Birinchi jahon urushida fransiya reja


-yillar boshida iqtisodiy inqiroz


Download 74.05 Kb.
bet3/6
Sana20.06.2023
Hajmi74.05 Kb.
#1634613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BIRINCHI JAHON URUSHida FRANSIYA

1.2 30-yillar boshida iqtisodiy inqiroz
Fransiyada jahon iqtisodiy inqirozi o’ta og’ir shaklda kechdi Sanoat mahsulotlari hajmi va milliy daromad 1934 yilda 30% ga kamaydi; bir nechta yirik banklar kasodga uchradi, ko’plab yirik zavod va fabrikalar yopildi. Inqiroz ayniqsa to’qi machilik sanoatiga qattiq ta'sir qildi. 1934 yilda ipgazlama fabrikalari inqirozdan avval ishlab chiqargan yalpi mahsulotning atigi 35% ini berdilar, 1935 yidsa esa 135 ta ipgazlama fabrikalari yopildi. Qishloq xo’jaligidagi inqiroz vaziyatni yanada keskinlashtirdi. Dehqonlarning daromadlari ikki baravarga kamaydi, qarzdorliklari esa o’sdi. Qishloq xo’ja-ligi mahsulotlarini sotib olmay qo’ydilar, fransuz vinolari va mevalarining eksporti tushib ketdi. Ko’p-lab dehqon xo’jaliklari sotildi, qishloq mehnatkashla-ri esa shaharlarga intildilar va bu yerdagi ishsiz, boshpanasiz va ochlarning saflarini to’ldirdilar.
Inqiroz mamlakatdagi barcha mehnatkash sinflar-ning moddiy ahvolida aks etdi. Ishsizlar soni 1,5 mln. kishiga yetdi, to’liq ish haftasida band etilma-ganlar soni bundan ham ko’paydi. Shu bilan birga, ish kuni rasman 10-12 soatgacha uzaytirildi, maosh miqdori esa oldingiga nisbatan 40% gacha kamaytirildi. Oziq-ovqat mahsulotlari narxining, soliqlar miqdorining oshishi fransuz xalqining turmush sharoitini yanada qiyinlashtirdi. Inqiroz mamlakatdagi siyosiy beqarorlikni kuchaytirdi va hukumatdagi guruhlar o’rtasidagi kurashning avj olishiga olib keldi. Faqat 1937 yildagina Fransiya sanoati va tashqi savdosi inqirozdan oldingi darajaga qaytdi, biroq 1938 yilda yangi tanazzul boshlandi va u deyarli ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Fransiya iqtisodiy rivojlanishning normal o’zaniga qaytib tusha olmadi.
Inqirozdan shahar aholisining o’rta tabaqalari jiddiy jabr ko’rgani Fransiya uchun muxim ahamiyatga ega bo’dsi. Ma'lumki, bu tabaqalar saylovlarning natijalari va ommaviy harakatlarga jiddiy ta'sir ko’rsatadilar. Mayda shahar burjuaziyasining daromadlari 1929 yildan 1934 yilgacha bo’lgan vaqt davomida 30% ga tushib ketdi. 100 mingdan ortiq mayda savdogar, mayda va o’rta korxonalar, do’konlar, qaxvaxonalarning egalari kasodga uchradilar.
Banklar va ayrim yirik kompanyalarning kasodga uchrashi o’n minglab pul quyuvchilar va hissadorlarni xonavayron qildi. Fransiyadagi siyosiy vaziyat keskin o’zgardi, keng ommaning noroziligi kuchaydi. Bu, jumladan, fransuz burjuaziyasining zamonaviy yirjk partiyalari obro’sining tushishida aks etdi. Ma'lumki, moliyaviy oligarxiya va yirik sanoat monopoliyalarining manfaatlarini ximoya qiluvchi bu partiyalar Fransiyada hukumat tepasiga 1926 yilda kelgan edilar. 1929 yil noyabrdan 1932 yil maygacha mamlakatda 8 hukumat almashdi.
Inqiroz va mehnatkash ommaning o’sib borayotgan noroziligi burjuaziya mafkurasi va siyosatida o’zga-rishlar yasadi. Burjuaziyaning bir qismi davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kuchaytirish zarur, degan xulosaga keldi, iqtisodiyotning davlat tomonidan boshqarilishini yoqlab chiqdi, davlatning iqtisodiyotni rejalashtirish va nazorat qilish idoralarini tuzishni taklif qildi. Ular mehnatkash ommani bu vazifaning bajarilishiga jalb qilish maqsadida ijtimoiy sug'urta tizimini kengaytirish, ishsizlik bo'yi-cha nafaqalar miqdorini oshirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash takliflari bilan chiqdilar. Bu burjuaziya vakillarining qarashlari iqtisodiyotning davlat tomonidan rejalashtirilishi va ijtimoiy sug’urta tizimining kengaytirilishi tarafdori bo’lgan Fransiya sotsialistlarining dasturiga qisman mos kelardi.
Fransiya sotsialistlari banklarni davlat tasarru-figa o’tkazish va ular ustidan davlat nazoratini o’rna-tish, xalq xo’jaligini rivojlantirish rejalarini tuzish, narx-navo va maosh miqdorlarini belgilash xu-quqiga ega markaziy boshqaruv idorasini tashkil etishni taklif qildilar. Shuningdek, ish kunini qisqartirish va mehnatkashlar uchun haq to’lanuvchi ta'tillar-ni joriy etish ham taklif qilindi. Bu burjua doiralari siyosiy arboblarining liberal islohotlar dasturi bilan mos keluvchi dastur bo’lib, ular birgalikda Fransiyaning 30-yillar siyosiy hayotidagi nufuzli liberal yo’nalishning asosini tashkil qildilar,
Burjua islohotchilarining yana bir guruhi demo-kratik erkinliklarni cheklash va «kuchli hokimiyat»ni qaror topdirish maqsadida konstitutsiyaning qayta ko’rilishini talab qildilar. Sobiq bosh vazir Tarde parlament huquqlarini cheklash va prezidentning va-kolatlarini kengaytirishni tavsiya qildi. Bu burjua-ziyaning o’z imtiyozlari va daromadlarini kuchli markazlashgan hokimiyat yaratish yo’li bilan saqlab qolishga uringan konservator guruhi edi. Ikkala yo’nalish vakillari-liberallarning ham, konservatorlarning ham maqsadlari bir-mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tartibni saqlab qolish bo’lib, faqat bunga erishish yo’llarigina boshqa edi. 1932 yil mayidagi saylovlar Fransiyaning inqirozning ikki yili davomida so’lga qarab burilganini ko’rsatdi. Saylovlar sotsialistlar va radikal-sotsialistlar blokiga g’alaba keltirdi. Yangi hukumatni yana Eduard Errio boshqardi. Deputatlar palatasidagi 594 o’rindan 386 tasini so'1 blok vakillari olib, o’z dasturlarini amalga oshirish imkoniyatini qo’lga kiritdilar. Biroq, ular bu imkoniyatni boy berdilar. o’ng doiralar so'1 hukumatga qarshi kuchli hujumni avj ol-dirdilar va bu hukumatning normal faoliyat ko’rsati-shiga imkon bermadi. E. Errio hukumati bor-yo’g’i 6 oy ishlab, iste'fo berishga majbur bo’ldi. 1932 yil dekabridan 1934 yil yanvariga qadar Fransiyada so'1-larning 5 hukumati almashdi va ularning har biri uch oydan oz hukm surdi. Ularning eng so’nggisi Eduard Dalade (1884-1970) hukumati bo’ldi.

Download 74.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling