Yaqin Sharqda[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab — Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956-yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.
Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974-yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978-yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi.
Yaqin Sharqning boshqa rayonlari haqida shuni aytish kerakki, 1991-yili Quvayt mustaqilligi tiklanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvchilar missiyasi Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qurolsizlantirilgan mintaqaning nazorat qilinishini taʼminlamoqda.
BMT adolatni barqaror etish, inson huquqlari va xalqaro huquq borasida nimalar qilmoqda?[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli dunyoni bizning hammamiz uchun yanada bexatar va sogʻlom, yanada istiqbolli va pok qilish uchun hukumatlar bilan yuzlab koʻptomonlama shartnomalar tuzilgan. Xalqaro huquq normalarining bu kengqamrovli majmui va inson huquqlari standartlarining ishlab chiqilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ulkan yutuqlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |