Birinchi jahon urushi borishi va yakuni Mundarija Kirish Asosiy qism I. Bob Yevropada urishning yetilib borishi


Kurs ishining maqsadi va vazifalari


Download 72.45 Kb.
bet2/7
Sana23.06.2023
Hajmi72.45 Kb.
#1651673
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-jaxon urushi

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi birinchi jahon urushi voqelarini chuqur yoritish, ro‘y bergan voqealarni asoslab dalillar orqali izohlash, urushayotgan davlatlar o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlarni ochib berish va boshqa maqsadlarni ko‘zda tutadi. Chuqurroq tahlil qilganda birinchi jahon urushi davlatlar siyosiy, iqtisodiy, harbiy holatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Birinchi jahon urushi haqida gapirilganda bu jarayonlar faqatgina Yevropa hayotiga ta’sir qilibgina qolmasdan butun dunyo taqdirida katta rol o‘ynadi. Bu kurs ishiga doir faktlar juda ko‘p ularni o‘rganish va tadqiq qilish kurs ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Bu davrga oid materiallar, kitoblar, turli hil ma’lumotlar asosida olib boriladi. Shuningdek bu kurs ishidan ko‘zlangan yana bir yondosh maqsad bu urushning daxshatli manzaralarini ochib berish orqali urush degan baloni jamiyat hayotidagi inqirozga olib keluvchi va odamzod hayotini izdan chiqaruvchi holat ekanligini ko‘rsatishdan ham iborat.
Kurs ishining amaliy axamiyati. Birinchi jahon urushini yoritishning amaliy axamiyati bu xalqlar hayotidagi urush asoslarini chuqur o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Kurs ishining ilmiy yangiligi jahon urushi sabalarini,ro‘y bergan voqealarni yangi tadqiqotlar asosida shakllantirish,turli xil manbalardan foydalangan holda tarixiy voqelikka yondashish yangi texnolgiyalar asosida o‘rganilgan ma’lumotlar dalilarni ommaga taqdim qilishdan iborat.
Kurs ishining davriy chegarasi. Birinchi jahon urushi davri 1914-1918-yillar davomida ro‘y bergan voqealarni o‘z ichiga oladigan bo‘lib, bu davrda roy bergan voqealarni yoritishni ko’zda tutadi.
Kurs ishining tuzilishi. . Kurs ishi kirish, ikki bob, 5ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Bu ishining umumiy hajmi 27 betni tashkil etadi.

I bob . Yevropada urushning yetilib borishi.
1.1 Antanta va To‘rtlar ittifoqining tashkil topishi
Birinchi jahon urushidagi barcha urushayotgan davlatlar o‘z manfatlari uchun kurashdi. Birinchi jahon urushida dunyoning turli hududlaridan 36 davlat ishtirok etdi. Harbiy strategiya, balki diplomatik urush ham edi bu. Dastlab urushninng asosiy tashkilotchisi va aybdori bo‘lgan Germaniyaga to‘xtaladigan bo‘lsak, xo‘sh, Germaniyaning davolari qanday edi. Germaniyaning birlashuvi uning iqtisodiy-siyosiy qarashlarini kengayishiga olib keldi.Iqtisodi gullab yashnayotgan Germaniya imperiyasi uchun xomashyo resurslari juda ham zarur edi. Bunday katta extiyojlarni qondirish uchun yangi mustamlakalar kerak edi. Togo , Kamerun va Zanzibarning egallanishi Germaniya imperatori Vilgelm II ga kamlik qilardi.Bo‘lingan dunyoni qayta taqsimlash uchun kurash shu tariqa Birinchi jahon urushiga turtki berdi. Germaniya bu urush orqali bo‘lingan dunyoni qaytadan bo‘lib olish, Yevropada va dunyoda gegemonligni o‘rnatish, asosiy raqiblari Angliya, Fransiya, Rossiya, AQShni kuchsizlantirishni maqsad qilgan edi. Lekin, bir o‘zi yolg‘iz urushga kirolmas edi. Bunga kuchi ham yetmasdi. SHuning uchun urushga kirishdan oldin ittifoqchilar topish zarur edi. Amaldagi mustamlakachilik siyosatidan norozi bo‘lgan Italiya va Avstriya-Vengriya Germaniyaga qo‘shildi. 1879-yil Germaniya va Avstriya-Vengriya o‘rtasida ittifoq tuzildi. 1882-yilda bu ittifoqqa Italiya qo‘shildi. Germaniya bu urushga uzoq tayyorlandi.3 Germaniyanng juda kech birlashganligi uning tashqi siyosatda boshqa davlatlardan ortda qolishiga va juda kam mustamlakalarga ega bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Germaniya shu davolar bilan urushga kirib keldi.
Avstriya-Vengriya imperiyasi ham bu urushga o‘z maqsadlari bilan kirib keldi. Avstriya-Vengriyaning maqsadi birinchi o‘rinda Bolqonda hukumronlikni o‘rnatish edi. Buning uchun esa asosiy raqibi Rossiyani Bolqondan surib chiqarish lozim edi. Rossiya Bolqon yarimorolidagi Avstriya mustamlakalaridagi slavyan xalqlarning milliy ozodlik xarakatlariga ,,ko‘maklashish’’orqali Avstriyani kuchsizlantirishga xarakat qilardi. Shuningdek Avstriya-Vengriya ham Afrikada hududlarga ega bo‘lishni xoxlardi. Uning bu maqsadlari tashqi siyosatda Germaniya maqsadlari bilan chambarchas bo‘g‘liq edi. 1879-yildagi ittifoq rasmiy ravishda kuchlarning birlashishiga imkon berdi.
Italiya ham birinchi jahon urushidan chetda qolmadi. Nima uchun Italiya urushda Germaniyaning ittifoqchisiga aylandi? Chunki Italiya ham mustamlakachilikdagi kuchlar nisbatidan norozi edi. Hammaning yelkasiga quyosh birday nur sochmayotganligi Italiyaning noroziligiga sabab bo‘ldi. 1881 Liviyaning Fransiya tomonidan egallanishi Italiyaning manfatlariga zid edi. Italiya shuningdek Bolqonda ham o‘z siyosiy o‘rniga ega bo‘lishni istardi. Bu sabablar bilan Italiya urushga kirib keldi.Lekin Italiyaning urushdagi pozitsiyasi beqaror bo‘ldi. 1915-yilda ingliz diplomatiyasi 60 mln funtga sotib oldi va urushdan keyin katta mustamlakalar va’da qildi.
Endi etiborimizni himoyada turuvchi davlatlar Rossiya , Fransiya va Buyuk Britaniyaga qaratsak. Rossiya XIX asr oxiri XX asr boshida juda katta mustamlakachilik imperiyasini tashkil qildi. Uning mustamlakachilik siyosati g‘arb davlatlaridan farqli qo‘shib olish orqali olib borilardi. Rossiyaning asosiy raqiblari Avstriya-Vengriya imperiyasi va Turkiya edi. Rossiya amaldagi mustamlakachilik tizimdan ko‘proq foyda ko‘rardi. Jahon urushi sababgina Rossiya Fransiya va Angliya bilan yaqinlashtirdi.4 1907-yilda Rossiya 1904-yildagi Angliya va Fransiya ittifoqiga qo‘shildi. Fransiya birinchi jahon urushi arafqasida ashaddiy raqibi bo‘lgan Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy kuchsizlantirish tarafdori edi. Germaniya Fransiyadan ustun ekanligini fransuz hukumati ham yaxshi tushunar va mustamlakachilik tizimini himoya qilish uchun Britaniya bilan ittifoq tuzish zarurligini anglardi. 1904-yilda imzolangan Antanta bitimi orqali ikki buyuk davlat manfatlari birlashdi. Buyuk Britaniya XX asr boshlariga kelib o‘zining dunyodagi mavqeyini yo‘qotib bordi. Yevropada Germaniyaning iqtisodiy va siyosiy kuchini nazoratda tutish qiyinlashib bordi. Germaniyaning davolari kuchayib borib qit’a doirasida dunyo miqyosiga ko‘tarilishi Britaniyani tashvishga solardi. Fransiya va Britaniya manfatlari bu masallada hamohang bo‘lgani bois bir-birini ko‘rolmaydigan ikki davlat 1904-yilda ittifoqdosh bo‘lishib kelajakdagi urushda bir-birini qo‘llashga kelishib olishdi.
Birinchi jahon urushining yana bir qatnashchisi Yaponiya edi. Lekin uning xarakatlari Yevropadagi urushga umuman daxli yo‘q edi. U Germaniyaga qarshi urush e’lon qilgan bo‘lsada, uning asl maqasadi vaziyatdan foydalanib Yaqin Sharqda o‘z tasir doirasini kengaytirish va Germaniyaning Xitoydagi va Tinch okeani xavzasidagi orollariga ega chiqish edi.

Download 72.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling