Bir hujayralilar kenja dunyosi sistematikasi


Bo'shliqichlilar tipi. Ikki qavatlilik


Download 44.94 Kb.
bet27/31
Sana14.12.2022
Hajmi44.94 Kb.
#1006500
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
asosiy zoologiyaaaa

Bo'shliqichlilar tipi. Ikki qavatlilik
Bo'shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko'pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O'troq, erkin, yakka xolda yoki koloniya bo'lib yashaydi. Tanasi radial o'qli simmetriyaga ega. Tanasi orqali bitta asosiy o'q o'tkaziladigan bo'lsa, tana organlari ana shu o'q atrofidagi radial nurlar bo'ylab joylashadi. Radial simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog'liq. Organlar soniga binoan hayvonlar 2 ,4 ,6 ,8 yoki undan ko'proq simmetriya yuzasiga ega bo'lishi mumkin. Biologik nuqtai-nazardan nurli simmetriyaning kelib chiqishi о ‘troq yoki suv tubiga yopishib yashash bilan bog'liq. Bunda hayvonlar tanasining bir qutbi odatda yopishish uchun xizmat qiladi; ikkinchi qaramaqarshi qutbi erkin bo'lib, unda og'iz teshigi joylashgan. Og'iz teshigi atrof muhitga nisbatan bir xil sharoitda boiganligi (masalan o'ljani ushlash nuqtai-nazardan) tufayli ko'pchilik organlar bir xil rivojlanish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bo 'shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning tanasida faqat ikki qavat, ya’ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo 'ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi. Ular tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi bo'sh qopga o'xshatish mumkin. Og'zi bir necha paypaslagichlar bilan o'ralgan. Ozig'i tana bo'shligida hazm bo'ladi; hazm bolmagan oziq qoldig'i yana og'iz teshigi orqali chiqariladi. Embriologiya nuqtai-nazardan bo'shliqichlilar tanasini gastrulaga qiyoslash mumkin. Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo'shliqichlilar o'troq yashovchi poliplarga va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi.

Bo'shliqichlilarning ochuvchi tanachalari
Gidra tanasi bir necha xil hujayralardan tuzilgan. Ektoderma va endodermada silindrsimon yoki kubsimon epiteliy-muskul hujayralar ko'p bo'ladi. Ulaming bazal membranaga tegib turadigan dukka o'xshash cho'ziq tomonida muskul tolalari bor. Tolalar gidra tanasi bo'ylab joylashgan; ular qisqarganida gidra tanasi va paypaslagichlari tortiladi. Endodermada muskul tolalari tanaga ko'ndalang halqa shaklda joylashgan. Endoderma muskullari qisqarganida gidra tanasi ingichkalashib uzayadi. Epiteliy-muskul hujayralar orasida otuvchi hujayralar joylashgan. Otuvchi hujayralar uch xil bo'ladi. Pinetrantlar deb ataladigan otuvchi hujayralar ichida otuvchi kapsulasi bor. Kapsula suyuqligida orqaga biroz egilgan ilmoqchali mayda tukchalarga ega bo'lgan sanchiluvchi nayza -stilet bo'ladi. Otuvchi hujayra ustida maxsus sezgir tukcha - knidotsel joylashgan (34-rasm). Knidotsel 18 ta barmoqsimon o'simtalar - mikrovorsinkalar bilan о 'ralgan. О ija yoki dushman xivchinga tegib, ketganida xivchin mikrovorsinkalargategib otuvchi hujayrani qo'zg'atadi. Otuvchi kapsula otuvchi tolani otib chiqaradi. Tola hayvon tanasiga nayzaga o'xshab sanchiladi. Kapsula ichidagi suyuqlik tola ichidagi nay orqali o'lja tanasiga oqib o'tadi. Suyuqlik mayda hayvonlami falajlashi mumkin. Bir marta foydalanilgan otuvchi hujayra qayta tiklanmaydi; uning o ‘miga boshqasi hosil boiadi. Volventlar deb ataladigan boshqa bir xil otuvchi hujayralar suyuqligi kuydirish xususiyatiga ega. Ulaming ipi o'lja tanasidagi tuklarga o‘ralib qolib, uni ushlab turadi. Uchinchi guruh otuvchi hujayralar - glyutinantlar yopishqoq iplar chiqaradi. Bu iplar yordamida gidra harakatlanadi yoki o‘ljasini yopishtirib ushlab turadi. Otuvchi hujayralar paypaslagichlarda ayniqsa ko‘p bo'ladi.


Download 44.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling