Bir necha asrlar davomida aniq va tabiiy fanlar O‘zbekiston zaminida keng rivojlanib, O‘rta Osiyo hududi dunyo intellektual markazi bo‘lib kelgan


I BOB. “MEXANIK ISH VA QUVVAT” MAVZUSI BO‘YICHA MASALALAR YECHISH METODIKASI


Download 202.69 Kb.
bet2/13
Sana19.06.2023
Hajmi202.69 Kb.
#1626092
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Matluba kurs ishi

I BOB. “MEXANIK ISH VA QUVVAT” MAVZUSI BO‘YICHA MASALALAR YECHISH METODIKASI

    1. Matinli masalalar yechish metodikasi.

Fizikadan masalalar to‘plamlarida berilgan hamma masalalarni turli asoslarga ko‘ra klassifikatsiyalanadi. Masalan, masalalarning murakkablik darajasiga ko‘ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko‘rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo‘lgan holat tavsiflangan masalalar, o‘quvchilar yangi bilimlar olish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan masalalardir.
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektrga doir vahakozo bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko‘pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo‘limlaridagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek, politexnik mazmunga ega bo‘lgan, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan masalalarga klassifikatsiyalanadi.
Yechish usullariga ko‘ra masalalar: sifat, eksperimental, grafik va ijodiy masalalarga bo‘linadi. Bunday bo‘linishham shartlidir, chunki eksperimental masalalarni echishda ham og‘zaki mulohazalardan ham, grafikdan ham, hisoblash ishlaridan ham foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har biri mazmun va murakkablik jihatidan xilma-xildir. Bu masalalarning yechimlari aniq bir maqsadga qaratilgan bo‘lib, yechilish usullariga ega.
FIZIKA FANIDA MASALALAR YECHISH USLUBI
Masalalar yechish - ilmiy bilimlar va tushunchalar sistemasini egallash vositalaridan biridir. Bilim va amaliy xarakterdagi o‘quv va malakalarni egallashda masalalar yechish jarayonining roli juda kattadir. "Masala" tushunchasining ma’nosi juda xilma-xildir. Shulardan ayrimlari quyidagilardan iborat :
1) erishilishi kerak bo‘lgan maqsad ;
2) eksperimental topshiriq;
3) ma’lum bilim va fikrlar asosida yechishni talab qiladigan savol ;
4) o‘qitishning va bilim hamda amaliy o‘quvlarni tekshirish usullaridan biri:
Masalalar amaliy va o‘quv masalalariga ajraladi. O‘quv masalalari o‘quv faoliyatining asosini tashkil qiladi. Amaliy masalalar amalga oshirilganda esa masala yechish jarayoni qatnashadi, chunki u bevosita natija, ya’ni maxsulot bo‘libhisoblanadi. O‘quv jarayonida fizik masala deb, odatda unchalik katta bo‘lmagan biror konkret muammoga aytiladi. Bunday masalalar mantiqiy fikr yuritish, matematik amallarni bajarishni va fizikaning qonunlaridan hamda uslublaridan foydalanib, eksperiment o‘tkazish asosida yechiladi.
"Masalani yechish" deyilganda, biror konkret masalani yechishni tahlil qilish va yechishning asosiy bosqichlarini ajratish jarayonida ayrim usullarni ishlab chiqish tushuniladi.

Download 202.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling