Birikmalar. 2-mavzu. Rezbali birikmalar haqida umumiy ma’lumotlar


Download 470.86 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi470.86 Kb.
#1590965
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ajraladigan (rezbali, shponkali) birikmalarning hisobi.

Vintli juft nazariyasi
Gaykaga ko’yilgan moment va vint o’q bo’yicha yo’nalgan kuchi orasidagi bog’liqlik. Agar vint o’q bo’yicha yo’nalgan F kuch bilan yuklangan bo’lsa (2.11-rasm), unda gaykani burash uchun kalitga Tzav burovchi moment, vint sterjeniga esa sterjenni aylanib ketishidan saqlovchi reaktiv moment Tr qo’yilishi kerak. Bunda quyidagi ifoni keltirish mumkin,
, (2.1)
bu erda, TT – gaykaning yon tayanchidagi ishqalanish kuchi momenti; Tr – rezbadagi kuchlar momenti. Кeltirilgan tenglik boltlar, vintlar, shpilkalar va vintli mexanizmlarning istalgan vintli juftlari uchun o’rinlidir.

2.11-rasm. Vintli juftga qo’yilgan momentlar.
Xatoliklarni e’tiborga olgan holda, gaykaning yon tayanchidagi ishqalanish kuchlarining keltirilgan radiusini ushbu tayanchning o’rtacha radiusiga teng qilib qabul qilinadi yoki . Bunda,
, (2.2)
bu erda ; D1 – gaykaning yon tayanchining tashqi diametri; dteshteshik diametri; f – gayka yonidagi ishqalanish koeffisienti.
Rezbadagi kuchlar momentini aniqlaymiz, bunda gaykani qiya tekislikda rezba o’ramlari bo’yicha ko’tarilayotgan polzun sifatida qaraymiz (2.12-rasm). Mexanikaning taniqli teoremasi bo’yicha polzun muvozanatda joylashishi uchun tashqi kuchlar sistemasining Fn teng ta’sir etuvchisi n-n normaldan burchakka chetlangan bo’lishi kerak. Ushbu holatda F o’q bo’yicha yo’nalgan kuch va aylana kuchlar tashqi kuchlar hisoblanadi. Bu erda Tr – kalit tomonidan qo’yilgan aktiv moment bo’lib, Tzav-TT ga teng.
Shunda (2.12-rasm),
yoki , (2.3)
bu erda, - rezbaning ko’tarilish burchagi; - rezbadagi ishqalanish burchagi; -rezbadagi keltirilgan ishqalanish koeffisienti bo’lib, profil burchagining ta’sirini hisobga olinadi.

2.12-rasm. Vintli juftdagi momentlarni aniqlash sxemasi.
Momentlarning qiymatlarini (2.1) ga qo’yamiz va quyidagi bog’liqlikni olamiz,
. (2.3)
Gaykaning o’z-o’zidan buralib ketishida Ft aylana kuch va ishqalanish kuchi yo’nalishini o’zgartiradi. Bunda,
. (2.4)
Gayka yon tomonidagi ishqalanishni hisobga olgan holda o’z-o’zidan buralib ketish momenti,
. (2.5)
Olingan bog’lanishlar asosida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1. (2.3) formula bo’yicha vintning F o’q bo’yicha yo’nalgan kuchining kalit dastagiga qo’yilgan Fk kuchga nisbatini hisoblash mumkin, ya’ni . Standart metrik rezbalar uchun kalitning standart uzunligi va bo’lganda =70…80.
2. Vint sterjeni F kuch ta’sirida cho’zilishi bilan bir paytda Tr moment ostida buraladi.



Download 470.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling