Birinchi jahon urushi borishi va yakuni Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi


Rossiyaning birinchi jahon urushidan chiqishi va To‘rtlar ittifoqining taslim bo‘lishi


Download 72.45 Kb.
bet5/7
Sana23.06.2023
Hajmi72.45 Kb.
#1651673
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-jaxon urushi

2.2 Rossiyaning birinchi jahon urushidan chiqishi va To‘rtlar ittifoqining taslim bo‘lishi
Rossiya 1915-1916-yilgi janglarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Brusilov boshchiligidagi Rossiya qo‘shinlari sharqiy frontda katta qahramonliklar ko‘rsatishdi. Avstriya qo‘shinlari bir necha bor parokanda qilindi. Lekin 1917-yilga kelib Rossiyaning o‘zida podshoga nisbatan inqilob tayyorlanayotgan edi. Bu inqilob 1917-yil fevral oyida bo‘lib o‘tdi. Inqilob natijasida Rossiyaning tashqi siyosatida ham o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Hokimiyatda yetakchilik qilayotgan burjua-demokratik Muvaqqat hukumat urushni davom ettirishga qaror qildi. Lekin Rossiya ayni vaqtda urush olib borishga qudrati yetmasdi. Xalq ham urushni davom ettirishga qarshi va Rossiyaning urushdan chiqishini hoxlardi. Chunki urushning og‘ir oqibatlari asosan oddiy xalqning zimmasiga yuklangan edi. Rossiyada podshoning asrlar davomidagi hukmronligiga chek qo‘yganidan ruhlangan oddiy xalq bu talabni qo‘yishga xaqli edi, chunki urush Rossiyani jar yoqasiga olib kelgan edi. Mamlakat ichida notinchlik hukm surardi. Mustamlakalarda ham vaziyat o‘g‘irlashdi. Kavkaz, O‘rta Osiyo va Kavkazda mustaqillikka intilish kuchaydi. Rossiya hukmron doiralari endilikda xalqni boshqara olmadilar. Muvaqqat hukumatga qarshi sotsialistik ishchilar davlatini qurishga vadalar berayotgan Leninga bunday qarama-qarshiliklar qo‘l keldi. Mamlakatda Leninning tarafdorlari ko‘payib bordi. Qisqa muddatda yana bir inqilob tayyorlandi va tarixga oktabr inqilobi deb nom olgan inqilob amalga oshirildi. Hokimiyatni egallagan Lenin 1917-yil 3-noyabrda sulx haqida e’lon qilindi. 1918-mart oyigacha shartnomaning tuzilishi haqida bir qator takliflar tayyorlandi. Rossiyaning maqsadi urushdan talofatlarsiz chiqish edi. Shunday bo‘lsada tuzilgan shartoma Rossiya uchun achnarli bo‘ldi. Shartnoma 1918-yil 7-mart kuni Brest-litovskda ( xozirgi Belorussiya hududida) imzolandi. Bunga ko‘ra Rossiya taslim bo‘ldi va urushdan chiqdi. Buning evaziga 5mlrd dollar reparatsiya Germaniyaga urushda yetkazilgan zarar uchun to‘landi. Shuningdek Rossiya Sharqiy Ukraina va Belorusiyadan voz kechdi, Finlandiya va Boltiqqa bo‘lgan davolaridan voz kechishga majbur bo‘ldi. Usmonli Turklarga ham Kavkazdagi Kars, Adragan, Batumi hududlarini berdi. Shartnoma shartlari ruslar uchun ancha o‘gir bo‘ldi. Umuman olganda Rossiyaning urushdan chiqishi kutilmagan voqelik edi. Garchi Germaniya sharqiy frontda omadsizliklarga ko‘p uchragan bo‘lsada, separat sulxning imzolanishi Germaniyaning urushdagi imkoniyatlarini oshirib yubordi. Endilikda Germaniya butun diqqat e`tiborini va qo‘shinlarini g‘arbiy frontga yo‘naltirish imkoniyatiga erishdi. To‘langan tovon natijasida nemislar habiy imkoniyatlarini yaxshilab olishdi. Rossiyaning taslim bo‘lishiga ko‘plab tarixchi mutaxasislar turlicha baxo berishadi. Rossiyaning bunday qo‘rqoqligiga sabab bo‘ladigan omillar yo‘q edi va uni nemislarni tor-mor qilishga yetarlicha imkoniyati bor edi. Boshqa tarixchilar esa rus hukumati tutgan bu siyosatni yoqlaydilar va oz fikrlarini Rossiya urushdan chiqishi ichki tartibning o‘rnatilishiga olib kelganligi bilan izoxlaydilar. Shu tariqa 1918-yil o‘rtalarida boshlab sharqiy front yopildi.Germaniya shiddat bilan yana g‘arbga yo‘naldi.
Rossiya urushdan chiqishi bilan Germaniya bitta g‘arbiy frontda urush olib boradigan bo‘ldi. AQSH qo‘shinlari Angliya va Fransiyaga nemislarning oxirgi hujumlarini qaytarishga yordam berdi. Rossiyaning urushdan chiqqanligi va Germaniya bilan yashirin sulx tuzganligidan foydalangan nemislar va ularning ittifoqchilari urushda burilish yasashga harakat qilib ko‘rdilar. 1917-yil oxirida Kaperetto yonida mag‘lubiyatga uchrashgan Italiya ham halokat yoqasiga kelib qolgan edi. 1918-yil yil yozidan Germaniya g‘arbiy frontda keng miqyosli hujum tashkil etildi, ammo uning qo‘shinlari bir necha kilometr yura oldi, holos. Bu ohirgi urunish bo‘ldi, urushayotan davlatlarning sillasi qurigan edi. Oxirgi hujumni bartaraf etgach urush Fransiya hududlaridan Germaniyaga ko‘chdi. Avgustdan boshlab Antanta tashabbusni o‘z qo‘liga oldi, barcha frontlarda hujumga o‘tdi. 1918-yil sentyabr oyida Bolgariya urushdan chiqdi, shu yil oktyabrda Antanta va Turkiya o‘rtasida yarash sulhi tuzildi. Avstriya-Vengriya imperiyasining tarqalishi boshlandi. Chexoslovakiya va Vengriya o‘z mustaqilliklarini e’lon qildilar, 3- noyabr Avstriya va Vengriya urushdan chiqdilar.Bunday sharoitda o‘zi ham inqilobiy harakat o‘chog‘iga aylangan Germaniya ittifoqchilarning shartlari asosida ular bilan sulh tuzilishga majbur bo‘ldi. 3-noyabrda boshlangan inqilob tarafdorlari Vilgelm II taxtdan og‘dirdilar. Germaniyaning urushni to‘xtatishni talab qila boshladilar. 111918-yil 7-noyabr kuni Germaniya delegatsiyalari o‘zlarining avtomobillarida oq bayroqlarini hilpiratib front liniyasini kesib o‘tdi. Katolik markaz partiyasi delegatsiyasisining yetakchisi Erzberger boshchilik qildi. Ular o‘tirgan poyezd Compen o‘rmonidagi Retond stantsiyasisiga kelib tushdi. Bu erda fransuz marshali Fosh nemislarga yarashish shartlari yozilgan sharnoma nushasini topshirdi.1918-yil 11-noyabrda Germaniya Antanta delegatsiyasi davlatlari tomonidan qo‘yilgan shartlar asosidagi shartnomani imzoladi. Ertalab soat 11da artilleriyadan 101 martta o‘q otilib, urush yakunlanganligi e’lon qilindi. 1914-1918- yillarda yillardagi birinchi jahon urushi shu tariqa yakunlandi. Germaniya va uning ittifoqchilari mag‘lub bo‘ldilar.

Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling