Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya Reja Yaponiya iqtisodining «oltin davri»


Download 72.28 Kb.
bet8/9
Sana04.10.2023
Hajmi72.28 Kb.
#1691528
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Birinchi jahon urushidan keyin Yaponiya

Totalitar rejimning kuchayishi. 1939 yil boshida Yaponiyada hokimiyatga Xiranuma hukumati kelib, yanada qat’iy kureni boshladi. 1939 yil mayda hukumat Xitoyga bosimni kuchaytirdi, G’arb davlatlaridan Yaponiyaning Shanxayni settelmentga aylantirish xuquqi tan olinishini talab qildi, bu esa ochiq mojaroga olib keldi, jumladan, yapon-amerika savdo shartnomasi bekor qilindi.
1939 yil sentabrda Ikkinchi jaxon urushi boshlanishi bilan Yaponiya mojaroda «qatnashmaslik siyosatini» e’lon qildi. Yaponlar 1940 yil mart oyida Xitoyda Van szinvey qo’g’irchoq hukumatini tuzgan bo’lib, shu davlat muammolari bilan band edi. Yaponiya Yevropadagi urush xarakatlarini diqqat bilan kuzatib bordi, u yerda aniq Germaniyaning qo’li baland kelayotgan edi.
1940 yil iyunga kelib butun G’arbiy Yevropada Gitler hukmronligi o’rnatildi, Fransiya tormor qilindi va taslim bo’ldi, Angliya fashistik davlatlarga qarshi yolg’iz qoldi. Bu hol Yaponiyani Osiyoda, xususan, Fransiya taslim bo’lgandan so’ng Vishi ma’muriyatining ta’siri kuchsiz bo’lgan Xindixitoyda yanada qat’iy xarakatlarga chorlayotgan edi.
1940 yil iyulda Konoening ikkinchi xukumati tuzildi: Yaponiya­da xarbiy extiyojlarga mos ravishda butun siyosiy tizimni keng miqyosli qayta qurish boshlandi. Bundan oldin mafkuraviy qayta tuzish amalga oshirildi - aynan shunda xukumat «xamkorlikda gullab-yashnash buyuk Sharkiy Osiyo xududini»ni yaratish rejasi xaqida e’lon qildi. Bunday rejaga Yaponiya bilan Manchjou Go o’rtasidagi munosabat namuna bo’lishi lozim edi. Konsepsiya Yapo­niya tajovuzi uchun asos bo’ldi va Ikkinchi jaxon urushi yillari rasmiy doktrina hisoblandi. Bo’lg’usi ta’sir zonasiga Xitoy, Fransiyaga qarashli Xindixitoy mamlakatlari, ingliz mustamlakalari bo’lgan Birma va Malayya, Gollandiyaga qarashli Indoneziya, AQShga qarashli Filippin kirishi lozim edi. Bu mintaqalar Yapo­niya tajovuzining asosiy yo’nalishlari bo’ldi.
1940 yil sentabrda «uchlar pakti» imzolandi (Italiya va Germaniya bilan) - Yaponiya tajovuz yo’lini uzil-kesil tanladi. 1941 yil aprelda SSSR bilan neytralitet to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma Yaponiyaning Xitoyni to’liq bosib olishi va Janubiy Osiyo mintaqasini o’z ekspansiyasining asosiy yo’nalishiga aylantirishini belgilab berdi.
Bu paytga kelib mamlakatda totalitar rejim shakllanib bo’ldi. Parlament demokratiyasining barcha artibutlari yo’q qilindi: siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari tarqatib yuborildi, saylovlar bekor qilindi, parlament o’z rolini yo’qotdi, Konstitutsiya bi­lan kafolatlangan barcha demokratik erkinliklar bekor qilindi.
Siyosiy partiyalar o’rniga 1940 yili yagona «Taxtga yordam assotsiatsiyasi» va joylarda uning filiallari tuzildi; barcha ommaviy axborot vositalari nazorat ostita olindi, matbuot va radio ustidan qat’iy senzura o’rnatildi.
1940 yil kuzdan «vatanga xizmat jamiyatlari» deb ataluvchi tashkilotlar tuzilib, ularga o’qituvchilar, jurnalistlar, yozuvchilar, musiqachilar, madaniyat arboblari va intellektual mexnatning boshqa soxalari vakillari majburiy ravishda a’zo qilindi. Tarqatib yuborilgan kasaba uyushmalari o’rniga ham huddi shu turdagi «jamiyatlar» tuzildi.
Hokimiyat qayta tiklangan «qo’shnilar jamoalari» tizimi orqali fuqarolar ustidan to’lik ijtimoiy va siyosiy nazorat o’rnatdi. Bu jamoalar kishilarning yashash joylarida tuzilib (bizdagi makalla singari), oziq-ovqat va keng iste’mol mollariga talonlarni bo’lish, metallolom yig’ish, harbiy zayomlarga obunani tashkil qilish kabilar bilan shug’ullanadi.
«Jamoat xotirjamligini himoya qilish to’g’risida»gi qonun yanada qat’iylashtirildi, 1941 yili esa yanada shafqatsiz «Milliy mudofaani ta’minlash to’g’risida» qonun qabul qilinib, hatto «ijtimoiy tartibga zarar yetkazuvchi» axborotni tarqatganlik uchun qatorga jazosi belgilandi.
Iqtisodiyot to’liq davlat manfaatlariga bo’ysundirildi. Har bir soxada «Nazorat assotsiatsiyasi» tuzildi - hukumat amaldorlari ular orqali buyurtmalarni bo’lish, narxlarni o’rnatish, resurslar bilan ta’minlash kabi muammolarni hal silardi. Bu SSSRdagi sanoat vazirliklarining analogi edi. Varna resurs­lar - eng avvalo import orqali keltirilayotgan xomashyo va yonilg’i, metallolom to’liq davlat nazorati ostiga olindi. Yaponiyada urush va qamal xolati uchun bu maxsulotlarning strategik zaxirasi yaratila boshlandi.
Dehqonlar uchun ham shunday tizim yaratildi: ularning qanday maxsulot va qancha yetishtirishi, qachon va kimga, qanday narxda topshirishi belgilab qo’yildi. Yaponiyada qat’iy mexnat rejimi o’rnatildi: 14 soatlik ish kuni belgilandi, hokimiyat ish xaqqini pasaytirish, ma’muriy nazoratni kuchaytirish, majburiy mexnatga jalb qilish xuquqini oldi, o’zboshimchalik bilan ishdan ketish yoki boshqa ishga o’tish taqiqlandi.
Mafkura soxasida «kokutay» konsepsiyasining to’liq hukmronligi o’rnatildi faqat yapon millatining ibodati va ezilgan Osiyo xalqlarini ozod qilish bo’yicha Yaponiyaning buyuk vazifasi hamma joyda majburiy o’rgatildi. Bularning hammasi rejimni mustahkamladi va axolining qo’llab-quvvatlashini ta’minladi. Umuman totalitar hokimiyat tizimi bo’lg’usi urush sharoitida favqulodda samarali ekanligini ham isbotladi.

Download 72.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling