Birinchi hadis. Umar ibn Xattobdan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Albatta, amallar niyat bilandir. Har bir kishi niyat qiluvchidir. Kimning hijrati Alloh va rasuli uchun bo‘lsa, bas


Download 31.05 Kb.
bet6/7
Sana02.12.2023
Hajmi31.05 Kb.
#1779214
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Hadislar

Yigirma uchinchi hadis
Abu Zarr va Muozdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qayda bo‘lmasin, Allohdan taqvo qil. Yomonlikka yaxshilikni ergashtir, uni o‘chirib yuboradi. Kishilarga chiroyli xulq bilan muomalada bo‘l», dedilar. Imom Termiziy rivoyatlari.
Yigirma to‘rtinchi hadis. 
Irboz ibn Soriyadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga va’z aytdilar, undan qalblar vahimaga tushdi va ko‘zlardan yosh oqdi. Shunda biz: «Ey Rasululloh, vidolashuvchi mav’iza bo‘lsa kerak, bizga vasiyat qiling», desak, u zot: «Sizlarga Allohdan taqvo qilishni hamda agar qul boshliq bo‘lsa, uning so‘zini eshitib itoat etishni vasiyat qilaman. Chunki sizlardan qaysi biringiz yashaydigan bo‘lsa, ko‘p ixtiloflarni ko‘radi. Ana shu paytda mening sunnatimni va to‘g‘ri yo‘lda yuruvchi xulafoi roshidinlar sunnatini o‘zingizga lozim topib, uni oziq tishlaringiz bilan mahkam tishlanglar. Ishlarning yangisidan chetlaninglar. Chunki har bir bid’at zalolatdir», dedilar. Abu Dovud va Termiziylar rivoyati.
Yigirma beshinchi hadis. 
Abu Mas’ud al-Badriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Avvalgi payg‘ambarlar kalomidan topilgan narsa - «Agar uyalmasang, xohlagan narsangni qil», deb aytilganidir», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari.
Yigirma oltinchi hadis. 
Jobirdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan «Agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, halolni halol va haromni harom, desam, bularga biror narsani qo‘shmasam, jannatga kiramanmi?» deganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob qildilar. Imom Muslim rivoyatlari.




Yigirma yettinchi hadis. 
Sufyon ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Rasululloh, menga Islomdan bir so‘z aytingki, men sizdan boshqa biror kishidan u haqda so‘ramayin», deganda, u zot: «Allohga imon keltirdim, deb aytib, so‘ngra istiqomatda (ya’ni, sobitqadamlikda) bo‘l», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

Ulamolarning aytishlaricha, bu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarni jamlovchi hadislari bo‘lib, Alloh taoloning quyidagi so‘ziga muvofiqdir: «Albatta: «Parvardigorimiz Allohdir», deb, so‘ngra (yolg‘iz Allohga toat-ibodat qilishda) to‘g‘ri -ustivor bo‘lgan zotlarning oldilariga (o‘lim paytida) farishtalar tushib, (derlar): «Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar» (Fussilat surasi, 30-oyat). Jumhur ulamolar fikricha, bu oyat va hadisning ma’nosi - «Imon keltirib, Allohning toatida bardavom bo‘lganlar»dir.

Download 31.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling