Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqiy xususiyatlari
-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni
Download 245.43 Kb. Pdf ko'rish
|
мус
2-sinfda musiqa o‘qitish metodikasi va mazmuni
Ikkinchi sinf o‘quvchilarining psixologik-fiziologik, musiqiylik xususiyatlari 1-2-sinf o‘quvchilarining ko‘pgina umumiy jihatlari - idroki, fantaziyasi, xotirasi, qiziqishlari bo‘lishiga qaramay, ular o‘rtasida sezilarli farq bor. Birinchidan, 2-sinf o‘quvchisi 1-sinf o‘quvchisiga nisbatan, darsda o‘zini qanday tutish, dars tartib-intizomi, kun tartibiga moslashganlik jihatidan ancha tajribaliroq bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchisida iroda yetarlicha shakllangan bo‘lmasada, 1-sinf o‘quvchilariga nisbatan ular birmuncha qiyinchiliklarni yenga oladi. 2-sinf o‘quvchisi o‘qish va yozish malakalarini egallagan bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida musiqiy bilimlarni ham ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi. Bularning barchasi o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi ularning 1-sinfda olgan bilimlariga asoslanadi. Tashkillashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan, qiziqarli darslar o‘quvchilarni birgalikda musiqa tinglashga, o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishga, jamoa bo‘lib kuylashga, bir-birini tinglashga o‘rgatgan bo‘ladi. Odatda 2-sinf o‘quvchilari xuddi 1-sinf o‘quvchilaridek, o‘ta qiziquvchan bo‘lmaydilar. Biroq, o‘qituvchi ularning qiziqishlarini sundirmaslikka harakat qilmog‘i kerak. Buning uchun o‘qituvchi musiqiy qobiliyati bo‘lmagan o‘quvchilarga nisbatan ham e’tiborliroq bo‘lmog‘i lozim va kelajakda ularning qobiliyatli o‘quvchilarga biriktirib ularga ham alohida vazifadar berishi kerak. O‘qish jarayonida o‘qituvchi darsdagi vazifalarni osondan murakkabga, quyidan yuqoriga qarab olib borishi kerak. Boshlang‘ich sinflardagi musiqa darslari umumiy ta’lim maktablarida o‘quvchilarga badiiy ta’lim va estetik tarbiya berish tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Birinchi va ikkinichi sinflarning orasida unchalik farq bo‘lmasada, lekin ikkinchi sinf bolalari tajribali o‘quvchi, maktab qoidalariga ko‘nikma hosil bo‘lgan, diqqati mustahkamlashgan o‘quvchi hisoblanadi. Musiqa madaniyat darslarida dars faoliyatlarini tez-tez almashtirib turish, ularni musiqaga qiziqishlarini yanada oshiradi. Ikkinchi sinfda ovoz apparatining nozikligi, mo‘rtligi va ovoz pardalari to‘la shakllanmaganligi sababli ovozlari (nosoz) falset ko‘rinishida yangraydi. Ovoz diapazoni do1-re2 gacha bo‘ladi. o‘quvchilarda birinchi sinfda olgan bilimlari ikkinchi sinfda yanada mustahkamlanib, chuqurlashib boradi. Ular marsh musiqalari, tantanavor xarakterdagi musiqalar haqida ta’savurga ega bo‘lib, bu musiqalarni janri, turlari haqida bilimga ega bo‘ladilar. Shu tarzda qo‘shiq va raqs janri ham o‘rgatiladi. 2-sinf bolalari ovoz apparatining fizilogik xususiyatlari, ya’ni nozikligi, mo‘rtligi ovoz pardalarining to‘la shakllanmaganligi bilan ham birinchi sinf bolalaridan kam farq qiladilar. 2-sinf o‘quvchilarining musiqiy qobiliyatlarining rivojlanishi birinchi sinfda berilgan darslaring sifat va mohiyatiga bog‘liq. 1- sinfda o‘quvchilar bilan o‘tilgan samarali, qiziqarli tashkillashtirilgan darslar o‘quvchilarda musiqa tinglash, qo‘shiq haqida o‘zinig taassurotlarini ifodalash, xor jamoasi bilan qo‘shiq kuylash malakalarini oshiradi. Musiqa tinglash musiqa faoliyatining yetakchi turi hisoblanadi. Zeroki, darsda qo‘llanadigan barcha musiqa materiallari asosan eshitib o‘zlashtirish orqali amaliy faoliyat (kuylash, chalish, raqsga tushish, qadam tashlash)ga kuchadi. Xususan bolalar musiqaning uch asosiy janri (Qo‘shiq, marsh va raqs) ni: har bir janrning o‘ziga xos turlanishi, uch janrning yirik asarlarida mujassamlashuvi va ularing qo‘shiqona, raqsona va marshona xarakterga ega bo‘lishini bilib oladilar. Mazkur janrlar vositasida musiqa nima haqida «So‘zlashi» va uni qanday ifodalashini anglaydilar. Bu mavzular asosida olingan bilim va ko‘nikmalar esa to‘rt chorakda umumlashadi . Musiqa pedagogikasi sohasidagi mutaxassislar tajribalari ikkinchi sinf o‘quvchilarini psixologik fizilogik hamda musiqiy malakalariga musiqaga bo‘lgan qiziqishlariga asoslanib ularni musiqa darslariga qatnashishiga tayyor ekanliklarini ko‘rsatadi. Bu yoshdagi o‘quvchilar musiqa sa’nati bilan birinchi sinfda, oilada, radio va televideniye orqali beriladigan eshitirishlar, ko‘rsatuvlar orqali tanish bo‘ladilar. Darsda bolalarning quvnoq kuy va qo‘shiqlarni tinglash, kuylash raqs elementlarini bajarish hamda chapak va cholg‘u asboblarini chalish ishtiyoqlari oshib boradi. Chunki bu yoshdagi bolalarning diqqatlari hali uncha turg‘un bo‘lmaydi, ular ko‘proq serharakat va o‘yinga moyil bo‘ladilar. Bunga esa darsdagi musiqa faoliyatini turlarini maqsadga muvofiq almashib turishi yordam beradi. Shu bilan birga musiqa haqida yangi tushunchalar paydo bo‘lib musiqani ongli o‘rganishga qiziqish kuchayib boradi. Buning natijasida kuylashda va boshqa amaliy faoliyatlarni bajarishda faollik ifodalilik xususiyatlari namoyon bo‘ladi. Ammo bu yoshda bolalar ko‘proq shirin so‘zga moyil bo‘ladilar. Shunga ko‘ra, bolalarni musiqa madaniyati darslariga tobora qiziqtirishga, butun dars davomida quvnoq kayfiyatni saqlashga erishish lozim. 1-sinfda qo‘llanilgan musiqa o‘qitish metodikasi 2-sinfda ham deyarli o‘zgarmaydi. Bu davrda musiqaga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, musiqiy qobiliyatlarni rivojlantirish davom etadi. Barcha bilim, ko‘nikma va malakalar chuqurlashtiriladi. Shuningdek, musiqani to‘laqonli idrok etish, uning estetik kechinmalar va sifatli ijro nuqtai-nazaridan mukammal bo‘lishi ta’minlanadi. Ikkinchi sinf o‘quvchilari psixologik fiziologik xarakterga ko‘ra birinchi sinfga o‘xshash bo‘ladi. 2-sinf o‘quvchilari o‘z diqqat e’tiborini uzoq vaqt bir narsaga qaratib turolmaydilar, juda tez charchab qoladilar. Shuning uchun ham musiqa madaniyati darslarida musiqiy ijroga ahamiyat berib borish chapak chalish, qadam tashlash kabi xilma-xil harakatlardan foydalanish zarur. Ayniqsa, bolalar musiqiy cholg‘u asboblari (Doyra, bubenga, rumba) da jo‘r bo‘lish va ritmik raqs harakatlarini bajarish bolalarni faollashtiradi va dars qiziqarli mazmunli o‘tadi. 2-sinfda bolalar musiqaning xarakteri, obrazlar orqali olgan bilimlari nisbiy bo‘lib, keyingi sinflarda aniq tushunchalarga aylanadi. Musiqiy faoliyatlarning birinchi turlariga doir vazifalar ish mazmunini tashkil etadi. Mazkur faoliyatlar qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi, raqs elementlarini bajarish, qadam tashlash musiqa madaniyatini tarkib toptirishda muhim rol o‘ynaydi. 2-sinfda qo‘shiq kuylash-jamoa faoliyati sifatida o‘quvchilarni bevosita ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Qo‘shiq kuylash murakkab psixologik va fiziologik jarayondir. Bunda bosh miyadagi asab hujayralari faol qatnashadi, o‘quvchilarda ijobiy his-tuyg‘ularni faollashini ta’minlaydi, ko‘krak qismi tovush hosil qililuvchi a`zolarni artikulyasiya va nafas organlarini faollashtiradi, hamda o‘quvchilarni samarali kuylashga sharoit yaratadi. 2-sinfda o‘quvchilarni ovoz diapazonini kengaytirishga alohida e’tibor berish lozim. Qo‘shiqlarni o‘quvchilarni musiqiy qobiliyati, o‘quvi, xotirasi, talaffuziga ahamiyat berib tanlash maqsadga muvofiqdir. Dars samaradorligini oshirishda dars mazmuni bilan bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, musiqa obrazlarini ifodalovchi badiiy suratlar, texnika vositalari, didaktik o‘yinlardan foydalanish yaxshi natija beradi. Bu yoshdagi o‘quvchilarni ovozi o‘zlariga xos juda mayin va yoqimli tembrga ega bo‘ladi. O‘tirib va turib kuylaganda gavdani to‘g‘ri tutish, nafasni so‘z o‘rtasida olmaslik uchun rejaga solish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish, sof intonatsiya ustida muntazam ish olib borish lozim. Ovoz sozlashni prima tovushlardan (mi1,fa1, sol1)boshlab, yelkani ko‘tarmasdan nafas olishga ahamiyat berish, qo‘shiq kuylash samaradorligini oshiradi. 2-sinf o‘quvchilarining psixologik, fiziologik va musiqiylik xususiyatlarini rivojlantirishda darsning har bir faoliyati bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda olib borilishi lozim. Darsning chorak, yil mavzulari bir-biri bilan izchil bog‘lanib bir- birini to‘ldirish kerak. 2-sinf o‘quvchilarida ovoz apparatlari to‘la shakllanmaganligi sababli, hali ancha zaif va nozik, ovoz pardalari esa kuchsiz bo‘ladi, ovoz registri kuchi va tembri bo‘yicha o‘g‘il va qiz bolalarda deyarli farq sezilmaydi. Shu sababli ularda tovush falset tipida hosil bo‘ladi. Ayrim bolalarning ovozlari normal holatda bo‘lsada, ular sozga tusholmaydilar. Bunga sabab, ularda musiqa eshitish (slux) o‘rgangani bilan tovush qilish apparati o‘rtasida musiqa tovushlari baland pastligini sezish bo‘yicha umumiy koordinatsiya hali yaxshi shakllanmagan bo‘ladi. Natijada yil boshida bolalarning musiqiy o‘quvi qobiliyatlari, musiqa tinglash ko‘nikmalari va kuylash malakalari bo‘yicha saviyalari bir xil bo‘lmaydi. Shularni hisobga olib birinchi darsdan boshlab bolalarni musiqaga qiziqtirish yo‘li bilan ularni musiqiy qobiliyatlarini, kuylash hamda ovoz sifatlarini sinchiklab o‘rganib, ularni defferensial (tabaqalashgan) tarzda guruhga bo‘lish mumkin: 1-guruhga - iqtidorli musiqiy o‘quvi yaxshi rivojlangan o‘quvchilar. 2-guruhga - musiqani aniq eshita oladigan ammo sozga va o‘qituvchi ovoziga tayyangan holda kuylaydigan o‘quvchilar. 3-guruhga - sozga umuman tusha olmaydigan o‘quvchilar kiritiladi. Birinchi guruhga kirgan bolalarni orqaga, ikkinchi guruhga kirgan bolalarni o‘rtaga, uchinchi guruhga kirgan bolalarni esa oldingi partalarga o‘tkazish talab etiladi. Maqsad musiqiy qobiliyati sust rivojlangan bolalar oldinda o‘qituvchi va orqada esa qobiliyatli ovozi rivojlangan bolalarning ijobiy tasirida musiqiy ravnaqini tezlatish hamda yil davomida guruhlar saviyasini tenglatishdan iboratdir. Ayrim bolalarda ovoz kasalligi belgilari (masalan, doimiy xirillash, ovoz paychalarining to‘la birlashmasligi kuzatilishi mumkin) ammo bular vaqtinchalikdir. Kasal bolalarni davolatish ota-onalar yordamida va qoidali qo‘shiq kuylatish yo‘li bilan bunday bolalar ovozidagi nuqson bartaraf etiladi. Bundan ayniqsa, o‘qituvchi ovoz gigiyenasini bolalarga tushintirib va sinfda qo‘shiq kuylash holatiga doimiy e’tibor berishi muhim ahamiyatga ega. Dars davomida musiqa qobiliyati sust rivojlangan va ovozida ma’lum xastalik mavjud bo‘lgan o‘quvchilarning har bir yutug‘i uchun ularni rag‘batlantirish hamda qiziqtirish va ilg‘or bolalar bilan teng darajada musiqiy faollik ko‘rsata olishlariga ishonch hosil qildirish lozim. 2-sinfda o‘quvuchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘quvchilarda musiqaga qiziqishni o‘yg‘otish va musiqiy taassurotni tarkib toptirish, musiqani san’at sifatida ongli idrok etishga zamin yaratadi. Natijada bolalarda musiqa haqida mushohada qilishning boshlang‘ich asoslari vujudga keladi. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar amalga oshiriladi. 1. O‘quvchilarni musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 2. Musiqani (tinglash) idrok etish malakasini o‘stirish. 3. Qo‘shiq kuylash malakasini o‘stirish. Musiqiy badiiy-g‘oyaviy mazmun vostasida axloqiy estetik tarbiyalash. o‘quvchilarning aqliy nafosat va jismoniy rivojida raqs musiqali o‘yinlar va musiqaga mos harakatlar bajarish muhim ahamiyatga ega. Musiqa madaniyati darslarida musiqaga mos harakatlar bajarish o‘quvchilarning musiqiy o‘quvi, xotirasi, ritm tuyg‘usiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har qanday harakat turi musiqiy asarning sur’ati va ritmi ostida bajariladi, harakat bilan bog‘liq musiqiy ohanglar bola xotirasida uzoq saqlanadi. Raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib qomatni to‘g‘ri o‘sishiga va badanini chiniqtirishiga yordam beradi. Demak, musiqaga mos harakatlar o‘quvchilarining aqliy nafosat qobiliyatini rivojlantirish bilan birga irodasini ham mustahkamalaydi. Masalan, marsh - o‘quvchilarga g‘ayrat va tetiklikni, raqs - ichki his- tuyg‘ularni hosil etib raqsga tushishga undaydi va zavqlantiradi. 2-sinf o‘quvchilarida bolalar cholg‘u aboblarida jo‘r bo‘lish eng qiziqarli mashg‘ulotdir. Bolalarni cholg‘u asboblari jonli tovushli o‘yinchoq sifatida har bir o‘quvchini qiziqtiradi. Cholg‘u asboblarini chalishga hamma intiladi, shuning uchun berilgan asarni bolalar xato qilmay to‘g‘ri his qilishga va xotirada saqlashga harakat qiladilar. Shunday qilib yosh avlodni yetuk inson qilib voyaga yetkazishda musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishini ahamiyati katta. Musiqiy qobiliyatlar yordamida o‘quvchilarda fikrlash o‘ylash, mushohada qilish rivojlanadi. Download 245.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling