Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari
Download 245.43 Kb. Pdf ko'rish
|
мус
Bolalar ovozini xususiyati va uning rivojlanishi
Musiqiy ta’limning asosiy maqsadi - maktab o‘quvchilarini musiqa madaniyatlarini tarkib toptirishdan iborat, bunda o‘quvchilarning musiqiy o‘quvi, ritm tuyg‘usi, musiqiy xotirasi melodik va garmonik o‘quvi, tembr o‘quvi kabi qobiliyatlarni rivojlantirish vositasida vokal xor hamda musiqiy idrok malakalari shakllandi. Bu vazifalarni amalga oshirishda har bir o‘quvchini alohida o‘rganish, undagi musiqaga qiziqishni va ikkkinchi sinfning imkoniyatlarini hisobga olgan holda repertuar tanlash va turli metodlardan unumli foydalanish lozim. Bolalar ovozini parvarish qilish, vokal va xor malakalarini oshirishda qo‘shiq o‘rganishdan oldin maxsus vokal mashqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda avval o‘quvchilarning ishchi diapazonining primar(o‘rta) tovushlardan boshlab pastki tomon yo‘naluvchi tetraxodlardan foydalaniladi. Nafas esa me’yorida, shovqinsiz, yelkani ko‘tarmay, o‘z vaqtida olish va mayin atakada kuylashga alohida e’tibor beriladi. Ularning ovoz diapazonining haddan tashqari past yoki yuqori pardalarida kuylatish yaramaydi. 2-sinfdan o‘quvchilarning ovoz diapazoniga alohida e’tibor berish lozim. 2- sinf o‘quvchilarining diapazoni birinchi oktava «DO», ikkinchi oktava «RE» gacha bo‘ladi. Dasturda berilgan qo‘shiqlar diapazoni yuqori bo‘lganligi sababli ba’zi o‘quvchilar qo‘shiqning bu pardalarida mutlaqo noto‘g‘ri ijro etadilar, yoki umuman ayta olmaydilar shu tufayli o‘quvchilarni ikki ovozga ajratish, ya’ni ovozi yuqori pardalarga ko‘tarilmaydigan o‘quvchilar jim eshitishlari, qolganlar kuylashi talab etiladi. Shuningdek, ovozga ajratish o‘quvchilarga qo‘shiq o‘rgatishda, ularni guruhlarga bo‘lishda ham qo‘l keladi. Har bir ovoz guruhning alohida kuylanishi o‘quvchilarni ko‘p ovozlikka tayyorlab boradi va ularda mustaqillik hissini tarbiyalaydi. 2-sinf o‘quvchilarining ovoz apparati o‘ziga xos musiqa asbobi bo‘lib, u o‘zining nihoyatda tembr boyligi, nozik musiqa ohangini ifodalash xususiyatlari bilan musiqa asboblaridan ustun turadi. Qo‘shiq aytib kuylaganda bolalar organizmining deyarli hamma a’zolari ayniqsa, tovush hosil qiluvchi artikulyasiya nafas organlari va nerv to‘qimalari faol ishtiroq etadi. Agar mazkur organlarning biri qo‘shiq kuylash jarayonida noto‘g‘ri ishlasa ovoz apparatiga va ovoz hosil bo‘lishiga zarar yetishi mumkin. Buning uchun bolalar ovozini parvarish qilish va vokal xor malakalarini shakllantirishda maxsus vokal mashqlarini ya’ni oktava miqiyosidagi qismlarida ovozni bir maromga solish katta ahamiyatga ega. Qo‘shiq kuylash jarayonida o‘quvchilar ovozini baqirib, kuchanib aytmasligiga ahamiyat berish lozim. Chunki bunday hollarda ovoz pardalari shikastlanishi mumkin. Nafis gul hidlagandek burun bilan olib, asta sekin chiqarish malakalarini rivojlantirib borish zarur. O‘quvchilarni ovoz tembri, ovoz diapazoni va sof intonatsiyasiga katta ahamiyat berish zarur. Shuningdek, qo‘shiq kuylaganda asar mazmunini kirish avji, tugatish joylariga e’tibor berish, sof intonatsiya, nafas talaffuziga rioya qilib erishish lozim. 2-sinfda o‘g‘il va qiz bolalar ovozi bir-biridan uncha farq qilmaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining qo‘shiq kuylashga o‘rgatish musiqa madaniyati darslarining amalga oshirish mumkin bo‘lgan muhim masalalaridan biridir. Qo‘shiq kuylash har bir bolaning o‘ziga jalb qiluvchi samarali natija beruvchi jarayonidir. Bolalarda kuylash malakalarini shakllantirishda musiqa o‘qituvchisidan katta malaka va bilim talab etiladi. Chunki bunda diqqat, xotira, musiqiy o‘quv shakllanib boradi. Qo‘shiq kuylash jarayonida bola organizmining deyarli barcha a’zolari faol ishtirok etadi. Vokal xor malakalarini hosil etishda bu organlarni bir maromda o‘zaro aloqada normal ishlashiga erishish zarur. Nota bilimlarini, uning matnini tushinish qo‘shiq o‘rgatishni osonlashtiradi. Kuyni puxta ijro etishga va yaxshi esda saqlashga yordam beradi. Shuningdek, nota savodini bilish ikki-uch ovozda kuylash malakalarini o‘stiradi. Ikki ovozda kuylashda asosiy maqsad ikki ovozli tovush yangrashining yaxshi soz bilan barobar uyg‘un va ravon bo‘lishishiga erishishdir. Oldin ovoz sozlash mashqida har bir ovozda sof intonatsiyaga erishish lozim. So‘ng qo‘shiqning musiqiy jumlalariga bo‘lib har bir ovoz bilan alohida o‘rganib chiqish lozim. Ovozlar mukammal o‘rganilgandan keyin ikki ovozni qo‘shib birgalikda kuylatish mumkin. Download 245.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling