Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari


Download 245.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana28.12.2022
Hajmi245.43 Kb.
#1010004
  1   2   3
Bog'liq
мус



5-Mavzu:1-2 sinflarda musiqa madaniyati darslarini zamonaviy yondashuvlar
asosida tashkil etish

 
1.Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari 
Birinchi sinf o‘quvchilariga xos xususiyatlar quyidagilar: 
1) To‘liq shakllanmaganlik, organizmining nozikligi; bir xil holatda turish, 
bir xil faoliyat bajarish jarayonida, o‘qituvchining ohangsiz nutqi, darslarning bir 
qolipda o‘tilishidan tez charchab qolishlari; diqqatlarining tarqoqligi; 
2) 
aqliy faoliyat jarayonida yo‘naltirilganlik, tizimlilik malakalarining 
yetishmasligi; yorqin xotira; 
3) erkin diqqatlarining ko‘lami torligi (shuning uchun dars 
jarayonida tez-tez faoliyatlarni o‘zgartirib turish kerak); 
4) Aniq va yorqin obrazli tasavvurga ega bo‘lishlari; 
5) o‘yinga moyillik: eng murakkab materiallar ham o‘yin orqali yengil 
o‘zlashtiriladi. O‘yin o‘quvchilarning tasavvurlari, diqqati, xotirasi hamda ijodiy 
qobiliyatlarini rivojlanishini faollashtiradi. 
Kuzatishlarimizga ko‘ra, birinchi sinf o‘quvchilarining bilim darajalari bir 
tekis bo‘lmaydi. Ayrim bolalar bemalol musiqani boshidan oxirigacha tinglay 
oladi, qo‘shiqlarni sof intonatsiyada kuylaydi, ayrim bolalar esa aksincha tinglash 
va to‘g‘ri kuylash haqida tasavvurga ham ega bo‘lmaydilar. Ayrim bolalar 
maktabga kelgunlariga qadar, musiqa to‘garaklariga qatnashgan va maktabgacha 
ta’lim muassasalarida musiqiy tarbiya olgan bo‘ladilar.
Ayrim bolalar musiqiy muhitda tarbiyalangan bo‘lsalar, ba’zilari umuman 
musiqadan bexabar bo‘ladilar. Shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, birinchi 
sinf o‘quvchilari har xil xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Shunga qaramay, biz 
ularning ayrim umumiy qiyofalarini sanab o‘tamiz: 
1. Musiqani idrok etish borasida ular qo‘shiq, marsh va raqs janrlarini 
idrok eta oladilar. Birinchi sinf o‘quvchilari tinglaydigan kuy va qo‘shiqlar hajmi 
jihatidan kichik va yorqin bo‘lmog‘i hamda tinglashdan avval o‘qituvchi uning 
ifodaviyligi, musiqiy obrazlari, ma’no va mazmuni haqida tushunchalar berishi 
kerak. 
2. Kuylash borasida, birinchi sinf o‘quvchilari avvalgi (maktabgacha 
bo‘lgan davrga) musiqiy tayyorgarliklariga bog‘liq. Tayyorgarligi bo‘lmagan 
bolalarning ovoz diapazoni 2-3 tovushdan, tayyorgarligi bor bolalarda bir 
oktavagacha ovoz diapazoni rivojlangan bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi kuylash 
jarayonida bolalarning ovoz apparati to‘liq shakllanmagan, nozik, ovoz 
paychalari ingichka bo‘ladi. Shuning uchun kuylashda baqirmasdan yumshoq 
ovozda kuylash kerak. Bu davrda bolalalarning (7 yoshli) ovoz diapazoni re- lya 
birinchi oktavagacha bo‘lgan tovushlarni qamrab boradi. Lekin dars jarayonida 


bu diapazon ayrim hollarda birinchi oktavaning si va ikkinchi oktavaning do va re 
tovushlarigacha ko‘tarilishi mumkin. Biroq o‘quvchilar birinchi oktava do tovushi 
va undan quyiroq tovushlarni kuylay olmaydilar. Chunki ularning ovozlari 
tabiatdan jarangdor va yorqindir. 
3. Ijodiy yondashish borasida birinchi sinf o‘quvchilarining imkoniyatlari 
kengdir. Ular bemalol har xil ijodiy topshiriqlarni bajara oladilar. Ular biror 
so‘zga melodik va ritmik badihalar qilishlari mumkin. Ular musiqiy cholg‘u 
asboblarida yoki sahnaviy ko‘rinishlarda, tanish bo‘lgan qo‘shiqlarni harakatlar 
va pantomimalar bilan ko‘rsatib bera oladilar. 
Musiqa idrokini rivojlantirish vazifalari va ularning o‘zaro 
bog‘liqligi 
Musiqiy 
idrok 

musiqa 
tinglash 
faoliyati 
barcha 
musiqiy 
mashg‘ulotlarning asosidir. musiqiy tovush balandligi, uning ritmik suratini 
tinglamay kuylab bo‘lmaydi. Lekin musiqa tinglash oson emas, chunki har bir 
musiqiy asarning xarakteri musiqaning ifoda vositalari orqali aks ettiriladi va 
doimiy rivojlanish va harakatda. Shuning uchun musiqa tinglashni o‘rganish 
kerak. Musiqa tinglashni har qanday musiqiy jarayonda - qo‘shiq kuylash, ritmik 
harakatlar bajarish, musiqiy cholg‘ularda jo‘r bo‘lish, musiqa savodi 
jarayonlarida ham o‘rganish mumkin. 
«Musiqani sevish uchun, avvalambor, uni tinglay olish kerak...» - degan 
kompozitor D. Shostakovich. Musiqani idrok etish masalalariga bir qator rus 
olimlari N.Vetlugina, E.Gorskaya, G.Rigina, N.Grodzenskayalar murojaat 
qilganlar (78-betga qarang). 
Musiqani eshitish va tinglashni o‘rgatish 1-sinf o‘qituvchisi oldiga bir qator 
vazifalarni qo‘yadi. Avvalombor o‘qituvchi musiqani boshqa san’at turlaridan 
farqi nimadaligini tushuntirib bermog‘i lozim. Musiqani his qilish, anglash, 
tushunish uchun uni tinglay olish muhimdir. 
Buning uchun bolalar musiqaning ifoda vositalari haqida - kuy harakati, ritmik 
surati, registrlarning ifodaviylik ahamiyati, sur’at, dinamika, lad bo‘yoqlari 
(major va minor) va boshqalarni bilishlari kerak. 
Asosan musiqa tinglash faoliyati quyidagi to‘rtta shartli bosqichlarda 
o‘tkaziladi: 
1. Kirish so‘zi. 
2. Asar ijrosi. 
3. Tinglangan asar haqida suhbat. 
4. Qayta tinglash. 
Bu bosqichlar shartli deb bejiz ta’kidlamadik. Dars tuzilishi, asar mazmuni 
va mohiyatiga qarab bu bosqichlar qisqartirilishi yoki kengaytirilishi ham 
mumkin. 


Birinchi sinfda kuylash malakalari 
Birinchi sinfda kuylash malakalarini shakllantirish bevosita musiqiy 
eshitish qobiliyatining rivojlanishi bilan bog‘liq. Sof intonatsiyada kuylash, aniq 
idrok etib, tinglangan tovushni toza ijro etishdan iboratdir. Gohida musiqiy 
tovushlarni to‘g‘ri idrok etadigan, biroq to‘g‘ri kuylay olmaydigan o‘quvchilar 
ham uchrab turadi. Sinfda turli xususiyat va odatlarga ega bolalar bo‘lganligi 
tufayli, o‘qituvchi barcha bolalarga mos keladigan usullarni qo‘llashi kerak. 
Qo‘shiq kuylashni o‘rganayotganda sekin-asta takrorlash usullari bilan, unli va 
undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilgan holda, qo‘shiq ritmini sanagan holda 
ko‘zlangan maqsadga erishadilar. 
Bolalar ko‘pincha o‘qituvchiga taqlid qilishlarini hisobga oladigan bo‘lsak, 
o‘qituvchi o‘quvchilarni kuylatishidan avval qo‘shiqni o‘zi ijro etib berishi 
lozim. O‘qituvchi kuylash jarayonida nafas, talaffuz, ansambl, soz ustida ish olib 
boradi. Buning uchun o‘quvchilarni o‘qituvchini qo‘liga qarab, qo‘shiqni barobar 
boshlash va barobar tugatishlarini nazorat qilib borish kerak. Har qanday tovushni 
chiroyli, baqirmasdan, to‘g‘ri nafas olib, undoshlarga unli tovushlarni qo‘shgan 
holda kuylash yashxi natija beradi. Nafas olganda, "...xuddi gul hidlagandek," 
(N.Grodzenskaya) olish muhimdir. O‘quvchilar nafaqat o‘zlarini, balki, 
sinfdoshlarining ham kuylashini eshita olishlari kerak. Qo‘shiq kuylash 
jarayonida, musiqa tinglash jarayonida bo‘lgani kabi, o‘quvchilarga musiqa 
savodidan ma’lumotlar berib boriladi. 

Download 245.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling