Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»
Yaponiya Ikkinchi jaxon urushi yillarida
Download 72.28 Kb.
|
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya
Yaponiya Ikkinchi jaxon urushi yillarida. AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlar o’zlarining «aralashmaslik» siyosati bilan amalda Yaponiya tajovuzini rag’batlantirdi va bu tajovuz oxir- oqibatda Yaponiya bilan SSSR o’rtasida urushga olib keladi, deya umid qilishdi. 1938 yil yozda yapon qo’shinlari Xasan ko’li atrofida (Vladivostok yakinida) sovet hududiga bostirib kirishga urindi, ammo shiddatli janglardan so’ng chekinishga majbur bo’ldi. 1939 yil yozida yapon armiyasi Mo’g’uliston hududiga bostirib kirib (SSSR bilan Mo’g’uliston o’rtasida o’zaro yordam to’g’risida shartnoma 1936 yili imzolangan edi), yana mojaro uyushtirdi. Sovet va mug’ul qo’shinlari. Xalxin Gol daryosi bo’yida yaponlarni qaqshatqich mag’lubiyatga uchratdi va Yaponiyaning SSSRga qarshi urushga tayyor emasligini ko’rsatib berdi.
1941 yil iyunda Germaniya SSSRga hujum qilgandan so’ng Yaponiya sovet chegarasi bo’ylab joylashgan Kvantuy armiyasini kuchaytira boshladi. Ular Sovet Ittifodi G’arbda mag’lubiyatga uchragandan so’ng Sharq tomondan bostirib kirishni mo’ljallayotgan edi. Ammo nemis qo’shinlarining Moskva ostonalarida tor-mor qilinishi yaponlarning bu rejasi homhayol ekanligini ko’rsatdi. Natijada Yaponiya tajovuzining asosiy yo’nalishi Janubi- Sharqiy Osiyo bo’lib oldi. Bundan tashqari, Shimoli-Sharqiy Xitoydagi urushning cho’zilib ketishi bu hududning resurslaridan foydalanish rejasini ham yo’qqa chiqardi. 1940 yili Yaponiya tomonidan kelayotgan xavfni anglagan AQSh yaponlarga Xindixitoydan neft yetkazib berishga embargo e’lon qildi va bu Yaponiya uchun qo’shimcha qiyinchilik tug’dirdi. Shu sababli 1940 yili Germaniya Fransiya va Gollandiya hududini bosib olgandan so’ng Konoe hukumati qulay sharoitdan foydalanib qolishga, ularning mustamlakalari - Indoneziya va Xindixitoyni zabt etishga intildi va Xitoy qatori ularni ham «hamkorlikda gullab-yashnash buyuk Sharqiy Osiyo hududi»ga qo’shishni rejalashtirdi. 1940 yil kuzida Yaponiya hukumati Xindihitoydagi fransuz ma’muriyatiga bu yerga yapon qo’shinlarini kiritish va harbiy bazalarni Yaponiyaga berish talabini qo’ydi, fransuzlar talabni qabul qilishga majbur bo’ldi. 1940 yil 27 sentabrda Yaponiya Germaniya va Italiya bilan SSSR, AQSh va Buyuk Britaniyaga qarshi qaratilgan harbiy ittiqoq («Uchlar ittifoqi») tuzdi. Ayni paytda Yaponiya 1941 yil aprelda SSSR bilan neytralitet to’g’risida shartnoma imzoladi. Natijada Tokio asosiy harbiy harakatlarni janubi-sharqiy yo’nalishda davom ettirishga qaror qildi. Mustamlaka qo’shinlarini va Buyuk Britaniya flotini mag’lubiyatga uchratib, yaponlar qisqa vaqt ichida Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarining barchasini bosib oldi va Xindiston chegaralariga yetib keldi. 1941 yil oktabrda Yaponiya hukumatini harbiylarning eng jangari qismi va yirik monopoliyalar vakili general Todze boshqardi. AQShga hujum qilish uchun tayyorgarlik boshlandi va AQSh - Yaponiya munosabatlarini tartibga solish bo’yicha muzokaralar davom etayotganiga qaramasdan, 1941 yil 7 dekabr kuni Yaponiya floti to’satdan, urush e’lon qilmasdan AQShning Perl-Xarbordagi (Gavay orollari) harbiy-dengiz kuchlari bazasiga hujum qildi. Urushning birinchi bosqichida • ustunlik Yaponiya tomonida bo’ldi. Yangi Gvineyaning bir qismini, Filippinni, Tinch okeanidagi ko’plab orollarni bosib olgan Yaponiya, 1942 yili umumiy maydoni 3,8 mln kv km bo’lgan hududni (ilgari zabt etilgan Xitoy va Koreya xududlaridan tashqari) zabt etdi. Yapon qo’shinlari xarbiy asirlar va zabt etilgan xududlar axolisiga nisbatan o’ta shafkatsizlik namoyish qildi, bu Ikkinchi jaxon urushi tugagandan keyin xam ancha vaqt Sharqiy Osiyo xalqlari va hukumatlari tomonidan Yaponiyaga nisbatan yomon munosabatning saqlanib qolishiga sabab bo’ldi. Biroq tez orada yapon qo’mondonligining strategik xatolari ochilib qoldi. Qo’mondonlik dengiz urushida avianoses (samolyotlar uchishi va qo’nishi uchun mo’ljallangan xarbiy kema) va suv osti kemalarining ro’lini yetarli baxolay olmadi, oqibatda Marjoy dengizida (1942 yil may), Miduey oroli yonida (1942 yil iyun), Solomon orollari yonida (1943 yil sentabr - 1944 yil mart) bo’lgan janglarda yapon floti og’ir mag’lubiyatga uchradi. Sa’noat xarbiy extiyojlarni to’liq ta’minlay olmadi va janglarda yo’qotilgan texnikaning o’rnini to’plashning ham iloji bo’lmadi. Hatto yirik shaxarlarning ham harbiy-havo xujumidan samarali himoyasi tashkil qilinmadi va 1944 yili Filippindan yaponlar quvib chiqarilgach, u yerda joylashtirilgan AQSh aviatsiyasi Tayvan, Okinava va Yaponiyaning o’zini xam shiddatli bombardimon qila boshladi. Bombardimonlar va ular oqibatida kelib chiqqan yong’inlar tufayli Tokio shaxrining 2/3 qismi yo’q qilindi, mamlakatning 206 ta yirik shaxarlaridan 97 tasiga Tokioning taqdiri nasib qildi. Biroq Yaponiya taslim bo’lishni o’ylamas, urushni davom ettirayotgan edi. 1945 yil bahorda Okinava uchun boshlangan janglarda AQSh va Buyuk Britaniya shunga amin bo’ldi. Jangda ittifokchilar shunchalar katta talafot ko’rdiki, o’z qo’shinlarini bevosita Yaponiya hududiga tushirishdan voz kechib, bu ishni 1946 yil o’rtalariga rejalashtirdi. Sovet Ittifoqi 1945 yil martda Yaponiya bilan hujum qilmaslik to’g’risidagi shartnomani denonsatsiya qildi va 1944 yil Qrim uchrashuvida qabul qilingan o’z majburiyatlarini ittifoqchilar oldida bajara borib, o’z qo’shinlarini sharqqa o’tkazdi va 1945 yil 9 avgust kuni Kvantuy armiyasiga qarshi urush xarakatlarini boshladi. AQSh 1945 yil 6 va 9 avgust kunlari Xirosima va Nagasaki shaxarlariga atom bombalarini tashladi, o’n minglab asosan tinch axoli xalok bo’ldi. Yaponiyaga atom bombalarining tashlanishi xarbiydan ko’ra ko’proq siyosiy armiyaga ega bo’lib, u AQShning qudratini namoyish qilishi lozim edi. Shundan so’ng Yaponiya armiyasi qiska muddat ichida tor-mor qilindi, 14 avgustda imperator Yaponiyaning so’zsiz taslim bo’lganligi to’g’risida e’lon qilishga majbur bo’ldi. Taslim bo’lganlik haqidagi akt 1945 yil 2 sentabr kuni AQShning «Missuri» linkorni bortida imzolandi. * * * Osiyo mamlakatlari ichida birinchi bo’lib kapitalistik taraqqiyot yo’liga kirish, nisbatan ilg’or sanoatni yaratish Yaponiyaga XX asrning birinchi yarmida tajovuzkor davlatlarning dunyoni qayta bo’lish uchun kurashida ishtirok etish imkonini berdi. Ikkinchi jaxon urushida Yaponiyaning tor-mor qilinishi uning Osiyoda hukmronlik qilishga bo’lgan da’vosining puch ekanligini ko’rsatdi. Download 72.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling