Birinchi guruh element organik birikmalari Ajratilgan vaqt-2 soat Mashg’ulot turi- ma’ruza


Download 7.54 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi7.54 Kb.
#1645298
Bog'liq
portal.guldu.uz-Birinchi guruh element organik birikmalari

2- mavzu:

Ajratilgan vaqt-2 soat Mashg’ulot turi- ma’ruza

Asosiy savollar: Litiyorganik birikmalar haqida umumiy tushunchalar. Natriy- va misorganik birikmalarning olinish usullari va xossalari.

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: fenillitiy, metil natriy, benzil mis, assotsilanish, tetragidrofuran, karbanion, metallorganik sintez, Vyurs, Shorigin reaksiyalari.

Mavzuga oid muammolar: Litiy- va natriy organik birikmalar sof holda emas, balki eritmalarda olinadi va ishlatiladi. Natriy va litiy metallari suvda yonib ketadiku? U holda qanday erituvchilar qo’llaniladi? Javobingizni misollar bilan izohlang. Nima uchun faqat I valentli mis organik birikmalar mavjud ? Siz ikki valentli misorganik birikmalar sintez qilish uchun qanday sintez usulini taklif etgan bo’lar edingiz?

1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda litiyorganik birikmalar, ularning assotsilanish holatlari va xossalari haqida tushunchalar hosil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari: Litiyorganik birikmalarning olinish usullarini yoritadi. Litiy organik birikmalarning assotsilanishi va ular yordamida boradigan sintezlarni tushuntirib bera oladi. Litiyorganik birikmalarning kimyoviy xossalarini to’liq o’zlashtiradi.

Birinchi asosiy savolning bayoni: Litiyorganik birikmalar yaxshi o’rganilgan va katta ahamiyatga ega bo’lgan metallorganik birikmalardir. Olinishi: Galogenalkanlarga litiy metalini ta’sir ettirib olinadi. Litiyorganik birikmalar sof holda olinmaydi va ishlatilmaydi. Chunki ular nafaqat O2, balki hatto SO2 va N2O da yonib ketadi. Shuning uchun reaksiya erituvchilar ishtirokida olib boriladi. Erituvchi sifatida tetrogidrofuran, dietilefir ishlatiladi. O2 bilan oksidlanib qolganligi uchun neon Ne, argon Ar kabi inert gazlardan foydalaniladi. CH3I+2Li=CH3Li+LiI

Fizikaviy xossalari: Toza holda litiyorganik birikmalar rangsiz suyuqlik, metillitiy va etillitiy yuqori temperaturada qaynovchi kristallardir. Uglevodorodlar va efirlarda eriydi. Toza holda oligomerlar - dimer, trimer, geksamer ko’rinishida uchraydi. Litiyorganik birikmalar qutbsiz assotsiatlar yoki monomer holida bo’ladi. Kimyoviy xossalari: Litiy organik birikmalar sof holda olinmaydi va ishlatilmaydi. Chunki O2, SO2, N2O da yonib ketadi. Shuning uchun ular eritmalarda olinadi va ishlatiladi. Oligomerlari solvat monomerlar bilan standart muvozanatda bo’ladi. O( C2H5)2 ( R  Li ) + ZnO(C2H5) → n R—Li O ( C2H5)2

Kuchli solvatlovchi eritmalarda ionlanish sodir bo’ladi va karbanion hosil bo’ladi: R—Li + L —sol →R: + sol : ← Li + ← : sol Litiy organik birikmalar suv, spirt, ammiak va boshqa xarakatchan vodorod atomi tutgan birikmalar bilan oson ta’sirlashadi: Litiyorganik birikmalar SiCl4 , PCl3 , GeCl4, AlCl3 , BCl3 kabi birikmalar bilan bosqichli ravishda ta’sirlashib quyidagi tur birikmalarni hosil qiladi: R— Li + E X n → R—EXn-1+ Li X → R2EX n-2 → X-R CH3Li + O2→ CH3OLi + H2O → CH3OH + LiOH C2H5Li + H2O → C2H6 + LiOH

Ishlatilishi: Fenillitiy asosida akademik Nazarov kuchli og’riq qoldiruvchi dori - promedolni olishga erishdi. Promedol morfiyning o’rniga ishlatiladi, lekin narkotik emas. Litiyorganik birikmalar laboratoriya amaliyotida davriy jadvalning I, II, III, IV va V guruh element organik birikmalarini olishda qo’llaniladi. 2CH3Li + ZnCl2 → ( CH3)2Zn + 2 LiCl 3CH3Li + Al Br3→ ( CH3)3Al + 3LiBr Butillitiy butadienning polimerlanish initsiatori hisoblanadi .

2-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda natriy- va misorganik birikmalar, ularning olinishi va xossalari haqida tushunchalar hosil qilish.

Identiv o’quv maqsadlari: Vyurs, Shorigin reaksiyalari va ularning mexanizmini misollar bilan tushuntiradi. Misorganik birikmalarning qo’llanilish sohalariga misollar keltiradi. Natriyorganik birikmalarning kimyoviy xossalarini to’liq o’zlashtiradi.

Natriy organik birikmalar. Olinishi: Natriy organik birikmalar o’ta reaksion qobiliyatli bo’lib, sof holda kam olinadi . 1. Vyurs reaksiyasi asosida galogenalkanlarga natriy ta’sir ettirib olinadi: 2. Sof holda simoborganik birikmalardan olinadi: Natriy organik birikmalar kislota xususiyatli uglevodorodlardan ham olinadi: To’yinmagan uglevodorodlar bilan ta’sirlashish reaksiyasi Li , Na va K organik birikmalar uchun yana bir xarakterli reaksiyadir. (C6 H5)2C=CH2 + RLi →( C6H5)2CR – CH2Li

Fizikaviy xossalari: Natriy organik birikmalari kristall moddalar bo’lib, alkanli hosilalari rangsiz, to’yinmagan hosilalari ranglidir. Rangning paydo bo’lishi karbanionning tabiatiga bog’liqdir. Kimyoviy xossalari: Natriyorganik birikmalar ham litiyorganik birikmalar kabi sof holda havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishadi, shuning uchun ular ham eritmalarda olinadi va ishlatiladi. Kimyoviy xossalari jihatidan litiyorganik birikmalardagidek.

Mis organik birikmalar Olinishi: Mis galogen vodorodlar bilan oddiy haroratda reaksiyaga kirishmaydi. Mis passiv modda bo’lib, misning yuzasi oksid parda bilan qoplangan bo’ladi. Shuning uchun mis organik birikmalarni olish uchun undan aktivroq metall organik birikmalardan foydalaniladi. Masalan, Li , Na organik birikmalardan. Faqat 1 valentli mis organik birikmalar mavjud. Fizikaviy xossalari: Misorganik birikmalar rangsiz yoki sarg’ish, kam eruvchan kukunsimon moddalar. Mis organik birikmalar kuchli bog’langan. Kimyoviy xossalari: Mis organik birikmalar termik beqaror va erkin radikal mexanizm bo’yicha parchalanadi: O C 2 C2H5 Cu → 2 C2H5* → CH3 CH3 + CH2= CH2 - Cu Misning aromatik birikmalari ancha barqaror. Masalan, C6H5 -Cu fenilmis 50 – 600 C da parchalanadi. Misorganik birikmalar havo kislorodi, suv, spirt va kislotalar ta’siriga chidamli, lekin galogen vodorodlar bilan oson reaksiyaga kirishadi. CH3 - Cu + CH3 - Br→ CH3―CH3 + CuBr CH3Cu + C6H5 J → C6H5—CH3 + CuJ


Download 7.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling