Bir jinsli shaxslarning o’zaro oila qurishi


Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi


Download 23.8 Kb.
bet2/3
Sana13.04.2023
Hajmi23.8 Kb.
#1354503
1   2   3
Bog'liq
Essey Turdiboyev Zohidjon

Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi 16-moddasi 1-qismida ko’rsatilgan “Balog’atga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniga qarab biror-bir cheklashsiz nikohdan o’tish va oila qurish huquqiga egadirlar”1 bandini bir jinslilar nikohini qo’llovchilar asos sifatida keltiradilar. Lekin mazkur qonun moddasining 3-qismida “Oila jamiyatning ta’biiy va asosiy xujayrasidir hamda jamiyat, davlat tomonidan muhofaza etilishi huquqiga egadir” deyiladi. Ya’ni jamiyatning ta’biiy va asosiy xujayrasi bo’lishi uchun oila er-xotindan iborat bo’lishi kerak. Er-xotin rolini mutanosib ravishda erkak va ayol bajarishi zarur. Shunda oila jamiyatning ta’biiy asosi hisoblanadi.
Mavzu doirasida key study ko’rib o’tsak, ma’lumki Buyuk biritaniyaning hamma qismlarida ketma-ket 2014 yilga kelib bir jinslilar nikohiga ruhsat berilgan. Shimoliy Irlandiyada bu huquq 2020-yilda tatbiq etildi.
2019-yili Shimoliy Irlandiyaning Belfest shahrida Garet Li ismli shaxs bir jinslilar nikohini qo’llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan tadbirga tort buyurtma qilmoqchi bo’ladi. Buning uchun Ashers Baking company limited firmasiga murojaat qiladi. Tortda QueerSpace (LGBT ko’ngillilar tashkiloti) logosi va “Bir jinslilar nikohini qo’llang!” shiori yozilishi kerak edi.Ashers Baking firmasiga nasroniy diniga e’tiqod qiluvchi oila egalik qilib mazkur buyurtmadan xabar topgach, Garet Liga qo’ng’iroq qilib mazkur buyurtmani tayyorlab bera olmasliklarini, bu ularning diniy e’tiqodlariga zidligini tushuntirishadi va uzr so’rab oldindan to’langan to’lovni to’liq qaytarib berishadi.
Tadbir uchun tortni boshqa firma orqali tayyorlatishga ulgurgan bo’lsa ham Garet Li mazkur holatda huquqlari buzilganligi yuzasida hududiy sudga murojaat qiladi. Sudya Ashers Bakery firmasi Lining o'zi buyurtma qilgan tortni tayyorlash orqali uning qarashlarini qo'llab-quvvatlashi, targ'ib qilishi yoki ma'qullashi kutilmaganligini hisobga olib Li foydasiga qaror qildi va unga 500 funt sterling tovon puli undirildi.
Biroq, bu qaror ustidan shikoyat qilingan va keyinchalik Shimoliy Irlandiya apellyatsiya sudi tomonidan ko'rib chiqilgan. Apellyatsiya sudi Li foydasiga qarorni tasdiqladi va agar korxonalar diniy e'tiqodga asoslangan holda qaysi xizmatlarni taqdim etishni tanlash imkoniga ega bo'lsa, o'zboshimchalik bilan suiiste'mol qilish xavfini ta'kidladi.
Ayblanuvchilar apellyatsiya sudi qarori ustidan shikoyat qilgan, shuning uchun ish Oliy sudga yuborilgan. Bu safar qaror Buyuk Britaniya Oliy sudida bir ovozdan bekor qilindi. Oliy sud shirinliklar tayyorlovchi firma egalari arizachining jinsiy orientatsiyasidan kelib chiqib, tort ishlab chiqarishdan bosh tortmagan, balki ular tabiatan rozi bo‘lmagan xabarni targ‘ib qilishni istamagani uchun asosladi. Bundan tashqari, Oliy sud, hatto siyosiy fikrga ko'ra kamsitish sodir bo'lgan taqdirda ham, kamsitishga qarshi tegishli qonun hujjatlari novvoyxonalar egalaridan ular qat'iyan rozi bo'lmagan xabar bilan tort ishlab chiqarishni talab qiladigan tarzda o'qilmasligi kerak, deb hisobladi. Shunday qilib, Oliy sud oxir-oqibat Ashers Bakery egalari foydasiga qaror qildi.2

Download 23.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling