak kishi familiyasidan keyin “i”, ayol kishi familiyasidan keyin “ye” qo'shimchasi (masalan, ivanovi yoki ivanovae deb) yoziladi. Tur nomidan keyin esa uni birinchi bo‘lib ta’riflagan muallifning familiyasi keltiriladi. Odatda muallifning nomi qisqartirib beriladi. Masalan, Muscadomestica L. - uy pashshasining lotincha nomi, L. esa turning muallifi Linney ekanligini bildiradi. Turdan yuqori taksonlar nomi faqat bitta so‘z bilan ifodalanadi. Masalan, Musca - pashshalar urugi, Muscidae -chivinlar oilasi, Diptera - ikki qanotlilar turkumi, Jnsecta - hasharotlar sinfi va hakoza. Tekshirilayotgan hayvonning avlodi ma’lum, lekin turi aniqlanmagan bo‘lsa, avlodningnomidan so'ng sp. (species-tur) debyozilibqo‘yiladi. Agar tur yetarli ta’riflangan bo'lmasa avlod va tur orasiga “c f A jf’ yoki “yex. Gr” deb yozib qo'yiladi. “Cf-confonnis” (o'xshash) so'zidan qisqartirib olingan bo'lib, kolleksiyayomon saqlanganligi uchun tumi aniqlab bo'lmasligini, “aff'-offinis" (o'xshash) tasvirlangan turning aniq bo'lmasligini, uni boshqabiron turga yaqinligini ko'rsatadi. “Yex, gr” belgisi “yex. Grege” so'zidan olingan bo'lib, tekshirilayotgan ob’ekt biron guruhga mansub ekanligini ko'rsatadi. Agar tekshirilayotgan tumi aniqlash qiyin bo'Isa, “sp” belgisidan keyin “indet” (indeterminata - aniqlanmaydigan) yozib qo'yiladi. Tekshirilayotgan hayvon shu avlodga kiruvchi barcha turlardan farq qilsa avlod nomidan keyin “sp.n.” (species nova - yangi tur) belgisi yoziladi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling