Birinchi bo‘lim umumiy qoidalar I bob. Asosiy qoidalar 1-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari


Download 0.59 Mb.
bet28/46
Sana19.11.2020
Hajmi0.59 Mb.
#147374
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI


1982-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, ya’ni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar berganlik, ijro hujjatini yo‘qotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan to‘lovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor o‘zining yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida ma’lum qilmaganligi, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1982-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Oldingi tahrirga qarang.

1983-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1983-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(1983-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

199-modda. Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik

Oldingi tahrirga qarang.

Ichki ishlar organi, yong‘inga qarshi xizmat, tibbiy tez yordam va boshqa maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik —



(199-moddaning dispozitsiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)

Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(199-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

200-modda. O‘zboshimchalik

O‘zboshimchalik, ya’ni o‘zining haqiqiy yoki nazarda tutilgan huquqini fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlariga, davlat manfaatlari yoki jamoat manfaatlariga jiddiy zarar yoki ziyon keltirmagan holda o‘zboshimchalik bilan amalga oshirish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(200-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229-moddasi.

Oldingi tahrirga qarang.

2001-modda. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish

Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2001-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish qoidalari.

201-modda. Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish

Yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o‘tkazish tartibini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(201-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 217-moddasining birinchi qismi.

Oldingi tahrirga qarang.

Diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining sakson baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(201-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 217-moddasining ikkinchi qismi.

202-modda. Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar o‘tkazish uchun sharoitlar yaratish

Oldingi tahrirga qarang.

Ruxsat etilmagan yig‘ilishlar, mitinglar, ko‘cha yurishlari va namoyishlar qatnashchilariga binolar yoki boshqa mulk (aloqa vositalari, ko‘paytiradigan va boshqa xil texnik uskunalar, transport)ni berish yoki shunday tadbirlarni o‘tkazish uchun boshqa sharoitlarni yaratish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa bazaviy hisoblash miqdorining — yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(202-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Oldingi tahrirga qarang.

2021-modda. G‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalarning faoliyatida qatnashishga undash

O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(2021-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 2161-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasi, 5-moddasining uchinchioltinchi va yettinchi qismlari.

203-modda. Bayroqlar va vimpellardan g‘ayriqonuniy foydalanish, plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bayroqlar va vimpellardan jamoat joylarida foydalanish, xuddi shuningdek mazmuni davlat va jamoat tartibiga, fuqarolarning huquqlariga va qonuniy manfaatlariga zarar yetkazishga qaratilgan plakatlar, emblemalar va ramzlarni tayyorlash, tarqatish yoki taqib yurish —



Oldingi tahrirga qarang.

mazkur ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(203-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy emblemalari va farqlovchi belgilaridan qonunga xilof ravishda foydalanish —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(203-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-apreldagi 615-II-son “Qizil yarim oy va qizil xoch timsollaridan foydalanish hamda ularni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.

Oldingi tahrirga qarang.

2031-modda. Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish

O‘zbekiston Respublikasi yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi yoxud Davlat madhiyasi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2031-modda birinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —



Oldingi tahrirga qarang.

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.



(2031-modda ikkinchi qismining sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddaning ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonunining 8-moddasi ikkinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasi ikkinchi qismi.

204-modda. Favqulodda holat tartibining talablarini buzish

Favqulodda holat tartibining talablarini buzish —



Oldingi tahrirga qarang.

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.



(204-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

 LexUZ sharhi

Qarang: “Favqulodda holatlarda O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmoqlari va resurslarini markazlashgan holda boshqarishning umumiy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror (2007-yil 27-noyabrda 1742-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan), “Favqulodda holatlarda telekommunikatsiyalar tarmoqlari va vositalaridan ustuvor foydalanish, ulardan foydalanishni to‘xtatib qo‘yish yoki cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (2007-yil 27-noyabrda 1743-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan).

Oldingi tahrirga qarang.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling