Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet26/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


1891-modda. Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish

Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish, —



Oldingi tahrirga qarang.

zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1891-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 1301-moddasi.

190-modda. Fohishalik bilan shug‘ullanish

Fohishalik bilan shug‘ullanish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(190-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(190-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 131-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

191-modda. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda qonunga xilof ravishda ishtirok etish —



Oldingi tahrirga qarang.

ana shu o‘yinlar buyumlarini, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(191-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlikni ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarda ishtirok etishga jalb qilish —



Oldingi tahrirga qarang.

ana shu o‘yinlar buyumlarini, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(191-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish yoki o‘tkazish uchun telekommunikatsiya tarmoqlarida, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i provaydyerlari tomonidan xizmatlar ko‘rsatish yoki xizmatlar ko‘rsatishga ko‘maklashish, tegishli dasturiy ta’minotdan nusxa ko‘paytirish, uni ko‘paytirish, tarqatish —



Oldingi tahrirga qarang.

kompyuter va boshqa yordamchi vositalarni, shuningdek o‘yinga tikilgan hamda o‘yindagi yutuq bo‘lgan pullar, ashyolar va boshqa qimmatbaho buyumlarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(191-modda uchinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 278-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-martdagi PQ-608-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq noqonuniy faoliyatning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 16-avgustdagi 176-sonli “Qimor o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori.

192-modda. Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish

Tungi vaqtda — soat 23.00 dan 06.00 gacha — fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalish, tovush signallari berish, xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish, turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(192-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(192-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Turar joy binolarida, jamoat binolari va uy - joy qurilishi xududlarida ruxsat etiladigan shovqin me’yorlaridan oshmasligini ta’minlashga qo‘yiladigan sanitariya qoidalari va normalari (O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi B.I.Niyazmatov 2009-yil 19-iyun 0267-09-son).

Oldingi tahrirga qarang.

1921-modda. To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik

To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik, —

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

(1921-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi O‘RQ-612-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son — 2020-yil 19-iyundan kuchga kiradi)

XVI bob. BOShQARUVNING BELGILANGAN TARTIBIGA TAJOVUZ QILUVChI HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK

Oldingi tahrirga qarang.

193-modda. Deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish

(193-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat’i nazar korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan deputatlar hamda senatorlar oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaslik, ularning ishiga to‘sqinlik qilish, ularga ataylab soxta ma’lumot berish, deputatlik va senatorlik faoliyatining kafolatlarini buzish, xuddi shuningdek mansabdor shaxslar tomonidan parlament so‘rovini, deputat, senator so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish yoki ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoxud ular yuzasidan bila turib noto‘g‘ri ma’lumotlarni qasddan taqdim etish, —



(193-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)

Oldingi tahrirga qarang.

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(193-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 10-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

1931-modda. Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisini pora evaziga og‘dirib olish

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisiga mazkur xizmatchining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1931-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti;

to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning yoki fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs tushuniladi.

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 213-moddasi.

1932-modda. Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi

Davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xizmatchisining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda bajarishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni uni pora evaziga o‘ziga og‘dirib olayotgan shaxs manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo‘lishi, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1932-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Davlat ishtirokidagi tashkilot deganda:

ustav fondida davlat ulushi mavjud bo‘lgan tijorat tashkiloti;

to‘liq yoki qisman davlat organi yoki davlat tashkiloti tomonidan tashkil etilgan yoki ta’sis etilgan notijorat tashkiloti tushuniladi.

Davlat organining, davlat ishtirokidagi tashkilotning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining xizmatchisi deganda mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs tushuniladi.

(193va 1932-moddalar O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 214-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

1933-modda. Notarial harakatni amalga oshirishni qonunga xilof ravishda rad etish

Notarial harakatni amalga oshirishni qonunga xilof ravishda rad etish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1933-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Notariat to‘g‘risidagi Qonunining 38 — 39-moddalari.

Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling