Birinchi “killer”lar guruhi – Hashshoshiylar yoki Assasinlar aslida kim bo‘lgan?
Download 20.83 Kb.
|
hashshoshiylar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu xanjarni yuragingga sanchishimiz ham mumkin edi. Lekin sening o‘lishingni istamaymiz. Shuni bilki, ajal bizning qo‘limizda”.
Hashshoshiylarning hiylasi
Assasinlar o‘z dushmanlarida qo‘rquv uyg‘otish uchun jinoyat joyidan qochishmagan. Bu ularning o‘limdan qo‘rqmasligini ko‘rsatgan. Hashshoshiylar o‘lgach, to‘g‘ri jannatga tushishlariga ishonishgan. Hasan ibn as-Sabbox Alamut qal’asida 75 yoshida vafot etdi. Lekin bu bilan Hashshoshiylar yo‘q bo‘lib ketmadi. Ibn Sabboxning vafotidan so‘ng, Rashididdin Sinon Assasinlarga yetakchi bo‘ldi. Shundan keyin ular yanada kuchga to‘ldi. Saljuqiylar davlati qulagach, Assasinlar uchun yangi bir dushman paydo bo‘ldi. Bu odam Salohiddin al-Ayyubiy edi. Salohiddin Misrni fath etgach, ismoiliy yo‘nalishini taqiqlab, unga e’tiqod qiluvchilarni qatl qildirdi. Uning bu ishlaridan g‘azablangan Sinon Salohiddinga bir necha bor maktub yozib, undan bu ishlarni to‘xtashini so‘radi. Biroq Misr hukmdori Sinonning bu gaplarini rad etib, hozirgi Suriya hududidagi Hashshoshiylarning qal’asiga hujum qildi. Salohiddin al-Ayyubiyning qilgan ishlari uchun javob berish vaqt kelganini tushungan Rashididdin Sinon bir reja tuzadi. Ayrim tarixchilarning ta’kidlashicha, Salohiddin al-Ayyubiy bir kuni tongda uyg‘onsa, yonidagi xontaxtaga sanchib qo‘yilgan bir xanjarni ko‘radi. Xanjarning ostida bir parcha qog‘oz bo‘lib, unda shunday yozilgan edi: “Bu xanjarni yuragingga sanchishimiz ham mumkin edi. Lekin sening o‘lishingni istamaymiz. Shuni bilki, ajal bizning qo‘limizda”. Hashshoshiylar Salohiddin al-Ayyubiyni bekorga tirik qoldirmagan. Chunki o‘sha vaqtda Salohiddin Islom dinining himoyachisi deb e’lon qilingandi. Assasinlar Misr hukmdori bilan kelishib, yagona dushman nasroniylarga qarshi kurash olib borishdi. Hashshoshiylar uchun eng katta muammo Sharqdagi nasroniy qirollari edi. Qirol Konrad Assasinlar joylashgan ko‘plab qal’alarni zabt etdi. Sinonning buyrug‘i bilan ikki Hashshoshiy rohib ko‘rinishiga kirib, kechasi qirolni o‘ldirib ketishadi. Ayrim tarixchilarning ta’kidlashicha, Sharqdagi nasroniy hukmdorlar o‘z jonlari uchun Assasinlarga tovon puli to‘lab turgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Hashshoshiylar oltita vazir, uchta xalifa, o‘nlab shahar hukmdorlari va ruhoniylarni hamda qirol Raymund II, Monferratlik Konrad kabi bir qancha Yevropa hukmdorlarini yo‘q qilishgan. 1250 yilda Chingizxonning nabirasi Hulogu katta qo‘shini bilan G‘arbiy Fors hududlariga bostirib kirdi. Hulogu zaiflashib qolgan Alamut qal’asini vayron qildi. Keyinchalik, 1273 yilda Misr sultoni Beybars I Suriyaning tog‘li hududlarida Hashshoshiylarning so‘nggi boshpanasini vayron qildi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, Assasinlar 1250 yilda Alamut qal’asi qulagandan so‘ng, o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Download 20.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling