Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»


Iqtisodiy qiyinchiliklarning Yaponiyaga ta’siri


Download 72.28 Kb.
bet4/9
Sana04.10.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1691528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya

Iqtisodiy qiyinchiliklarning Yaponiyaga ta’siri. Yaponiyaga ta’sir ko‘rsatgan 1927 yilgi iqtisodiy tushkunlik faqat yapon tovarlarining Xitoyda boykot qilinishi bilan bog‘liq emasdi. Asosiy muammo yapon tovarlarining sifati past, raqobatbardosh emasligi sababli bozorlardan siqib chikarilishida, buning na­tijasida eksportning keskin pasayishi va ko‘plab banklarning xonavayron bo‘lishida edi. Bunday sharoitda tadbirkorlar odaddagi usullarni qo‘lladi: ishchilarga ish haqini pasaytirdi, mexnat intensivligini oshirdi, hukumatdan yangi subsidiyalar talab qildi.
Iqtisodiy ahvolning yomonlashuvi hukumatning almashinuviga olib keldi, ammo Shiti Tanaka boshchiligidagi yangi hukumat ham Shandunga qo‘shin jo‘natib, ahvolni yaxshilashga erisha olmadi. Bundan tashkari, qo‘shinning chet davlat hududida joylashtirilishi yangi xarajatlarni talab qildi. 1929 yili hukumat qo‘shinni chaqirib olishga majbur bo‘ldi va bu Tanakaning iste’fosiga sabab bo‘ldi.
1929 yili boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Yaponiyaga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqiroz yapon kapitalizmining iqtisodiy kuchsizligi va nisbatan qoloqligini namoyish qildi. Bu 1923 yilgi daxshatli zilzila oqibatlari va 1926-1927 yillardagi moliyaviy inqirozlar, shuningdek, sanoatdagi inqirozning doimiy ravishda qishloq xo‘jaligidagi muammolar bilan ko‘shilib ketishi natijasida yanada og‘irlashdi. Inqiroz natijasida 1929-1931 yillari sanoat mahsulotlarining umumiy qiymati 7,4 mlrd dan 5 mlrd iengacha (32% ga) tushib ketdi.
Ma’lumki, inqiroz boshlanishi bilan AQSh va yirik Yevropa davlatlari o‘z ichki bozorini himoya qilish maqsadida chet el tovarlariga boj tariflarini oshirdi. Bu o‘zining keng ichki bozoriga ega bo‘lmagan Yaponiyani og‘ir ahvolga solib qo‘ydi: 1930 yili eks­port hajmi ikki barobar kamayib ketdi.
Ayniqsa 1930 yilgacha eksportning 1/3 kismini tashkil qilgan yapon ipagini AQShga eksport qilishning keskin qisqarishi halokatli oqibatga olib keldi. Sanoat ishlab chiqarishi darajasi tushib ketdi, og‘ir sanoatda davlat buyurtmalari hajmi ikki baro­bar qisqardi, ommaviy bankrotlik boshlandi. Ayniqsa ko‘mir qazib chiqarish va kemasozlik sanoati keskin qisqardi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxining pasayishi natijasida dehqonlarning daromadi tushib ketdi va ichki bozor yanada toraydi.
Jahon iqtisodiy inqirozi Xitoyda Gomindanning pozitsiyasi kuchayishi bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Bu yapon kapitali faolligini pasaytirdi va Yaponiyada iqtisodiy muammolarni yanada chuqurlashtirdi. 1929 yilgi jahon iqtisodiy inqirozi ancha uzoq muddatga yapon jamiyatida demokratizatsiyalash jarayonining tugatilishiga olib keldi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling