Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 470.86 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi470.86 Kb.
#1590965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.

Rezbani tayyorlash usullari.
1. Metchik yoki plashkalar yordamida rezba kesish. Bu usul kichik ishlab chiqarish uchun xos. Rezba individual ishlab chiqarish va ta’mirlash ishlarida qo’llaniladi.
2. Tokarlik vint kesuvchi dastgohlarda rezba kesish.
3. Maxsus rezba kesuvchi dastgohlarda rezba kesish. Rezba aniqligiga yuqori talab qo’yilgan katta diametrli vintlarni kesish uchun qo’llaniladi (harakat va yuk tashish vintlari, vallardagi rezbalar).
4. Maxsus rezba nakatlovchi avtomat dastgohlarda nakatkalash orqali rezba kesish. Ushbu yuqori unumdorli va arzon usul bilan ko’pchilik standart mahkamlovchi detallar rezbalari tayyorlanadi (boltlar, vintlar). Nakatkalash rezbali detalni puxtalaydi.
5. Detallarda shisha, plastmassa, metallokeramika kabilardan eritib rezba tayyorlash.
6. Jez, plastmassa kabi shtamplangan buyumlarning yupqa devorlarida bosim ostida rezba hosil qilish.
Rezbaning geometrik ko’rsatkichlari. Silindrsimon rezbaning asosiy handasaviy ko’rsatkichlari quyidagilardir (2.3-rasm):

2.3-rasm. Metrik rezbaning asosiy geometrik ko’rsatkichlari
d-rezbaning tashqi diametri;
d1-ichki diametri;
d2-rezbaning o’rta diametri;
r-rezba qadami (o’q yo’nalishida ikkita qo’shni o’ramlarning bir xil tomonlari orasidagi masofa);
r1-rezba yo’li (o’q yo’nalishida bitta o’ramning bir xil tomonlari orasidagi masofa; bir kirimli rezbalarda r=r1 ko’p kirimli rezbalarda r1 =n∙r; bu erda: n-kirimlar soni);
α -rezbaning profil burchagi;
-rezbaning ko’tarilish burchagi (2.4-rasm);
.
Rezbaning barcha geometrik parametrlari va ularning o’lchamlariga qo’yimlar standartlashtirilgan.

2.4-rasm. Rezbaning ko’tarilish burchagini aniqlash sxemasi.
Rezbalarning asosiy turlari. Rezbalarning vazifasiga ko’ra mahkamlovchi va vintli mexanizmlar uchun rezbalarga bo’linadi.
Mahkamlovchi rezbalar: uchburchak profilli metrik rezba – asosiy mahkamlovchi rezba (2.3-rasm); profili uchburchakli, rezbasining uchi va tubi doirasimon bo’lgan quvur rezba (2.5-rasm, a); doiraviy rezba (2.5-rasm, b); yog’och uchun vint rezbasi (2.5-rasm, v).

2.5-rasm. Mahkamlovchi rezbalar.
Vintli mexanizmlar rezbasi: to’g’ri burchakli (2.6-rasm, a); trapesiyali simmetrik (2.5-rasm, b); trapesiyali nosimmetrik (2.5-rasm, v).

2.6-rasm. Vintli mexanizmlar rezbasi.

Rezba profilini tanlash. Rezba profili ko’p omillar orqali aniqlanadi, ulardan muhimlari: mustahkamlik, texnologiklik va rezbadagi ishqalanish kuchi. Shunday ekan, mahkamlovchi rezba yuqori mustahkamlikka va mahkamlovchi detallarni o’z-o’zidan buralib ketishidan saqlash uchun nisbatan katta ishqalanish kuchga ega bo’lishi kerak.


Vintli mexanizmlar rezbasi f.i.k. oshirish va yyeyilishni kamaytirish uchun kichik ishqalanish kuchili bo’lishi kerak.

Download 470.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling