Birinchi jahon urushida fransiya reja


 Urushning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri


Download 74.05 Kb.
bet2/6
Sana20.06.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1634613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIRINCHI JAHON URUSHida FRANSIYA

1.1 Urushning mamlakat iqtisodiyotiga ta'siri
XIX va XX asr chegarasida Fransiyada iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarda tub o’zgarishlar ro’y berdi. U dehqonchilik-sanoat mamlakatidan sanoat-dehqonchilik mamlakatiga aylandi. Urush davrida Fransiya sanoati tez sur'at!ar bilan rivojlandi. Sanoatning yangi tarmoqlari, yangi metallurgiya korxonalari, mashinasozlik, elektrotexnika va kimyo zavodlari vujudga keldi. Urushdan keyin sanoat rivoji uchun qo’shimcha imkoniyatlar paydo bo’ldi. Elzas va Lotaringiyaning qo’shib olinishi natijasida fransuz metallurgiya sanoatining kuvvati 1,5 marta oshdi. Temir rudasi qazib olish bo’yicha Fransiya Yevropada birinchi o’ringa chiqdi. Saar ko’mir havzasidan foydalanish huquqi uni 15 yil davomida ko’mir bilan ta'minlar edi. Nihoyat, Germaniyadan olingan 8 milliard marka tovon puli sanoatni texnologiya jihatidan to’la qayta qurish imkonini berdi. Iqtisodiyotdagi o’zgarishlar fransuz jamiyatining ijtimoiy tizimi o’zgarishiga ham sabab bo’ldi. Qudratli banklar paydo bo’ldi, «Mirabo», Rotshildlar oilasi, aka-uka Lazarlar, Vorms,-Malle va boshqalarga qarashli eng yirik banklar o’z sarmoyalarini ko’paytirdilar, natijada ularning mamlakat hayotiga ta'siri kuchaydi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarida «Reno», «Sitroyen», «Pejo», «Simka» kabi ulkan kompaniyalar tashkil topdi.
Ammo mamlakatda katta miqdordagi mayda korxonalar ham saqlanib qolgan bo’lib, ular ham Fransiyaning ijtimoiy-siyosiy hayotida muxim ahamiyatga ega edi. Kichik korxonalar barcha sanoat mahsulotining deyarli 50 foizini ishlab chiqarardi. Qishloqda ham kichik va o’rta hajmli dehqon xo’jaliklari ko’p edi.
Fransuz ishchilari mamlaatda nufuzli siyosiy kuch edilar. Ular uyushgan holda harakat qilar, o’z huquqlari uchun kurashda katta tajriba to’plagan edilar. Ishchilar sinfining asosiy tashkilotlari tez sur'atlar bilan ko’payib bordi. Asosiy kasaba uyushmasi bo’lgan Yalpi Mexdat Konfederatsiyasi (YaMK) a'zolari soni 1920 yilda 2,5 millionga yetdi.
1920 yil 29 dekabrda Fransiya kommunistik partiyasi (FKP) tuzilganligi e'lon qilindi. U 20-30-yillarda so'l kuchlarning demokratiya, tinchlik va ijtimoiy adolat uchun kurashiga boshchilik qildi.
Fransuz burjuaziyasi jamiyatni barqarorlashtirish uchun kurash olib bordi. 1919 yil noyabr oyida Fransiyada urushdan keyingi birinchi parlament saylovlari bo’lib o’tdi. Burjua partiyalari Milliy ittifoq deb nomlangan saylovoldi uyushmasini tuzdilar. Milliy ittifoq bolshevizmga va ijtimoiy tartibsizliklarga qarshi kurash, Versal shartnomasiga qafiy rioya qilish, ya'ni Germaniyani tovon to’lashga majbur etishni o’z vazifasi deb e'lon qildi.
Aholining katta qismi tomonidan qo’llab-quvvatlangan Mshshiy ittifoq katta g’alabaga erishib, Milliy majlisda deputatlik o’rinlarining uchdan ikki qismini qo’lga kiritdi. Burjua partiyalari demokratik va ishchi harakatlariga qarshi kurashda qudratli qurolga ega bo’ldilar.
Natija tez orada namoyon bo’ldi. Milliy ittifoqning birinchi hukumati bolgan Miferan hukumati ishchilar harakatiga qarshi ayovsiz kurash boshladi. 1920 yil may oyida temiryo’lchilar ish tashlashi bostirildi, unga qatnashganlardan 20 kishi ishdan bo’shatildi. Urush davrida qabul qilingan ijtimoiy islohotlar dasturi birinketin yo’q qilindi. Ishchilarga qarshi kurash milliy miqyosdagi surunkali va tinka qurituvchi nizoga aylandi. Bu esa mamlakatda siyosiy beqarorlikka sabab bo’ldi. 14 yil (1919-1933) mobaynida Fransiyada 27 marta hukumat o’zgardi.
1924 yilgi saylovlarda Milliy ittifoqdan chiqqan so'l burjua partiyalari, eng avvalo Eduard Errio boshchiligidagi radikallar partiyasi Sotsialist partiya bilan saylov bitimi tuzdi va So’l ittifoqni tashkil etdi. So’l ittifoq o’z dasturida ijtimoiy sohada ijobiy o’zgarishlar qilish, Milliy ittifoqning xalqqa qarshi qaratilgan tadbirlarini bekor qilish, Sovet Ittifoqi bilan diplomatik munosabatlar o’rnatish, Ger-maniyadan qo’shinlarni olib chiqish va u bilan yarashish, Angliya va AQSh bilan mustahkam aloqalami tiklashni va'da qilgan edi. So’l ittifoq saylovlarda g’olib chiqdi.
So’l ittifoq hukumatini Eduard Errio boshqardi. U Rossiya bilan yaqinlashish, xalqaro muammolarni tinch yo'l bilan hal qilish tarafdori, demokrat va tinchliksevar edi. 1924 yil oktabrida o’ng partiyalarning ashaddiy hamlalariga qaramay Fransiya bilan Rossiya o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi.
So’l ittifoq tashqi siyosatining asosini G’arb davlatlarini yarashtirish va Yevropani birlashtirish tash-kil etar edi. Bunday tashqi siyosat olib borilishida o’n to’rt hukumatda uzluksiz tashqi ishlar vaziri bo’lgan Aristid Brianning (1862-1932) xizmati katta bo'1-di. U muzokaralar va arbitraj vositasida Yevropani birlashtirish yo’lini tutdi. Uni hozirgacha «Yevropaning otasi» deb atashadi, uning g’oyalari Ikkinchi ja-hon urushidan keyin birlashgan Yevropani tashkil etish yo’lida ilk qadam bo’lganligini e'tirof etishadi.
«Milliy birlik» So’l ittifoq uzoq davom etgan xukumatining dasturila mali. 1925 yil aprelida sotsialistlarning qo’llabquv-vatlashidan maxrum bo’lgan Eduard Errio hukumati istefoga chiqdi. So’l ittifoq tarqalib ketdi, o’ng partiyalar esa Milliy majlisda o’zlaricha ko’pchilik ovozga ega emas edilar. Muzokaralar natijasida «Milliy birlik» koalitsion hukumati tuzildi. Unga o’ng partiyalar qatori radikallarning ham bir qancha vakillari kirdi. Hukumatni Raymon Puankare boshqardi.

Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling