biror turdagi energiyani (mas, suv, shamol energiyasini) mexanik


Download 19.09 Kb.
Sana27.11.2020
Hajmi19.09 Kb.
#153969
Bog'liq
Dvigatel


Dvigatel
Dvigatel (rus.) - biror turdagi energiyani (mas, suv, shamol energiyasini) mexanik
energiyaga aylantirib beradigan mashina. Tabiiy energetika resurelari (yonilgʻi, suv
energiyasi, shamol energiyasi va b.) ni toʻgʻridan-toʻgʻri mexanik energiyaga
aylantiruvchi D. birlamch i D. deb ataladi (mas, bugʻ mashinasi, bugʻ turbinasi va
b.). Birlamchi D. hosil qilgan energiyani boshqa turga oʻzgartiruvchi D. ikkilamchi
D. deb ataladi (mas, elektr yoki pnevmatik D.). Tabiiy energetika
resurelari turiga qarab, issiqlik, gidravlik (suv), shamol va b. D.lar boʻladi. Issiklik
D. oʻz navbatida bugʻ dvigateli va gaz dvigateliga boʻlinadi. Gaz D. ichki yonuv
dvigateli deb ham ataladi. Issiklik D. yadro kuch qurilmalarining tarkibiy elementlari sifatida ishlatilishi mumkin. D. statsionar (muqim), koʻchma va transport xillariga ham ajratiladi.
Statsionar D. bir joyga oʻrnatib ishlatiladi. Kuchma va transport D. traktor, avtomobil
va samolyotlarga oʻrnatiladi. D. asosiy ish organi harakati tarziga qarab, porshenli,
parrakli (rotorli) va reaktiv xillarga boʻlinadi (qarang Aviatsiya dvigateli,
Avtomobil dvigateli, Reaktiv dvigatel). Oʻrta Osiyo, Misr, Xitoy va Hindistonda
qadimda ekinlar eng oddiy D. — charxpadaklar yordamida sugʻorilgan. 18-
asr oxirida Angliya sanoatida boshlangan yuksalish mashina texnikasining
rivojlanishiga sabab boʻldi. Angliyada 1784 y.da J. Uatt ishlab chiqqan issiklik
D.i suv nasoslarida keng qoʻllanila boshladi. I. I. Polzunov 1763 y.da
dunyoda birinchi bugʻ ma-shinasini ixtiro qildi. Birinchi ichki yonuv dvigateli
loyihasi 1879 y. da tuzildi. Germaniyada 1885 y.da ixtirochilar Daymler va Bens
benzin bilan ishlaydigan ixcham ichki yonuv D.ini qurdi. 1893 y.da nemis olimi
R. Dizel yangi prinsipda ishlaydigan D.ni (dizelni) yaratdi. 1911 y.da rus ixtirochisi
Ya. V. Mamin 18 va 33 kVt li D.ni traktorga oʻrnatdi. 1888—89 y.larda rus
olimi M. O. Dolivo-Dobrovolskiy 3 fazali asinxron elektr mashinasini yasadi.
20-asr 1 -yarmida issiklik dvigatelining yangi turi 3 — gaz turbinali dvigatel
yaratildi. U aviatsiyada eng keng tarqalgan (aviatsiyada ular turboreaktiv
dvigatellar deb ataladi). Gaz-turbinali dvigatellardan issiklik elektr styalarida
elektr generatorlarini harakatlantirishda gaz-turbovozlar, ogʻir kj avtomobillari va
b. transport vositalarida, kemalar, katerlar va suv osti kemalarida tortuvchi
dvigatellar sifatida foydalaniladi. Rus olimi K. E. Siolkovskiy dunyoda birinchi
boʻlib raketa dvigatellarining asosiy elementlarini bayon qildi. Raketa
dvigatellari reaktiv dvigatelning bir turi hisoblanadi. Havoreaktiv dvigatellari da
yonish kamerasiga yonilgʻidan tashqari havo ham beriladi. Shu bois ulardan
faqat atmosferaning zich qatlamlarida uchishdagina foydalanish mumkin.
Raketa dvigatellari ga havo shart emas (yonilgʻining barcha aralashmalari
bularning oʻzida mavjud), ular havosiz boʻshliq, yaʼni koinotda bemalol ishlay
oladi. Ushbu dvigatellar asosan jangovar raketalarga hamda kosmik kemalarnmt
raketa eltuvchilariga oʻrnatiladi. Yu. A. Gagarin boshqargan birinchi "Vostok"
kosmik kemasi D.ining quvvati 14 mln. kVt (20 mln. o. k.) edi. Bugʻ turbinalari yirik elektr stansiyalarining asosiy D.i
boʻlib qoldi. Mas, Toshkent GRES ida har qaysisining quvvati 165000 kVt dan
boʻlgan bugʻ turbinalari, Sirdaryo GRES ida esa 300000 kVt li bugʻ turbinalari
ishlab turibdi.

Ichki yonuv dvigateli
Ichki yonish dvigateli - yonilgʻining aylantirib beradigan porshenli issiqlik
dvigateli. Gaz bilan ishlaydigan birinchi yarokli I.yo.d.ni fransuz mexanigi E.
Lenuar (1860) loyihalagan; 1876 y.da nemis kashfiyotchisi N. Otto ancha
mukammal 4 taktli I.yo.d. yasagan. Rossiyada 1880-y.larda O. S. Kostovich
benzin bilan ishlaydigan karbyuratorli dvigatel yasadi. R. Dizel 1897 y.da
yonilgʻini siqilgan havo alan-galatadigan I.yo.d. (dizel)nn taklif qildi. AKD1 da
I.yo.d. oʻrnatilgan birinchi traktor 1901 y.da ishlab chiqildi; aka uka O. va U.
Raitlar I.yo.d. oʻrna-tilgan dastlabki samolyotni yasashdi; bunday samolyotlar
1903 y.da ucha boshladi. Shu yili rus muxandislari I.yo.d.ni "Vandal" kemasiga
oʻrnatishib, birinchi teploxodni yaratishdi. 1924 y.da Rossiyada Ya. M. Gakkel
loyihasi boʻyicha birinchi teplovoz qurildi. 1957 y.da rotorporshenli Vankel dvigateli
yaratildi. Hozirgi paytda I. yo.d. avtomobillar, q.x. va yoʻl qurilishi mashinalarida, oʻziyurar harbiy texnikada, mototsikllar va b.da keng ishlatilmoqda.
Yonilgʻi turiga qarab, I.yo.d. suyuq va gazmison yonilgʻida ishlaydigan,
silindrning yangi yonuvchi aralashma bilan toʻlish usuliga koʻra, 4 taktli va 2
taktli, yonilgʻi va havodan yonuvchi aralashma tayyorlash usuliga karab,
aralashma silindrdan tashqarida va silindr ichida tayyorlanadigan xillarga
bulinadi. Yonuvchi aralashma silindrdan
tashqarida, yaʼni karbyuratorda tayyorlanadigan I.yo.d. karbyuratorli
dvigatel, silindr ichida tayyorlanadigani dizel deb ataladi. Karbyuratorli I.yo.d.da
ish aralashmasi sham (svecha) elektrodlari orasida hosil boʻladigan
elektr uchquni b-n, dizellarda esa silindrda siqib qizdirilgan havoga yonilgʻi
purkash yoʻli bilan oʻt oldiriladi. I.yo.d. 1, 2, 4, 6 va h. k. silindrli boʻladi. Bir
silindrli, 4 taktli, karbyuratori I. yo.d. quyidagicha ishlaydi (rasm): kirititish
taktida (A) havo tozalagich / orqali havo oʻtib, karbyurator 2 da u yonilgʻiga
aralashadi va yonuvchi aralashma hosil qiladi; bu aralashma kiritish klapani 3
orqali silindr 6 ga kiradi, qisish takti (£)da yonuvchi aralashma 0,8—2 Mpa gacha
siqiladi, 200—400 gacha qiziydi. Porshen 10 yuqori chekka nuqta (yu.ch.n.)ga 20—
40° (tirsakli valning aylanish burchagi) yetmasdan aralashma sham 4 dan oʻt
oladi. Porshen yu.ch.n.ga yetgach, aralashma tekis yona boshlaydi. Gazlar
bosimi 3—6 Mpa ga, t-rasi esa 2200° gacha yetadi. Kengayish (ish) takdi (V)da
porshen gaz bosimi taʼsirida pastga harakatlanib, shatun 7 vositasida tirsakli
val 8 ni aylantiradi. Gaz bosimi 0,3—0,4 MPa, t-rasi esa 900—1200° gacha
pasayadi. Chiqarish takti (G) da chiqarish klapani 5 porshen pastki chekka nuqta
(p.ch.n.)ga 30—60° yetmasdan ochila boshlab, yu.ch.n.dan 10—28° oʻtgandan keyin yopiladi. Demak, I.yo.d.ning bir ish siklida tirsakli val ikki marta aylanadi,
shundan yarim aylanish gazlarning porshenga taʼsiri hisobiga, qolgan bir
yarim aylanish zalvar massa (maxovik) 9 ning inersiya kuchi hisobiga yuz beradi.
Silindrlar soni qancha koʻp boʻlsa, I.yo.d. shuncha tekis ishlaydi, tirsakli val ham
shuncha ravon aylanadi. Toʻrt taktli dvigatelda ish sikli porshenning toʻrt yoʻli
(tak-ti)da, ikki taktli dvigateley esa ikki yoʻlida bajaradi.
Karbyuratorli I.yo.d.ning ish sikli paytida val katta (3000—7000 ayl/ min) tezlikda
aylanishi mumkin, poyga avtomobillari va mototsikllarida val 15000 ayl/min va
bundan ham tez aylanadi. Toʻrt taktli karbyuratorli I.yo.d. 600 kVt (800 o.k.).
Porshenli aviatsiya dvigatellari 1100 kVt (1500 o.k.) gacha quvvat hosil qiladi.
I.yo.d.ni takomillashtirishda quvvatini borgan sari oshira borish, avtomobillarda
karbyuratorli dvigatellar oʻrniga dizellarni koʻproq qoʻllash, har xil yonilgʻi bilan
ishlaydigan dvigatellar yaratish va b. tadbirlarni amalga oshirishga harakat
qilinmoqda.
Download 19.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling