Birinchi jahon urushi borishi va yakuni Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi


Urushning boshlanishi va 1915 va 1916 yilgi asosiy janglar


Download 72.45 Kb.
bet3/7
Sana23.06.2023
Hajmi72.45 Kb.
#1651673
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-jaxon urushi

1.2 Urushning boshlanishi va 1915 va 1916 yilgi asosiy janglar
XX asr dastlabki o‘n yilligidagi harakatlar birinchi jahon urushga tayyorgarlik ittifoqchilar izlash bilan kechdi. Germaniya o‘z atrofida tarafdorlar yig‘di. Antanta ham Rossiyani o‘z tarafdoriga aylantirdi. Bu ikki guruhlarning iqtisodiy, iqtisodiy va xarbiy ustunlik uchun kurashi, ular o‘rtasida urushni muqarrar qilib qo‘ydi. XX asr boshlarida xalqaro munosabatlarda vujudga kelgan keskinlikning sababi nima edi? Avstriya-Vengriya taxtining vorisi Ersgersog Franz-Ferdinand 1914-yil 28-iyunda harbiy mashqlarni kuzatish uchun Bosniyaning markazi Sarayevo shahriga keldi. Bu tashrif Ersgersogga hamrohlik qilgan rasmiy odamlarni aytayotganidek, shunchaki sayr emasdi. 28-iyun Serblarning motam kuni bo‘lib, 1389-yili shu kuni Turklar Serb armiyasini tormor qilganidan so‘ng, mamlakat bir necha asrga turklar zulmi ostida qolgan edi. Aynan ana shu motam kuni Serbiya chegaralaridagi harbiy mashqlar o‘tkazilishining o‘zi janjalga olib kelinishini olindan ko‘zda tutilgan ig‘vo edi. Franz-Ferdinandning bunday ig‘vogarona xarakati Serb millatchi doiralarini g‘azabga keltirdi. Ertalab soat 11 ga yaqin Milyatska daryosi qirg‘og‘ida Serb millatchi tashkiloti “Mlada Bosna” (“Yosh Bosniya”) ning azosi, 20 yoshli terrorchi Gavrila Prinsip tomonidan otilgan o‘qlari taxt vorisi va uning rafiqasini halok etdi. Gavrila Printsip sodir etgan qilmishi mudhish oqibatlarga sabab bo‘ldi. Avstriya-Vengriya imperatori Vilgelm II o‘z hukumatidan bu qotillikka javoban urush e'lon qilishini talab qilar ekan, umumiy xolatni "Xozir yoki hech qachon!", degan so‘zlar bilan izohladi. Avstriya-Vengriya Serbiyaga shunday ultimatum e'lon qildiki, uni qabul qilish Serbiya uchun o‘z mustaqilligini yoqotish bilan barobar edi. Shunga qaramasdan, Serbiya qarama-qarshi talablarni qondirishga rozi bo‘ldi, ammo 18-iyul kuni Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush e'lon qildi. Serbiyaliklar aniq halokat holatida tashlab qo‘yish Rossiyaning imperiyachilik manfaatlariga zarar yetkazishga qarshi, slayan va pravoslav birdamligiga raxna solardi. Germaniya hukumati Rossiyaga ultimatum elon qilib, Safarbarlikni to‘xtatishni talab qildi. Rossiya bu ultimatumga javob bermadi. Shundan so‘ng, Germaniya 1-avgust kuni Rossiyaga, 3-avgust kuni esa Fransiyaga urush e'lon qilindi. 4-avgust kuni Angliya Germaniya urush elon qilindi. Urush umumyevropa xarakteriga ega bo‘lib, tezda yevropa chegaralaridan ham chiqib ketdi.Yaponiya urushdan Xitoyni bo‘ysundirishda, Tinch okeanidagi Germaniya mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatishda foydalanmoqchi bo‘ldi. 1914-yil 17-avgustda Yaponiya Germaniya urush e’lon qildi. Germaniya va uning ittifoqchilari tomonidan Turkiya ham urushga kirdi. Urush shu tariqa kengayib, Evropa, Osiyo va Afrikada umumiy maydon 4 million kv km bo‘lgan hududni egallab oldi. Ilgari a’nanaviy bo‘lgan quruqlikdagi qurolli janglarga aviatsiya va suv osti kemalaring qurolli harakatlari qo‘shildi, kimyoviy urush ham olib borildi.
Birinchi jahon urushi o‘zining kelib chiqishi, xarakterlovchi natijalarga ko‘ra Serbiya, Chernogoriya, Belgiya va ozodlik kurashi, bo‘lib tashlangan Bosniya xalqlaridan tashqari barcha unda qatnashayotgan davlatlar uchun imperialist, bosqinchilik urushi xarakteridagi voqea edi. Milliy-ozodlik muammolarining xal qilinmaganligi urushni ommaviyashtirib yubordi. Ayniqsa ommaviy axborot vositalaridagi targ‘ibot-tashviqot urushida qatnashayotgan barcha xalqlar vatanparvarlik hissiyotlarini junbushga keltirdi. Mamlakatni, uning manfaatlarini himoya kilish uchun harakat nemislar va avstriyaliklarni, ruslar va vengerlarni barchani qamrab oldilar. Safarbarlik elon qilgan Rossiyada chaqiruv punktlariga harbiy xizmat yoshidagi askar va ofitserlarning 95% keldi. Nemis askarlari bu armiyaga xos bo‘lgan faqat qat`iy tartib tufayli emas, o‘z vatanlarini sevganliklari uchun ham Zigfrid linyasini katta jasorat bilan fransuzlardan himoya qildilar. Oz navbatida, fransuz ham Fransiya manfaatlari uchun jonlarini ham ayamadilar.
Shunga qaramasdan urushga munosabat aholining qatlamlarida bir hil emasdi. Ziyolilarning katta qismi: Fransiyada Anri Barbyus, Rossiyada Maksim Gorkiy, Chexiya Yaroslav Gashek, Serbiyada Branislav Nushich va ziyolilarning boshqa mashhur vakillari urushga qarshi chiqdilar. Rossiyada Bolsheviklar o‘z hukumatining mag‘lubiyatini yoqlab chiqdilar, shu bilan birga mamlakatdagi mavjud rejimlari o‘zgartirishga va birodarkushlik urushini to‘xtatishga umid qilishdi. Urushning ohiriga kelib uni to‘xtatish uchun xarakat Fransiya va Angliyada faollashdi, Germaniya va Avstriya-Vengriyada urush uchun kredit ajratishga ovoz bergan sotsial- demokratlarning bir qismi endi g‘olib va mag‘lublarsiz sulx tuzishni ("oq tinchliklik") yoqlab ovoz berdilar. Bu albatta urushning oxirida kuchaydi. Hozircha, 1914-yilda, hamma g‘alaba uchun jangga kirardi.
Germaniyaning urush rejasi uni ishlab chiqishga rahbarlik kilgan bosqich shtab-kvartirasi boshchiligining nomi bilan "Shlieffen rejasi"5 deb atalgan. Bu urushni ikki frontda Fransiya va Rossiyaga qarshi olib borish muqarrarligidan kelib chiqqan holda ishlab chiqildi. Rejaning asosiy g‘oyasi imkon qadar tezroq bitta frontdan qutulish, raqiblariga nisbatan ta'sir ko‘rsatadigan odam resurslari, homashyo va oziq-ovqat zahirasi kam bo‘lgan Germanyaning mag‘lubiyatini muqarrar qilib qo‘yadigan urushning cho‘zilib ketmasligiga qaratilgan edi. Shu tariqa "shiddatli urush" rejasi paydo bo‘ldi. Fransiya-Belgiya chegaralari mustahkamlanmaganligi sababli Shlieffen Fransiyaga betaraf Belgiya hududi orqali bostirib kirishni taklif qildi. Fransiyani yashin tezligida tor-mor qilish butun kuch bilan Rossiyaga hujum qilish rejalashtirilgan edi. Germaniya bosh shtabida Rossiya armiyasining safarbarlik tezligi past bo‘lganligi uchun urush e’lon qilinganidan olti hafta keyin jangovar holatga keladi va bu vaqt ichida Fransiya zabt etilgan bo‘ladi, deb hisoblangan edi. Ammo Shlieffen XX asr boshlaridagi urushlarda Rossiya armiyasi anchagin tajriba orttirganini inobatga olmagan edi. Shunga qaramasdan Germaniya harbiy qo‘mondonligi Shlieffenning strategik maqsadini ko‘zlab harakat qilishda davom etdi. Belgiyaga hujum boshlagan nemislar belgiyaliklarning qarshiligini yengib, juda katta tezligi bilan Fransiya-Belgiya chegaralariga yaqinlashdi. Fransiya havf ostida qoldi. Dastlabki g‘alaba nemislarni esankiratib qo‘ydi. Ular g‘arbdagi urushda g‘alaba qilganlariga ishonchlari komil edi. Vilgelm II "Barglar to‘kilguncha ortga qaytamiz" - deya ishontirdi. Ammo kutilmaganda hali to‘liq tayyor bo‘lmagan ikki rus armiyasi Angliya va Fransiyaning talabiga ko‘ra Sharqiy Prussiyada hujumga o‘tdi. Nemislar bu hujumni tez qaytargan, ruslar katta talafot ko‘rgan bo‘lsalarda, Germaniya o‘zining g‘arbiy frontdagi kuchlarining bir qismini jalb qilishga majbur bo‘ldi. Bu xol urushning keyingi taqdirida katta rol o‘ynaydi. Nemislarning Parij shimolidan aylanib o‘tishga kuchlari etmadi va ular yo‘nalishni janubga tomon o‘zgartirib, Marna daryosiga chiqdilar. Bu yerda axvol fransuzlar foydasiga o‘zgardi. Endi fransuzlar Germaniya armiyaning o‘ng qanotiga xavf sola boshladi. Parijning barcha shahar transportida safarbar e’lon qilindi, xususan, fransuz armiyasining qismlarini taksilarda ham olib kelina boshlandi. Keyinchalik, Marna yonidagi jangda Parij shofyorlari g‘alaba qildilar, deya aytib yurishgan. 1914-yil 5-9-sentyabr kunlari Fransiya pastekisliklarida 6 ta ingliz- fransuz armiyalari bilan 5 ta german armiyalari ishtirokida asosiy janglar bo‘lib o‘tdi. Bu janglarda ikkala tomonni 6 ming yengil va 600 og‘ir artilleriya qurollari bilan 1,5 million harbiylar qatnashdi. Birinchi kuniyoq fronting qator qismlarida nemislar himoyaga o‘tishga majbur bo‘ldilar. Kun sayin ahvoli qiyinlashib bordi. 9- sentyabr General Moltke nemis qo‘shinlariga Marna daryosining ortiga chekinish haqida buyruq berdi. Marna soxilidagi jang boshqaruv tomonlari uchun tor cho‘zilgan pozitsiyali urushga o‘tdi va bu hol Germaniya uchun halokatli bo‘ldi. “Marna jangining natijalariga ko‘ra, umuman olganda, urush boy berildi ", - deb bayonot bergan edi german armiyasi bosh shtab-kvartirasi general Falkenxeyn. 1914-yilning sentabrda ikkala tomon ham Shveytsariya chegaralaridan Ena daryosigacha bo‘lgan hududda o‘z pozitsiyalarini himoya qilishdilar. Okoplar, yerto‘lalar qazilib, tikonli simlar tortildi. Butun g‘arbiy front bo‘ylab shiddatli janglar o‘z o‘rnini artilleriya otishmalariga bo‘shatib berdi. Ayni Paytda rus armiyasi Galitsiyada avstro-vengerlar ustidan yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Germaniya o‘z ittifoqchisini qo‘llab- quvvatlash uchun zudlik bilan u yerga qo‘shin jo‘natdi . Agar quruqlikdagi urush tartibida tomonlarning kengaytirilgan tengligi kuzatilsa, dengizda Antanta so‘zsiz ustunlikka ega edi. 1914-yili Germaniya harbiy-dengiz floti bir qator jiddiy mag‘lubiyatlarga duch keldi. Shimoliy dengizni ingliz- fransuz armiyasi egallab olgan, O‘rta Yer dengizi ham Angliya va Fransiya flotlari nazorati ostida, Qora dengizda esa Rossiya flotlari xo‘jayinlik qilayotgan edi. Urushning birinchi kunlaridayoq qurolning yangi turi suvosti kemalaring katta ahamiyati sezila boshladi. 1915-yil fevralgacha nemis suv osti kemalari raqiblarining bitta battalini " 5 ta krayserini", avianosesini ", gunboat" va bitta suvosti kemasini g‘arq qildilar. O‘zlari yettita suvosti kemasini yoqotdilar.
Cho‘zilgan urush tomonlarni yangi itifoqchilar izlashga majbur qildi. Italiya ilgari avstriya german ittifoqiga qo‘shilgan bo‘lsada, urush arafasida o‘z betarafligini e’lon qilgan davlatlar qatoriga kirardi. Urush boshlangandan so‘ng Italiya agar urushga kirishsa qanday manfaat ko‘rish to‘grisidagi urushayotgan tomonlar bilan savdolasha boshladi. Muzokaralar ko‘p oylar davom etdi. Germaniya va Avstriya-Vengriya qo‘shinlari Marna soxillarida, Polshada va Galitsiyada mag‘lubiyatga uchrashganlaridan so‘ng "shiddatli urush" rejasi barbod bo‘lganligi malum bo‘lib qoldi. Italiya hukumati Antanta tomonidan urushga kirishishga qaror qilinganida ular urushdan so‘ng Bolqondagi bir qator hududlarini qo‘shib olishga va’da oldi. 1915-yil mayida Italiya Avstriya-Vengriyaga urush e’lon qildi va urush harakatlarini amalga oshirdi. Sharqiy frontdagi urush karakatlari ham jiddiy tus oldi. G‘arbiy frontda vujudga kelgan pozitsiyali urush holatidan chiqish uchun Germaniya qo‘mondonligi asosiy urush harakatlarini Sharqiy frontga ko‘chirishga majbur bo‘ldi. 1915-yil 2-may kuni nemislar Gorlitsa va Tirnovo oralig‘idagi ruslarning himoya chizig‘ini yorib o‘tdi. Iyulda esa ular Polsha va Litvada katta xujum operatsiyasini boshladilar. Avgustda Varshava zabt etildi. Shu yerda ruslar nemis qo‘shinlarini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu yerda ham tor cho‘zilgan pozitsion urush boshlandi. Faol xujum harakatlari Belgiyaning Ipr daryosi yonidagi janglar bilan chegaralangan. Bu yerga nemislar juda katta ehiyotkorlik bilan ko‘plab gaz to‘ldirilgan ballonlarni olib kelib, old tomoniga 6 km zonaga joylashtirib chiqdilar. Ballonlarda nafasni bo‘g‘uvchi gaz, xlor bor edi. Nemislar qulay vaziyatni uzoq kutib, 22-aprel kuni ingliz- fransuz qoshinlari tomon shamol esgan paytda o‘zlarini himoya niqobini taqib olib gaz balonlarining jo‘mraklarini ochdilar. Ballonlardan yashil-sariq rangli tuman asta-sekin tarqala boshladi. Gaz xujumi munosabati bilan dushman tomonda 15 ming askari safdan chiqib ketdi, shulardan 5 mingi vafot qildi. Kimoviy qurolni urushayotgan har ikki tomon qo‘llay boshladi.
Urushning boshida o‘z betarafligini e’lon qilgan Bolgariya, german bloki bilan bir-birini qo‘llash to‘g‘risida hufiya kelishib olidi. Bolgariya Antantaga qarshi urushga kirishishga qaror qildi. Natijada Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya va Bolgariyadan iborat To‘rtlar ittifoqi vujudga keldi. 1915-yili dengizdagi urush harakatlari ham o‘g‘irlashib bordi. 1915-yil Germaniya flotining harakatlari asosan Boltiq dengizidagi kichik operatsiyalar bilan cheklanadi. Ayni Paytda Germaniya suvosti kemalarini keng qo‘llay boshladi. 1915-yil fevralda Vilgelm II tomonidan imzolangan farmonda shunday deyiladi:,,Irlandiya atrofidagi suv havzalari, ingliz kanali bazasi bilan birga harbiy zona deb e’lon qilinadi. 18-fevral kuni harbiy Britaniya va zonasida uchragan barcha savdo kemalari yo‘q qilinadi ”6. Shavqatsiz qaroqchilik urushi boshlanib, nemis suvosti kemalari hech qanday ogohlantirishsiz ham betaraf davlatlarning kemalarini ham cho‘ktira boshladilar. 1915-yil 7-may kuni nemis suvosti kemasi inglizlarning "Luzitaniya" steamerni cho‘ktirib yubordilar. Uning bortida 2 ming yo‘lovchi bo‘lib, faqat 764 kishi qutqarib olindi. 1195 kishi halok bo‘ldi, shundan 286 nafari ayollar, 94 nafari bolalar edi. Germaniya tomonidan olib borilaetgan suvosti urushi AQSH ning Antanta davlatlari bilan savdosiga katta zarar yetkazadigan edi. "Luzitaniya" cho‘ktirilgandan so‘ng AQSh Germaniyadan bu harakatlarni to‘xtatishni talab qildi.Germaniya qo‘mondonligi yon berishga majbur bo‘ldi. Yo‘lovchi kemalarni ogohlantirishlarsiz cho‘ktirmaslikka buyruq berildi. Millionlab odamlarning armiyasiga safarbar qilinishi va urush ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilish, ishchi kuchining yetishmasligiga olib keldi va xomashyo, oziq-ovqat, foydalanish mollari ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Urushda qatnashayotgan davlatlarning birortasi front va frontorti talablarini to‘liq qondirish imkoniyatiga ega emas edi. Urushayotgan davlatlarning hukumatlari xalq xo‘jaligini to‘liq urush extiyojlariga bo‘ysundirdilar. Bu maqsadlar uchun sanoatda va butun xo‘jalik hayotida davlat boshqaruvi joriy qilindi. Homasho zahiralari davlatning qatiy nazoratiga olindi. Harbiy korhonalarda ishchi kuchi bilan ta’minlash maqsadida barcha urushda bo‘lgan davlatlarda yalpi majburiy mehnat joriy qilindi. 1916-yil boshiga kelib cho‘zilib ketgan urush Germaniya muqarrar halokatga olib kelayotganligi aniq bo‘lib qoldi. Mamlakat ichkarisida ham unsiz norozilik hukm surardi. Anatantaga qarshi xal qiluvchi jang qayerda bo‘lishi kerak? O‘tgan yillar ko‘rsatkichi, Sharqiy frontda buning uchun iloji yo‘qligini ko‘rsatdi. Germaniya barcha e’tiborini yana g‘arbga qaratishga majbur bo‘ldi.
Ammo butun g‘arbiy front bo‘ylab umumiy operatsiya o‘tkazish uchun endi Germaniyaning imkoniyati yetmasdi.Shunda nemislar bitta muhim joyda fransuzlarga zarba berishga qaror qildilar. Shunday joy fransuzlar himoyasning quyi bo‘g‘ini bo‘lgan Verden edi. Bu yerda nemis qo‘mondonligining fikricha, bu yerda fransuz diviziyalarini huddi tegirmondek "maydalab" tashlashni maqsad qilgandi . Verdenda katta kuchlarni to‘plagan nemislar 1916-yil 21-fevral kuni xujum boshladilar. Nemislarning og‘ir artilleriyasi fransuzlar pozitisiyani ayovsiz bombardimon qildilar. Qalin o‘rmon o‘rnida singan yog‘ochlar uyumi qoldi, holos. Fransuzlar frontining boshqa qismlaridan diviziyalarini Verdenga jo‘natishga majbur bo‘ldilar. Verden fransuzlar uchun urushning asosiy jangiga aylandi. Verden qal'asiga boshlaydigan yo‘lni fransuz askarlari "muqaddas yo‘l", "jannatga yo‘l" deb atadilar. Chunki bu yo‘ldan kelgan jangchilardan juda ozchiliklariga tirik qolish nasib qildi. Oktabr oyiga kelib fransuzlar 400 ta bataleondan nemislar pozitsiyasi moviy oqqa tutdilar. Nemislarning pozitsiyalari yer bilan yakson kilindi. Verdenda Germaniya 600 mingcha armiyasidan ayrildi, fransuzlar esa 360 ming chasini yo‘qotdilar. Verdendagi bir oylik jang maqsadsiz qirg‘inning ramziga aylanib qoldi. May oyida Avstriya-Vengriya Tirnovada hujumga o‘tib, Italiya armiyasini qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi. Antanta Rossiyaga murojaat qildi. 1916-yil 4-iyun kuni General Brusilov boshchiligidagi ruslarning janubi-g‘arbiy fronti Avstriya-Vengriya armiyasiga qarshi xujum bilan shug‘ullanmoqda edi. Bu jang tarixida "Brusilov yorib o‘tishi" nomi bilan qoldi va 1914-1918 yillardagi jahon urushining eng yorqin voqealaridan biri bo‘ldi. Avstriya-Vengriya qo‘shinlari qurol-aslaxalarini tashlab tartibsiz qocha boshladilar.Germaniyaning yordamisiz Gabsburglar imperiyasining tor-mor bo‘lishi aniq bo‘lib qoldi. Germaniya omadsiz ittifoqchisini qutqarish uchun harbiy frontdan 11ta diviziyasini olib, avstriyaliklarga yordamga jo‘natishga, Verdenda hujumni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Brusilov armiyasisining muffaqiyati ingliz-fransuz armiyasining 1916-yil 1-yilida Somma daryosida qarshi xujumga o‘tishi uchun imkoniyat yaratdi. Dastlab xujumning kutilmaganda boshlanganligi va artilleriyaning kuchli yordami asosida ingliz-fransuz kuchlari muvaffaqiyat qozondilar. Ammo muvaffaqiyat o‘z vaqtida rivojlanmaganligi sababli nemislar qo‘shimcha kuchlarini jalb qilib, ahvolni o‘zgartirishga erishdilar. Urush bu yerda ham cho‘ziladigan belgi oldi. Somma jangi, shuningdek Somma hujumi deb nomlanuvchi, Buyuk Britaniya imperiyasi va Fransiya uchinchi respublikasi qo‘shinlari tomonidan Germaniya imperiyasiga qarshi olib borilgan Birinchi Jahon urushi yirik janglaridan biri hisoblanadi. Bu jang 1916-yil 1-iyuldan 18-noyabrgacha Fransiyadagi Somma daryosining yuqori oqimining ikkala tomonida sodir bo‘ldi. Uch milliondan ortiq askar jangda qatnashgan va bir million kishi yaralangan yoki o‘lgan, bu insoniyat tarixidagi eng qonli janglardan biriga aylangan. Birinchi jahon urushi G‘arbiy frontining Somma qismidagi jang fransuzlar va inglizlar 1915-yil dekabrdagi Chantilli konferentsiyasi paytida Sommaga hujum qilishni o‘z zimmalariga oldilar. Ittifoqchilar 1916-yilda Fransiya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Italiya armiyalari tomonidan Markaziy kuchlarga qarshi birlashgan hujum strategiyasini kelishib oldilar. Dastlabki rejalar bo‘yicha fransuz armiyasi Somma hujumining asosiy yukini o‘z zimmasiga olishi kerak edi, uni Britaniya ekspeditsiya kuchlari (BEF) ning to‘rtinchi armiyasi shimoliy qanotda qo‘llab-quvvatladilar. Somma shahridagi ingliz qo‘shinlari urushgacha bo‘lgan ko‘ngillilarning qo‘shinlaridan iborat bo‘lgan. Hududiy kuch va Kitchener armiyasining urushgacha bo‘lgan armiyasining qoldiqlarini o‘z ichiga olgan. Sommada 1-kuni (1-iyul) Germaniyaning 2-armiyasi Fransiyaning oltinchi armiyasi oldida, Sommaning janubidagi Fukokur-an-Santerdan shimoliy qirg‘oqda Marikurgacha va to‘rtinchi armiya tomonidan Marikurdan tortib to janubiy hududlarda jiddiy mag‘lubiyatga uchratildi. Albert-Bapaume yo‘lining atrofida Inglizlar tomonidan 19.240 kishi halok bo‘lgan, Bu Britaniya armiyasi tarixidagi eng yomon voqea bo‘ldi.7 Buyuk Britaniyalik yo‘qotishlarning aksariyati Albert-Bapaume yo‘li va shimoliy Gommekourt o‘rtasidagi frontda, Germaniyaning asosiy mudofaa harakatlari (Shverpunkt) amalga oshirilgan hududda bo‘lgan. Jang havo kuchi va tankdan 1-marta foydalanishning ahamiyati bilan ajralib turdi, lekin tanklar xozirgi zamondagi kabi mukammal jang texnikasi bo‘lmagan shunday bo‘lsada nemislar bu mashinani ko‘rib daxshatga tushganlar. Jang oxirida Angliya va Fransiya kuchlari frontning ko‘p qismi bo‘ylab Germaniya tomonidan bosib olingan hududga 6 milya (10 km) kirib borishdi, bu 1914-yilda Marnadagi birinchi jangdan keyingi eng katta hududiy yutuq edi. Angliya-fransuz qo‘shinlari to‘liq g‘alaba qilmadi, chunki ular Peronne va Bapaumeni qo‘lga kirita olmadilar, u yerda nemis qo‘shinlari qish davomida o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishdi. 1916-yil 1-iyulda Somma jangi 141 kun davom etdi va Albert jangining ochilish kuni edi. Hujum Sommaning sharqiy qismida joylashgan Fransiya oltinchi armiyasining beshta diviziyasi, Sommaning shimolidan Serragacha bo‘lgan hududdagi o‘n bir ingliz diviziyasi va Gommecourt qarshisidagi uchinchi armiyasining ikkita bo‘linmasi tomonidan Germaniyaning ikkinchi general armiyasiga qarshi qilingan. Albert-Bapaume yo‘lidan janubdagi Germaniya mudofaasi asosan mag‘lub etildi va fransuzlar Sommaning ikkala qirg‘og‘ida ham, Britaniyaliklar ham Marikurdagi armiya chegarasidan Albert-Bapomagacha bo‘lgan yo‘lgacha "to‘liq muvaffaqiyatga erishdilar". Janubiy sohilda Germaniya mudofaasi boshqa hujumga qarshi turishga qodir emas edi va sezilarli chekinish boshladi. Shimoliy qirg‘oqda Frikurdan voz kechish haqida buyruq berildi. Yo‘lning shimolidagi qo‘mondonlik maydonidagi himoyachilar misli ko‘rilmagan darajada talafot ko‘rgan ingliz piyodalarini mag‘lub etishdi. Yo‘lning shimolida yaradorlarni qutqarish uchun bir nechta sulh tuzildi. Britaniyaning to‘rtinchi armiyasida 57.470 jangchi qatnashdi, shundan 19.240 kishi o‘ldirildi, Fransiyaning oltinchi armiyasi 1.590 ta va Germaniyaning 2-armiyasi 10.000-12.000 yo‘qotishlarga duch keldi Albert jangi (1916) Somma jangidagi Angliya-Fransiya hujum operatsiyalarining dastlabki ikki haftasidagi jang harakatlari hisoblanadi. Ittifoqchilarning tayyorgarlik artilleriyasi bombardimoni 24-iyunda boshladi va Angliya-Fransiya piyoda qo‘shinlari 1-iyulda janubiy sohilda Frikurdan Somma va Somma shimolidan Gommekurtgacha Serradan 2 milya (3,2 km) uzoqlikda hujum qilishdi. Fransiyaning oltinchi armiyasi va Buyuk Britaniyaning to‘rtinchi armiyasining o‘ng qanoti Germaniyaning ikkinchi armiyasiga katta mag‘lubiyatga uchradi, ammo Albert-Bapomening yo‘lidan Gommekurgacha bo‘lgan inglizlarning hujumi falokatli bo‘ldi. Britaniyaliklar 60 ming talofatga uchradilar. Joffrening xohishiga qarshi, Xeyg 14 iyulda umumiy hujumga tayyorgarlik ko‘rayotgan nemis ikkinchi liniyasi tomon oldinga intilgan ingliz-fransuz kuchlari janubdagi muvaffaqiyatni mustahkamlash uchun yo‘lning shimolidan voz kechdi. Bazentin tizmasidagi jang, 14-17-iyul to‘rtinchi armiya Germaniyaning ikkinchi mudofaa pozitsiyasiga Somma shahridan Guillemont va Ginchidan o‘tib, shimoliy g‘arbiy qismida tog 'tizmasi bo‘ylab Albert-Bapom yo‘lida Pozieresgacha hujum qildi. Hujumning maqsadi Delvil Vudga qo‘shni bo‘lgan Bazentin-le-Petit, Bazentin-le-Grand va Longueval qishloqlari bo‘lib, bu hudduddagi tepaliklarni egallash edi. Hujum 6000 yd (5,5 km) zonadagi to‘rtta diviziya tomonidan tungi 3:25 da amalga oshirildi. Besh daqiqa davom etgan bo‘ronli artilleriya bombardimonidan keyin nemis dala artileriyasi butunlay tor- mor etilishiga oz qoldi. Handaqlardan ko‘tarilayotgan nemis artileriyasi katta zarar ko‘rdi. Maqsadning aksariyati qo‘lga kiritildi va Albert-Baraume yo‘lidan janubdagi Germaniya mudofaasi katta zo‘riqishlarga duch keldi, ammo Britaniyadagi aloqa uzulishlari, qurbonlar va tartibsizliklar tufayli hujum davom etmadi. 19-20 iyuldagi Fromelles jangi qarama-qarshi nemis mudofaasining har qanday zaiflashuvidan foydalanib, janubga 80 km (50 milya) yaqinlikdagi to‘rtinchi armiyani qo‘llab-quvvatlash uchun yordamchi hujum edi. Hujumga tayyorgarlik tezda olib borildi, jalb qilingan qo‘shinlarda xandaq urushida tajriba etishmadi va nemis mudofaasining kuchi "jiddiy" baholandi. 19-iyul kuni fon Falkenxayn Angliyaning hujumini shunday deb baholagan edi. Ertasi kuni Falkenxayn Somma frontini kuchaytirish uchun Gvardiya zaxira korpusini olib chiqib ketishni buyurdi. Fellell batlesi nemis himoyachilariga ozgina zarar yetkazgan, ammo hech qanday hududni egallamagan va Somma tomon yo‘l olgan oz sonli nemis qo‘shinlarini chetlab o‘tgan. Hujum G‘arbiy frontdagi Avstriya imperatorlik kuchlarining debyuti edi va Mullinning so‘zlariga ko‘ra "Avstriyaning butun tarixidagi eng yomon 24 soat" BEFning 7,080 talofatlaridan 5-avstraliyalik diviziya tomonidan 5533 yo‘qotish sodir bo‘ldi; Germaniyaliklar 1600-2000 kishini yo‘qotdi, 150 nafari asirga olingan. Ikkinchi bosqich:1916-yil iyul-sentyabr oylari Delvil Vud jangi bilan boshlandi. Buyuk Britaniyaning o‘ng qanotini himoya qilish uchun operatsiya boshlandi, markaz esa High Wood va Pozieresning baland joylarini egallab olishga muvaffaq bo‘ldi. 15-20 iyul kunlari pozitsiyani ushlab turgan Janubiy Afrikaning 1-piyoda brigadasining (Janubiy Rodeziya kontingentini o‘z ichiga olgan) G‘arbiy front debyutini belgiladi. Brigada 2536 kishini yo‘qotdi, xuddi shu kabi ko‘plab brigadalarning 1-iyuldagi yo‘qotishlariga o‘xshash! Pozieres jangi, 23-iyul 7- avgustda Pozieres jangi zaxiradagi armiyaning 1-avstraliyalik diviziyasi (Avstriya imperatorlik kuchi) tomonidan qishloqni egallab olish bilan boshlandi. 22-23 iyulda bo‘lib o‘tgan janglarda fransuzlar bilan yanada janubda umumiy hujum birdaniga boshlandi, aloqa uzilishlari, ta'minotdagi uzilishlar va ob-havoning yomonligi sababli bir nechta alohida hujumlarga aylandi. Germaniya bombardimonlari va qarshi hujumlari 23-iyulda boshlanib, 7-avgustgacha davom etdi. Jang zaxiradagi armiya tomonidan Tifepval qishlog‘ining orqa tomoniga qarab, qishloqning shimoliy - sharqidagi platolarni egallashi bilan tugadi.
Gilmont jangi, 3-6 sentyabr kunlari amalga oshirildi. 1916-yil 3-sentabr Gillemont jangi fransuzlarning to‘rtinchi armiyasi tomonidan 1-kuni bosib olingan qishloqqa qilingan hujum edi. Guillemont ingliz sektorining o‘ng qanotida, Fransiya oltinchi armiyasi bilan chegaradosh edi Nemislarning mudofaasi ikkinchi qatorga va Maurepadan shimolda joylashgan Combles, Guillemont, Falfemont Farm, Delville Wood va High Wood shaharlarida o‘zaro qo‘llab-quvvatlanadigan ko‘plab mustahkam qishloq va fermer xo‘jaliklariga asoslangan edi. Gilyemont uchun jangni ba'zi kuzatuvchilar nemis armiyasining jang paytida eng ytez harakatlari deb hisoblashgan. Joffre, Xayg, Fox, general Ser Genri Ravlinson (Buyuk Britaniyaning to‘rtinchi armiyasi qo‘mondoni) va Fayolle tomonidan to‘rtta armiyaning qo‘shma hujumlarini muvofiqlashtirish uchun ko‘plab uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi va ularning barchasi muvaffaqqiyatsizlikka uchradi. Ginchi janggi Somma janglari orasida eng muhimi bo‘ldi. Ginchi Gilyemontdan 1,5 km (0,93 milya) shimoliy-sharqda, oltita yo‘lning tutashgan joyida, janubi-sharqda 4 km (2,5 mil) masofada Komblesga qaragan balandlikda joylashgan.8 Luze Vuddan shimolga Ginchiga britaniyaliklarning hujumlari 3-sentabrda boshlangan edi, 7-diviziya qishloqni egallab olgach, keyin nemislarning qarshi hujumi tufayli uni siqib chiqarildi. Ginchining qo‘lga olinishi va Fransiyaning Oltinchi armiyasining 12-sentyabrdagi muvaffaqiyati, Somma jangida ikkala armiyaga ham katta hujumlarni amalga oshirishga imkon berdi, ular ketma-ket o‘ninchi va zaxira qo‘shinlari bilan ketma-ketlik hududlarni egallab oldilar, ular juda ko‘p erlarni egallab oldilar.Somma jangida tanklardan foydalangan inglizlar 35 kun jang qilib ololmagan punktlarni egallab oldilar. Ammo birinchi tanklar juda kuchsiz va kam sonli bo‘lganligi sababli urushning borishiga katta ta’sir o‘tkazishi amrimahol edi. Noyabr oxirida jang butunlay so‘ndi. Har ikkala tomondan 1 million 300 ming kishi halok bo‘ldi. Ingliz va fransuz kuchlari 200 km mustaxkam ximoya chizig‘ini yorib o‘tmagan bo‘lsa-da, Somma jangi urush taqdirida katta rol o‘ynaydi.
Birinchi Jahon Urushi haqida ma’lumot berar ekanmiz bevosita urushayotgan davlatlardagi harbiy va moddiy texnik vaziyatga ham to‘xtalib o‘tishimiz o‘rinli bo‘ladi. Qaysi tomonning urush davrida ustunligi harbiy strategiyalar haqida ham to‘xtalishimiz zarurdir. Zero urush taqdiri frontlarda ro‘y berayotgan urushlar bu davlatlardagi armiya va uning qurollanishiga, harbiy strategiyalarni to‘g‘ri qo‘llanishiga bog‘liq. Antanta va To‘rtlar ittifoqi davlatlarining urush davridagi harbiy holatiga to‘xtalsak. Avvalo urushni boshlagan Germaniya haqida. Xo‘sh Germaniya Birinchi jahon urushiga qay darajada tayyor edi? Germaniya urushga puxta tayyorgarlik ko‘rdi. 1914-yilgacha Germaniya armiyada hizmat qilayitganlar soni va qurollanish sifati jihatidan Fransiya va Britaniyadan ustun edi. Imperator Vilgelm II uchun urushni boshlash uchun sabab qolgandi xolos. Germaniya Bosh Harbiy shtabi generali Fon Shiliffen boshchiligida harbiy taktika ishlab chiqdi. Bu harbiy taktika yashin tezligida g‘alaba qozonishdan iborat edi. Garchi urushning dastlabki oylarida nemis armiyasi shiddatli hujumga o‘tgan bo‘lsada lekin Antantaning jiddiy qarshiligiga uchradi va barbod bo‘ldi. 1915-yildagi harbiy strategik ancha muvaffaqqiyatsiz kechdi.Omadsiz Avstriya-Vengriya armiyasini qutqarish uchun Germaniya sharqiy frontga yordamga kelishga majbur bo‘ldi.
Birinchi jahon urushi davrida Britaniya armiyasi o‘zining uzoq tarixidagi eng katta va eng qiyin urushni olib bordi. Fransiya va Germaniya qo‘shinlaridan farqli o‘laroq, Britaniya armiyasi to‘qnashuv boshlanganda faqat ko‘ngillilardan iborat edi. Bundan tashqari, Britaniya armiyasi fransuz va nemis hamkasblaridan ancha kyosh va tajribasiz edi. Uiltzir polkining askarlari, Tipval yaqinida, 1916-yil 7-avgust, Somma jangi paytida jangda qatnashishgan. Birinchi jahon urushi davrida to‘rtta ingliz qo‘shinlari mavjud edi. Birinchisi muntazam armiyaning taxminan 247 ming askarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi Britaniya imperiyasini garnizon qilish uchun 210 ming zaxira va 60 ming qo‘shimcha zaxira uchun xorijga, asosan, Fransiyaga yuborilgan. Ushbu komponent Fransiyada xizmat qilish uchun tashkil topgan va eski qabul qiluvchilar nomi bilan mashhur bo‘lgan Britaniya Ekspeditsiya Kuchlarining (BEF) asosini tashkil etdi. Ikkinchi armiyani dastlab uy mudofaasiga ajratishgan, ammo doimiy armiya urushning dastlabki janglarida katta yo‘qotishlarga uchraganidan so‘ng, BEFni kuchaytirish uchun ishlatilgan taxminan 246 ming kishilik teritorial kuchlar tomonidan ta'minlandi. Uchinchi armiya - Kitchener armiyasi, 1914-1915-yillarda Lord Kitchenerning ko‘ngillilarni chaqirgan chaqirig‘iga javob bergan va 1916-yilda Somma jangida harakatga kirgan kishilardan iborat edi. To‘rtinchi armiya bu mavjudlarni chaqiriluvchilar bilan kuchaytirish orqali vujudga keltirish edi. Majburiy xizmat 1916-yil yanvarda joriy qilindi. 1918-yil oxiriga kelib, Britaniya armiyasi o‘zining maksimal kuchiga yetib, 3 820 000 kishini tashkil etdi va 70 dan ortiq bo‘linmalarga ega bo‘ldi. Buyuk Britaniya armiyasining katta qismi Germaniya imperiyasiga qarshi Fransiya va Belgiyada G‘arbiy frontdagi asosiy urush sahnalarida kurashgan. Ayrim bo‘linmalar Italiya va Salonika bilan Avstriya-Vengriya va Bolgariya armiyasiga qarshi, boshqa qismlar esa Yaqin Sharq, Afrika va Mesopotamiyada, asosan Usmonli imperiyasiga qarshi kurash olib borishgan va bitta batalyon Yaponiya armiyasi bilan Xitoyda qamal paytida jang qilgan. Urush armiya qo‘mondonlari uchun ham muammolarni keltirib chiqardi, chunki 1914-yilgacha BEF tarkibida xizmat qilgan generallar tarkibidagi eng katta yoqotishlar bo‘ldi. Britaniya armiyasining kengayishi natijasida bir necha yil ichida ba'zi zobitlar brigadan korpus komandirigacha ko‘tarilishdi. Armiya qo‘mondonlari ham ishlab chiqarilgan yangi taktika va qurol-yarog‘ bilan tanishishlari kerak edi. Manevrdan xandaq urushiga o‘tish bilan piyoda askarlar ham, artilleriya ham birgalikda ishlashni o‘rganishlari kerak edi. Hujum paytida va mudofaada ular temir yo‘l chizig‘ini himoya qilish uchun kuchlarni birlashtirishni o‘rgandilar. Keyinchalik urush, pulemyot korpusi va tank korpusi jang tartibiga qo‘shilganda, ular yangi taktik doktrinaga ham qo‘shildi. Frontdagi erkaklar ta'minot muammolari bilan kurashishlari kerak edi oziq-ovqat tanqisligi bor edi;nam va kalamush bilan yuqadigan sharoitda kasallik keng tarqaldi. Dushman harakati bilan bir qatorda ko‘plab askarlar yangi kasalliklar bilan hisoblashishga majbur bo‘ldilar. 1918-yil noyabr oyida urush tugagach, Buyuk Britaniya armiyasi, dushmanning harakati va kasalligi natijasida 673,375 kishi halok bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan, yana 1643 469 kishi yaralangan. Mojarolar tugagandan so‘ng demobilizatsiyaga shoshilish Britaniya armiyasining kuchini sezilarli darajada pasaytirdi, uning 1918-yildagi 3.820.000 kishidan iborat bo‘lgan kuchidan 1920-yilgacha 370.000 kishini tashkil qildiGermaniya dengiz qo‘mondonligi ingliz flotini qismlarga bo‘lib tor-mor qilish rejasini ishlab chiqdi. 1916-yil 31-may 1-iyun kunlari Yutlandiya qirg‘oqlarida ikkala flotlarning qudratli krayserlari to‘qnashdi. Inglizlarning kemalari baland kelganligi sababli nemis floti qo‘mondoni Scheer zudlik bilan o‘z bazalariga chekinish to‘g‘risida buyruq berishga majbur bo‘ldi. Jangda inglizlar 14 ta kemalarini yo‘qotdi, nemislar esa 1 ta, ammo jang inglizlar foydasiga hal bo‘ldi. Shu jangdan keyin nemis flotining asosiy kuchlari urush oxirigacha ochiq dengizda boshqa ko‘rinmadi.
Ruminiyaning urushga qo‘shilishi jarayoni ham muhim voqea edi. Janubi-g‘arbiy frontda rus qo‘shinlarining g‘alabasi tasiri ostida 1916-yil 28-avgust kuni Ruminiya Antanta tomonidan urushga o‘tdi. Buxarestda tuzilgan maxfiy shartnomaga ko‘ra Antanta davlatlari Ruminiyaga Transilvaniya, Bukovinaning bir qismini va Banatni qo‘shib berishni va’da qildilar. 1917-yili Yunoniston ham Antanta tomonidan boshqariladigan urushga ko‘chirildi. Urushning yakuniy bosqichiga kirdi. 1917-yil bahorda Antanta davlatlari urushda burilish yasash uchun samarasiz harakat qildilar. Urushayotgan tomonlarning holdan toyganligi aniq bo‘lib qolgan edi. Urushning boshidagi vatanparvarlik hissiyotlari urushga qarshi kayfiyat bilan, xalqlarni qonli va besamar urush e’lon qilingan hukumatlarga qarshi g‘azab bilan almashdi.



Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling