Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan


Download 202.69 Kb.
bet7/13
Sana19.06.2023
Hajmi202.69 Kb.
#1626092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Matluba kurs ishi

Masalalar yechish namunasi
1.Agar bola 1 soatda 360 kJ ish bajargan bo‘lsa, bola quvvatining foydali qismini toping.
B erilgan: Formula: Yechish:
A=360kJ=360000J =100W
t=1soat=3600s
Topish kerak:
N=? Javob: N=100W
Ushbu masalani yechishdan avval masala sharti bilan tanishib chiqiladi. Masala shartida berilgan qiymatlar va formulalar yozib olinadi. Masala shartiga mos bo‘lgan formula yozdamida noma’lum bo‘lgan kattalik hisoblab topiladi va masalaning yechilishi tekshiriladi.
2.Samolyot 900km/soat tezlik bilan uchmoqda. Motorining foydali quvvati 1,8 MW bo‘lsa, uning tortish kuchi qancha?
Berilgan: Formula: Yechish:
v=900km/soat=250m/s P=F F= =7200N
P=1,8MW=1800000W F=
Topish kerak:
F=? Javob: F=7200N
Ushbu masalani yechishdan avval masala sharti bilan tanishib chiqiladi. Masala shartida berilgan qiymatlar va formulalar yozib olinadi. Masala shartiga mos bo‘lgan formula yozdamida noma’lum bo‘lgan kattalik hisoblab topiladi va masalaning yechilishi tekshiriladi.
Mavzuga doir mustaqil yechish uchun savollar va masalalar:
1.Katta kran 10 t g‘ishtni , kichik kran esa 2 t g‘ishtni 30 m balandlikka 1minutda olib chiqdi. Har bir kran quvvatining foydali ish qismini toping.
2.Ot massasi 1 t bo‘lgan aravani 1 km masofaga 10 minutda olib bordi. Agar aravaning harakatiga qarshilik koeffitsiyenti 0,06 ga teng bo‘lsa, ot quvvatining foydali qismini toping.
3.Quvvat nima? U qanday birliklarda ifodalanadi?
4.Quvvat, kuch va tezlik orasidagi munosabat qanday ifodalanadi?
5.Avtomobil tepalikka chiqishda tortish kuchini oshirish uchun haydovchi nima qilishi kerak?
6.Ish va energiya joul (J) dan tashqari yana qanday birlikda o‘lchanadi?



    1. Mexnik ish va quvvat” mavzusi bo‘yicha grafikli masalalar yechish metodikasi

Grafik masalalarning umumta’lim va politexnik ahamiyati kattadir. Grafik masalalarni echish jarayonida o‘quvchilar fizika fani asoslarini chuqur o‘zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni echish jarayonida hamda uy vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida o‘quvchilar fizika va matematika fanlarining o‘zaro bog‘liqliklarini amalda ko‘radilar.Grafik masalalar ham, o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Fizika kursining barcha bo‘limlarida amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan grafik masalalar bor. Eng sodda holda ikkita fizik kattaliklarning (P,V; P,T; V,T) bog‘lanish grafiklaridan iborat bo‘lgan masalalar grafik masalalar deyiladi. Grafik ba’zi hollarda masalaning shartida beriladi, ba’zi hollarda grafiklarni masala shartiga tayanib olingan natijalar asosida yasash kerak bo‘ladi. Grafik masalalarni echishning algoritmi quyidagicha: fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanish grafigi berilgan bo‘lsa, grafikni sinchiklab o‘qib tushunib, alohida qismdagi bog‘lanishning xarakterini o‘rganish lozim. Chizmadagi masshtabdan foydalanib, grafikdan izlanayotgan kattaliklarning absissa va ordinata o‘qlaridagi qiymatlarini topish kerak. Bog‘lanish grafigi berilmagan hollarda masalaning shartiga yoki masaladan olingan natijaga ko‘ra grafik yasaladi. Buning uchun koordinata o‘qlari chiziladi, ularda har bir fizik kattalikka mos keluvchi ma’lum masshtablar tanlanadi, kerak bo‘lsa jadvallar tuziladi, shundan keyin koordinata o‘qlari joylashgan tekislikka tegishli absissa va ordinata o‘qlariga mos nuqtalar qo‘yiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib, fizik kattaliklar orasidagi bog‘lanish grafigi yasaladi va uni tahlil qilib xulosalar chiqariladi.

Download 202.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling