Birlashgan Millatlar Tashkiloti bmt


Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatish boʻyicha faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]


Download 124.71 Kb.
bet10/24
Sana09.04.2023
Hajmi124.71 Kb.
#1347393
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
BMT

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlik oʻrnatish boʻyicha faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrikada[tahrir | manbasini tahrirlash]


Uzoq yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi saʼy-harakatlari, uch oʻnyillikka choʻzilgan Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi kurash kompaniyasini, Namibiyaning mustaqillikni qoʻlga kiritish jarayonini faol qoʻllab-quvvatlanishini, tinchlikni oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan 18 operatsiya va saylovlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator missiyalarni shu jumlaga qoʻshganda gʻoyat xilma-xil shakllarda amalga oshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mozambikdagi qochoqlarning oʻz uylariga qaytishlariga yordam berdi, Somali va Sudanda insonparvarlik yordami koʻrsatdi va Buyuk koʻllar rayonida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlar olib bordi. U Janubiy Saxara kelajagi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum tayyorlashga yordam bermoqda. Yaqinda Xavfsizlik Kengashi iltimosiga binoan Bosh kotib Afrika mamlakatlaridagi mojarolarning har tomonlama tahlilini mustahkam tinchlik oʻrnatishga maʼlum darajada yordam beradigan tavsiyalar bilan tayyorladi.
1999-yilda Xavsizlik Kengashi tinchlikni baqaror etish boʻyicha Serra-Leon va Kongo Demokratik Respublikasida ikkita yangi operatsiya tashkil etdi.

Osiyoda[tahrir | manbasini tahrirlash]


Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992—1993-yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar.
Afgʻonistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi 1993-yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xoʻjalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qatʼiy diplomatik saʼy-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu — Birlashgan Millatlar Tashkilotining afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish tizimi faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.
Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya oʻrtasida oʻtkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yoʻl ochgan muzoqaralar 1999-yili may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni roʻyxatga olish ishini kuzatib bordi va 1999-yilning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil boʻlish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari eʼlon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini oʻz uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. 1999-yilning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib oʻrnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat maʼmuriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda.

Download 124.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling