Birinch tartibli oddiy differensial tenglamalarni taqriban yechimining giyometrik ifodasi


Absolyut xato (Абсолютная погрешность)


Download 65.85 Kb.
bet3/4
Sana18.12.2022
Hajmi65.85 Kb.
#1030216
1   2   3   4
Bog'liq
kampyuterni modellashtirish

Absolyut xato (Абсолютная погрешность) - Agar a - biror miqdorning aniq qiymati boʻlib, * a uning ma’lum taqribiy qiymati boʻlsa, u vaqtda taqribiy * a sonning absolyut xatosi deb * * a a  a ga aytiladi.
Algoritm (алгоритм) – ma’lum bir turkumdagi hamma masalalarni yechishda ishlatiladigan amallar tizimining muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida.
Algoritmik til (алгоритмический язык) – belgilar toʻplami va bu belgilardan algoritmlarni yozish uchun moʻljallangan til konstruksiyalarini tuzish va ifodalash qoidalari tizimi.
Amaliy dasturiy ta’minoti (прикладное программное обеспечение) – bu foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, operasion tizimlar imkoniyatlarini kengaytiruvchi paketlar, umumiy belgilanishdagi paketlar, avtomatik boshqarish tizimida ishlashga moʻljallangan paketlardan iborat.
Aniq usul (Точный метод) - Aniq usul deganda shunday metod tushuniladiki, uning yordamida chekli miqdordagi arifmetik amallarni aniq bajarish natijasida masalaning aniq yechimini topish mumkin.
Approksimatsiya xatoligi (Погрещность аппроксимации) – dastlabki hosila va uning chekli ayirmali analogi orasidagi farqning toʻr qadami nolga intilgandagi limiti.
Hisoblash xatosi (Вычислительная погрешность) - Masalalarni yechishda hisoblashni aniq olib bormaganligimiz natijasida ham xatoga yoʻl qoʻyamiz, bu xato hisoblash xatosi deyiladi.
Hosilalar approksimatsiyasi (Аппроксимация производных) – dastlabki differensial tenglamadagi xususiy hosilalarni chekli ayirmali munosabatlarga almashtirish.
Hosilaning chap approksimatsiyasi (Левая аппроксимация производной) – approksimatsiyani qurish uchun berilgan tugundan chap tomonda joylashgan, ya’ni koordinataning kichik qiymatiga mos keluvchi tugunlardan foydalaniladi.
Hosilaning markaziy approksimatsiyasi (Центральная аппроксимация производной) – approksimatsiyani qurish uchun berilgan tugunga nisbatan simmetrik joylashgan juft sondagi tugunlardan foydalaniladi.


Download 65.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling